B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Indikativ rejalashtirish metodologiyasining asosiy qoidalari



Yüklə 2,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/126
tarix14.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#180418
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   126
indikativ rejalashtirish

6.2. Indikativ rejalashtirish metodologiyasining asosiy qoidalari 
Rejalashtirish 
mantig’i 
qator 
qonuniyatlarga 
(tamoyillarga) 
asoslanadi. 
Rejalashtirish tamoyili – rivojlanish qonunlarining umumiy 
harakatini ifodalovchi hamda dasturlar, loyihalar va rejalarning 
vazifalarini, yo’nalishlarini va bajarilish imkoniyatlarini belgilab beruvchi 
obyektiv kategoriya. 
Birinchi tamoyil – uzluksizlik – rejalarning izchilligida, ichki va 
tashqi sharoitlar o’zgarishi munosabati bilan rejalarga tuzatishlar 
kiritishda ifodalanadi. 


101 
Ikkinchi tamoyil – yagonalik – rejalashtirishning tizimli xususiyatini 
nazarda tutadi va muvofiqlashtirish (boshqaruvning bir darajasining 
Funksional o’zaro hamkorligi) va integrastiya (rejalarni boshqaruv 
pog’onalari bo’yicha muvofiqlashtirish) orqali amalga oshiriladi. 
Uchinchi tamoyil – rejalashtirishning egiluvchanligi – ichki va 
tashqi sharoitlarga qarab rejalar yo’nalishini o’zgartirish. 
To’rtinchi tamoyil – iqtisodiy siyosatning yagonaligi. Reja hujjatlari 
ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-texnik va siyosiy qarorlar sifatida ko’rib 
chiqiladi. 
Beshinchi tamoyil – markazlashuv va hududiy manfaatlar 
yagonaligi – bunda davlat boshqaruvi organlari qarorlarining loyihalari 
qonunchilik doirasida xo’jalik faoliyatini mustaqil ravishda amalga 
oshirishga qodir bo’lgan iqtisodiyot subyektlarining manfaatlarini hisobga 
oladi. 
Oltinchi tamoyil – strategik dasturlar va rejalarning ilmiy 
asoslanganligi va samaradorligi quyidagilarni anglatadi: 
- iqtisodiyotni, ishlab chiqarishni tarkibiy qayta qurish, uning 
ijtimoiy yo’naltirilishini, mehnat samaradorligining yuqori darajasini 
ta’minlash 
maqsadida 
rejalashtirishda 
fan-texnika 
taraqqiyoti 
yutuqlaridan amalda foydalanish; 
- jamiyatning o’zgaruvchan ehtiyojlariga tezda moslashish; 
- strategik rejalarni tuzish va hisoblab chiqish uchun reja 
axborotining ishonchlilik darajasini oshirish; 
- rejalarni ishlab chiqish texnologiyasini takomillashtirish. 
Bundan tashqari, indikativ rejalashtirish quyidagi uchta o’ziga xos 
yoki lokal tamoyilga tayanadi: 
1) etakchi bo’g’inlarni ajratish asosida optimal mutanosiblikni 
ta’minlash tamoyili; 
2) prognozlar, dasturlar va rejalarning yagonaligi va majmuiyligi 
tamoyili; 
3) dasturlar va rejalarni ishlab chiqish, ularning bajarilish 
imkoniyatini ta’minlash va bajarilishini tekshirish jarayonining yagonaligi 
tamoyili. 
Strategik rejalashtirish tamoyillari ushbu guruhining tarkibiga 
quyidagilar kiradi: 
1. Etakchi bo’g’inlarni ajratish asosida optimal mutanosiblikni 
ta’minlash tamoyilining mohiyati optimallik mezonlari: a) strategik 
rejalashtirish muammolarini hal etish uchun zarur bo’lgan vaqt; b) reja 
qarorlarini amalga oshirish uchun talab etiladigan kapital qo’yilmalar 


102 
hajmi, yoki moddiy resurslar hajmi; v) reja vazifasini hal etish uchun 
zarur bo’lgan xodimlar sonidan kelib chiqqan holda boshqaruvning 
tegishli subyektlari tomonidan boshqarilayotgan kichik tizimning tarkibiy 
unsurlari o’rtasida ulushlar va muvofiqliklarni shakllantirishdan iborat. 
Etakchi bo’g’inlarni ajratish – strategik rejalashtirishning ijtimoiy-
iqtisodiy tizimlarda va uning obyektlaridagi muvazanat uchun zarur 
bo’lgan sharoitlarni yaratish imkonini beruvchi muhim yo’nalishi. 
Etakchi bo’g’inlarni ajratishda shundan kelib chiqiladiki, jamiyatning 
ehtiyojlari hamma vaqt real ehtiyojlar va ideal ehtiyojlar majmuini o’z 
ichiga oladi. Ehtiyojlar o’z ahamiyatiga ko’ra indikativ rejalashtirish 
subyektlari va obyektlari uchun bir xil emas. Shuning uchun saflash 
asosida bir turdagi ehtiyojlarni boshqalaridan ko’ra afzal ko’rish zarurati 
tug’iladi. 
2. Prognozlar, dasturlar va rejalarning yagonaligi va kompleksligi 
tamoyili. Firma, mintaqa, mamlakat doirasida takror ishlab chiqarish 
jarayonining yagonaligi, yagona iqtisodiy makon, tegshli infratuzilmaga 
ega bo’lgan yagona bozorning mavjud bo’lishi ushbu tamoyilning asosini 
tashkil qiladi. 
Turli reja hujjatlarining yagonaligi rasmana bo’lishi va yagona 
shakllar, ko’rsatkichlar, jadvallar va ko’rsatkichlarni hisoblab chiqish 
usullari bilan ta’minlanishi mumkin. U moddiy bo’lishi va topshiriqlarni 
bajarish uchun zarur bo’lgan muayyan resurslarga tayanishi mumkin. 

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin