16
ko’rib chiqiladi. Biznes o’z munosabatlarining takroriy namoyon etilishi,
ularning moslashuvchanligi va ijtimoiy jarayonni ta’minlash qobiliyati
bilan tavsiflanadi, bu hamma vaqt hozirgi holatning o’zgarishi va
kelajakka ta’sir etish bilan bog’liq, chunki iqtisodiy oldindan ko’ra bilish
o’tmishni aks ettiradi, hozirni o’z ichiga oladi va kelajakni ko’zlaydi.
Ushbu fanni o’rganish jarayonida mutaxassis iqtisodiy asoslash
vositalari sohasida bilim oladi. Biroq ushbu vositalar qanchalik aniq
bo’lmasin iqtisodiyotning haqiqiy asoslarini tushunmasdan turib ular hech
qachon samarali natijaga olib kela olmaydi. Faqat iqtisodiy oldindan ko’ra
bilish vositasi orqali aks ettirilgan iqtisodiy tendenstiyalar, hodisalar,
kategoriyalar va o’zaro bog’liqliklarning mohiyatini bilish asosida
haqqoniy foydali prognoz yoki reja tuzilishi mumkin. Iqtisodiy rivojlanish
qonuniyatlari
va
tendenstiyalari
iqtisodiy
nazariya,
makro
va
mikroiqtisodiyot, marketing, menejment, moliya, audit kabi ko’plab fanlar
tomonidan o’rganiladi. Aslida, kelajakni oldindan ko’ra bilish – bu
aksariyat fanlarning asosi hisoblanadi. Lekin ushbu holat nuqtai nazaridan
kelajakni aniq asoslash imkonini beruvchi hisob-kitoblar metodologiyasini
anglab etish imkonini aynan ushbu fan beradi. Prognozlashtirish va
rejalashtirishning
mazmuni
iqtisodiy nazariya tomonidan belgilanadi;
rejalashtirish shakli
menejmentga bog’liq bo’lib, u rejalashtirishni
boshqaruvning bir qismi sifatida ko’rib chiqadi; rejali ishlanmalar
uslubi
marketing texnologiyalari
bilan bog’liq. Lekin barcha reja va prognoz
hisob-kitoblari tamoyillari, usullari, ularning bosqichma-bosqichligini,
iqtisodiy oldindan ko’ra bilish indikatorlarini tanlashni belgilab beruvchi
yagona metodologiyaga amal qiladi.
Dostları ilə paylaş: