147
Odatda qisqa muddatli (1-5 yil), o’rta muddatli (5-10 yil) va uzoq
muddatli (25-30 yil) demografik prognozlar mavjud. Prognoz gorizonti
qanchalik keng bo’lsa, prognozlar shunchalik aniq va ishonchli bo’ladi.
Mamlakatimizda qisqa va o’rta muddatli demografik prognozlar
muntazam ravishda ishlab chiqilib, sho’rolar davrida ular asosida besh
yillik rejalar (qisqa muddatli prognozlar) va 15-20 yilga mo’ljallangan
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo’nalishlari belgilanardi.
Ushbu prognozlar ko’p jihatdan kon’yunktura xususiyatiga ega edi
va ko’pincha turli guruhlar manfaatlari o’rtasidagi o’ziga xos murosaning
natijasi hisoblanardi. Masalan, sobiq Ittifoqning aksariyat respublikalari
o’z aholisi prognoz sonining yuqori bo’lishidan
manfaatdor edi, chunki
ular markazdan oladigan ijtimoiy trnsfertlar hajmi ana shunga bog’liq edi.
Bunda markaz demografik prognozlarni ishlab chiquvchi organ
hisoblangan Davlat reja qo’mitasi timsolida ushbu sonni kamaytirishga
intilardi, chunki aholining katta soni qator muhim makroiqtisodiy
parametrlarning yomonlashuvini anglatardi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda demografik prognozlar O’zbekiston
Respublikasi Davlat Statistika qo’mitasi va ayrim ilmiy tashkilotlar
tomonidan muntazam ravishda ishlab chiqiladi va e’lon qilinadi.
Demografik prognozlarning maqsadi ularni tasniflashning ikkinchi
muhim mezoni hisoblanadi. Prognoz qilish maqsadlariga ko’ra barcha
demografik prognozlar tahliliy prognozlar,
ogohlantiruvchi prognozlar,
normativ prognozlar va Funksional prognozlarga bo’linadi.
Tahliliy prognozlarning maqsadi aholining kelgusi soni va tarkibiga,
shuningdek umuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ehtimoliy ta’sirini
baholash yo’li bilan aholini ko’payishining zamonaviy tendenstiyalarini
tadqiq etishdan iborat. Boshqacha aytganda, tahliliy prognoz shunchaki
prognoz qilishni emas, balki saqlanib qolinishi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy
va boshqa jarayonlarning bo’lajak dinamikasiga ta’sir ko’rsatishi, mavjud
muammolar va muammoli vaziyatlarni keskinlashtirish yoki yangilarining
paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin bo’lgan real vaziyatdagi
nuqtalar>,
ni aniqlash uchun uni o’rganishni
amalga oshiradi.
Tahliliy prognoz odatda bo’lajak demografik vaziyat parametrlarini
baholash ko’rinishida ifodalanadi, bu baholash aholi ko’payishi holatining
o’zgarmasligi yoki uning qandaydir o’zgarishi haqidagi taxmin asosida
amalga oshiriladi. Tahliliy prognoz, odatda, uzoq muddatli hisoblanadi.
Bunda, uning o’zi haqiqatga kamroq yaqin va kam ehtimolli bo’lgani
holda tahliliy prognoz aholi soni va tarkibidagi kelgusi o’zgarishlarni
148
go’yoki tasvirlaydi. Shu nuqtai nazardan tahliliy prognoz yuzaga kelishi
ehtimolini aniqlash uchun demografik prognoz amalga oshiriladigan
salbiy oqibatlar va muammoli vaziyatlar paydo bo’lishining oldini olishga
qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy va xususan, demografik siyosat maqsadlarini
belgilashga xizmat qiladi.
Prognoz
qilish-ogohlantirish
tahliliy
prognozning
bir
turi
hisoblanadi. Prognoz qilish-ogohlantirishning
maqsadi yuzaga kelgan
demografik vaziyatning noqulay yoki xavfli oqibatlarini ko’rsatib
berishdan iborat. T.R.Maltusning ayanchli nufus qonuni eng mashhur
demografik prognoz qilish-ogohlantirishlardan biri hisoblanadi. O’zining
aholi geometrik progressiyada (ya’ni, eksponenstial), hayot kechirish
vositalari esa arifmetik progressiyada (ya’ni, chiziqli) o’sishi to’g’risidagi
g’oyasini olg’a surgan holda, Maltus, uning fikriga ko’ra, aholining tez
sur’atlar bilan o’sishi va shu sababli hosil bo’ladigan aholining ortiqcha
ko’payib ketishi keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan ayanchli oqibatlar
(qashshoqlik, epidemiya, tartibsizlik, urush va h.k.)ni tasvirladi.
Maltusian an’analari ruhida ijro etilgan
zamonaviy prognoz qilish-
ogohlantirishlardan Rim kulubining prognozlari mashhur bo’lib, ular o’z
mualliflarining fikriga ko’ra, aholi sonining o’sishi, shuningdek mineral
va energetika resurslarini iste’mol qilish hajmining o’sishi tufayli kelib
chiqadigan har xil fojialarga boydir.
Normativ prognozning asosiy maqsadi—demografik jarayonlarning
ayrim ko’ngilli holatiga erishish uchun muayyan tavsiyalarni ishlab
chiqishdan iborat. Normativ prognoz qilishda demografik vaziyat va
demografik jarayonlarning ko’ngilli holatlari to’g’risida qator fiklar
bildiriladi: aholining istalgan soni, tug’ilish, o’limning maqbul darajasi
va h.k. Shundan keyin ushbu ko’ngilli
yoki normativ, maqsadli
parametrlarga erishish uchun ko’rilishi lozim bo’lgan choralar
belgilanadi.
Funksional prognoz qilish maqsadi aholi to’g’risida iqtisodiy,
ijtimoiy, siyosiy va davlat hamda ijtimoiy boshqaruv faoliyatining boshqa
sohalarida zarur bo’lgan prognoz axborotini olishdan iborat.
Funksional
prognoz qilish – bu u yoki bu tashkilotlar, firmalar, korporastiyalar,
davlat organlari, o’quv muassasalarining muayyan amaliy maqsadlari va
vazifalariga xizmat qiluvchi prognoz. U, ijtimoiy tilda aytganda, ijtimoiy
institutlar, tashkilotlar va boshqa ijtimoiy
tuzilmalarning faoliyat
ko’rsatishini ta’minlovchi aholi guruhlari, oilalar va uy xo’jaliklarining
bo’lajak soni va tarkibini o’zida namoyon etadi.
149
Funksional demografik prognoz qilish – bu ayrim o’ziga xos
maqsadlar uchun bo’lajak talab va taklifni oldindan aytib beruvchi
teglamalar shakliga keltirilgan aholi yosh-jins tarkibini prognoz qilish.
Funksional nuqtai nazardan, yuqorida sanab o’tilgan ijtimoiy
tuzilmalar faoliyati bilan qandaydir bog’liq bo’lgan insonlarni tovarlar,
xizmatlar, boyliklar ishlab chiqaruvchi, ular uchun mazkur ijtimoiy
tuzilma mavjud bo’lgan va ushbu tovarlar, xizmatlar, boyliklarni iste’mol
qiluvchi guruhlarga bo’lish mumkin. O’z navbatida, Funksional
prognozlarning ikkita toifasi ajratiladi:
,
yoki , va prognozlari>,
Dastlabki holatda gap aholining soni va tarkibi hamda uning alohida
yosh-jins guruhlarining prognozlari haqida borayapti va ular go’yoki
demografik tizim faoliyat ko’rsatishining natijasi hisoblanadi: u chiqaradi> va o’z , shuningdek: bolalar,
maktab yoshidagi bolalar, mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslar, keksalar
va qariyalar, oilalar va uy xo’jaliklari va h.k..
Ikkinchi holatda, - gap u yoki bu ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar,
korporastiyalar faoliyat ko’rsatishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan
aholi, ijtimoiy faoliyat subyektlari, ijtimoiy rollar ijrochilarining soni va
tarkibi haqida borayapti. Aynan aholi Funksional guruhlari soni va
tarkibining bo’lajak, prognoz dinamikasi sanab o’tilgan ijtimoiy
tuzilmalar faoliyatining yaqin va uzoq istiqbolga mo’ljallangan
strategiyasi va taktikasi haqida qaror qabul qiluvchi shaxslar bevosita
manfaatlarining predmeti hisoblanadi.
Quyidagilar Funksional prognozlarga misollar bo’la oladi:
- tovarlar yoki xizmatlarning u yoki bu turlariga bo’lgan talabni
prognoz qilish. Masalan, tug’ilishning prognoz tendenstiyalarini hisobga
oluvchi bolalar tovarlariga bo’lgan iste’mol talabining bo’lajak
dinamikasini baholash. Yoki aholining keksayishini hisobga oluvchi
keksalar va qariyalar uchun kundalik ishlatiladigan tovarlarni prognoz
qilish;
- elektoral prognoz. Kelajak uchun saylovchilar soni va tarkibini
aniqlash, u yoki bu partiya saylovlarida g’olib chiqish istiqbollarini
baholash va h.k.;
- ta’lim tizimining turli bosqichlarida o’quvchilarning soni va
tarkibini prognoz qilish. Shu asosda, o’qituvchilar talab etilayotgan soni
va ta’lim jarayonining moddiy bazasi baholanadi. Aholining ta’lim
darajasini prognoz qilish;
150
- bandlar sonini va tarkibini prognoz qilish. Ularning kasb-malaka
va boshqa tarkibini baholash. Ne’matlar va xizmatlar ishlab chiqarishning
ehtimoliy hajmini prognoz qilish;
- aholining soni va jins-yosh tarkibi, kasallanish dinamikasi asosida
sog’liqni saqlash ehtiyojlarini prognoz qilish.
Tibbiyot xodimlarining
(mutaxassisliklar va malaka darajasi bo’yicha) talab etiladigan sonini,
shuningdek sog’liqni saqlashning zarur moddiy bazasini aniqlash;
- pensionerlar va boshqa ijtimoiy xizmatlar mijozlari sonining
dinamikasini prognoz qilish;
- qurolli kuchlar safiga jalb etilishi mumkin bo’lgan shaxslarning
soni va tarkibini aniqlash.
Dostları ilə paylaş: