200
3-variant shartlarini amalga oshirishning eng ehtimol tutilgan
oqibatlari (faol ssenariy)
makroiqtisodiy dinamika va resurslardan foydalanish samaradorligi
barcha asosiy indikatorlarining barqaror o’sishi;
ancha qulay investistiya iqlimi, bu to’g’ridan-to’g’ri xorijiy
investistiyalar dinamikasiga o’z ta’sirini ko’rsatadi, u prognoz
qilinayotgan davrning uchinchi besh yilligidan boshlab 2-variantdagiga
qaraganda yuqori bo’ladi;
innovastion omillar va samaradorlik prognoz qilinayotgan davrning
o’rtasidan boshlab o’sishning asosiy manbalariga
aylanadi;
lekin
ayniqsa prognoz qilinayotgan davrning resurslarning katta hajmlari
davlat institutlari va bank sektorini rivojlantirishga, inson kapitalini
rivojlantirishga yo’naltiriladigan ikkinchi besh
yilligidan boshlab ayrim
davrlarda iqtisodiyotning o’sish sur’atlari qisqarishi mumkin (6%dan
pastga),
YaIM o’sishining (avvalgi variantga nisbatan) ancha yuqori
sur’atlari suv va energetika resurslarining ham katta hajmda sarflanishini
talab qiladi,
ko’rib chiqilayotgan variant doirasida prognoz qilinayotgan
davrning oxiriga kelib resurslar taqchilligi suv resurslari bo’yicha 20
foizga yaqinni va energetika resurslari bo’yicha 50 foizga yaqinni tashkil
qilishi mumkin.
Uzoq muddatli rivojlanishning resurslar taqchilligiga barham
berish (yumshatish) variantlarini izlash
makroiqtisodiy prognozlarni
detallashtirishni,
iqtisodiyotning
tarmoq
tarkibida
kutilayotgan
siljishlarni, uni diversifikastiya qilishni, metallurgiya, energetika, kimyo,
qurilish
materiallari sanoati, agrar ishlab chiqarish, transport, uy-joy
kommunal xo’jaligi kabi tarmoqlarda ko’zda
tutilayotgan texnologik
o’zgarishlarni hisobga olishni talab qiladi. Makro iqtisodiy dinamikaning
tegishli tarmoq va texnologik ishlanmalar bilan to’ldirilishi iqtisodiy
o’sishning innovastion omillariga e’tibor qaratgan holda milliy
iqtisodiyotni uzoq muddatli rivojlantirish istiqbollarini tadqiq etishning
keyingi bosqichini tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: