Jag‘sizlar katta sinfi 2 ta sinfga bo‘linadi: 3.
Qalqonlilar (Ostracodermi)
4.
Hozirgi to‘garak og‘izlilar (Cyclostomata).
To‘garak og‘izlilar (Cyclostomata) sinfi To‘garak og‘izlilar hozirgi umurtqalilarning eng oddiy guruhidir. SHuning bilan birga
ularda yarim yoki to‘liq parazitlik qilishga moslashgan maxsus belgilari mavjud. Tashqi tuzilishi
va biologiyasi bilan baliqlarga o‘xshash bo‘lsada, lekin qator belgilari bilan ulardan farq qiladi.
Bu hayvonlar umurtqalilarning alohida tarmog‘i hisoblanadi. To‘garak og‘izlilarning jag‘i va juft
harakat organi bo‘lmasligi ularning oddiyligidan dalolat beradi. Hidlash kapsulasi toq bo‘lib,
tashqariga bitta teshik orqali ochiladi. Jabra apparati ektodermadan kelib chiqqan, o‘ziga xos
tuzilishga ega, ya’ni jabra xaltachalaridan iborat, shuning uchun to‘garak og‘izlilar jabra
xaltalilar ham deyiladi.
Parazitlik hayotga moslashgan belgilari so‘rish voronkasi va uning asosida joylashgan
og‘iz teshigi. SHox moddadan iborat tishlari va bezlarga juda boy bo‘lgan tuksiz terisi ham
parazitlikka moslashgan belgilardan.
Xarakterli belgilari. Tanasi uzunchoq, ugirsimon, juft harakat organi yo‘q. Boshi keng
so‘rg‘ich voronka bilan tugab, uning chetlarida teri yaproqchalar joylashgan. Voronkasining
ichida va yirik til uchida shox tishchalar joylashgan. Terisi tuksiz. Tanasining ustini juda ko‘p
shilimshiq modda ajratuvchi bezlarga boy bo‘lgan epidermis qoplagan.
Minogalarda toq burun teshigi boshining tepasida, ko‘zlari orasida joylashgan.
Miksinlarda toq burun teshigi boshining oldingi uchida joylashgan. Boshining yon tomonlarida
yumaloq (baliqlarniki singari) jabra teshiklari joylashgan.
Skleti. Tana va dum qismida o‘q skleti qalin biriktiruvchi to‘qima bilan qoplangan
xordadan iborat. Miya qutisi sodda tuzilgan, u bosh miya ostida joylashgan tog‘ay plastinkadan
iborat.