baliqlar havodan ham nafas oladi, chunonchi, zog‘orabaliq yozning issiq kunlari suvda kislorod
kamayib ketganida suv betiga ko‘tariladi va havo pufakchalarini yutib, nam jabrasi oldida tutib
turadi. Bunday hodisani akvariumda ham uchratish mumkin. Baliq doim suv yutadi. Suv og‘iz
bo‘shlig‘idan jabra yoriqlari orqali o‘tadi, bu yoriqlar halqum devorlaridan o‘tgan bo‘lib,
nafas organlari jabralarni yuvadi. Zog‘orabaliqda ular Jabra yoylaridan iborat, ulardan har
qaysisining bir tomonida och qizil rangli jabra yaproqchalari,
ikkinchi tomonida esa oqish
Jabra tichinkalari bor. Jabra tichinkalari suzgich apparatidir: ular o‘lja jabra orqali sirg‘anib
chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Jabra yaproqchalaridan juda mayda qon tomirlari —
kapillarlar o‘tgan. Jabra yaproqchalarining yupqa devori orqali qonga suvda yerigan kislorod
o‘tadi, qonda esa suvga karbonat angidrid chiqariladi. Agar kislorod kam bo‘lsa, baliqlar suv
yuzasiga chiqib, og‘iz orqali havo ola boshlaydi. Agar ular kislorod kam bo‘lgan suvda uzoq
vaqt yashasa, nobud bo‘ladi. Qishda suv havzalaridagi muz ostida ba’zan kislorod etishmay
qoladi. Bu vaqtda baliqlar qiynaladi. Buning oldini olish uchun
har yer-har yerda muzni yorib,
teshik ochiladi. Qurib qolgan jabra yaproqchalari kislorod va karbonat angidridni o‘tkaza
olmaydi. SHuning uchun suvdan chiqarib olingan baliq tezda nobud bo‘ladi. Nozik
jabralarning tashqi tomonidan jabra qopqoqlari bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: