11.3. Aholi o’sishini prognoz qilish usullari. 11.4. Aholi turmush darajasi va bandligini indikativ rejalashtirish. 11.4.1. Rejalashtirishda insoniyat rivojlanishining indikatorlari. 11.4.2. Aholi bandligining indikatorlari. 11.1. Demografik prognoz qilishning mohiyati Demografik prognoz qilish – bu aholi harakatining asosiy
parametrlari va demografik vaziyat: aholi soni, yosh-jins va oilaviy
tarkibi, tug’ilishi, o’limi, migrastiyasini ilmiy asoslangan oldindan ko’ra
bilish demakdir. Demografik prognoz qilish zarurati umuman ijtimoiy-
iqtisodiy jarayonlarni prognoz qilish va rejalashtirish vazifalari bilan
bog’liq. Oldindan demografik prognoz qilmasdan turib tovarlar va
xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish, uy-joy qurilishi, ijtimoiy
infratuzilma, sog’liqni saqlash va ta’lim, pensiya tizimini rivojlantirish,
geosiyosiy muammolarni hal etish va hokazolarning istiqbolini tasavvur
qilib bo’lmaydi. Aynan shuning uchun aholi soni va tarkibi, oilalar soni
va tarkibi, alohida demografik jarayonlar dinamikasini prognoz qilish
faoliyati xalqaro, davlat va nohukumat tashkilotlari, muassasalari va ilmiy
muassasalar umumiy faoliyatining muhim qismini tashkil qiladi.
Texnik nuqtai nazardan olib qaralganda, demografik prognoz qilish
odatda aholini istiqbolli hisoblab chiqish, ya’ni o’tmishda demografik
xususiyatlarning (aholi soni, demografik tuzilmalar, tug’ilish, o’lim)
o’zgarishi to’g’risidagi ma’lumotlar asosida, shuningdek ularning
kelgusidagi dinamikasiga nisbatan qabul qilinadigan taxminlarni hisobga
olgan holda aholi soni va yosh-jinsiy tarkibini hisoblab chiqish
ko’rinishida ishtirok etadi. Bunday turdagi hisob-kitoblar odatda
aholining eng ehtimoliy o’zgarishlari chegaralarini belgilagan holda bir
necha variantlarda amalga oshiriladi.
Demografik prognoz qilishning ko’p variantliligi davr talabi
hisoblanadi. Odatda prognoz uchta variantda amalga oshirilib, ularni
, va variantlar deb atash qabul qilingan, bunda
146
variant voqealarning eng ehtimoliy kechishiga mos keladi,
va variantlar esa
demografik
ko’rsatkichlar
dinamikasining tashqi chegaralarini belgilaydi.
Aholining reproduktiv, o’zini asrash va migrastiya harakatlari
o’zgarishining tendenstiyalari haqida to’g’ri, ilmiy asoslangan taxminlar,
prognoz aniqligining muhim sharti hisoblanadi, ular haqidagi
ma’lumotlarni maxsus tashkil etilgan ijtimoiy-demografik tadqiqotlar
yordamida olish mumkin. Ushbu tendenstiyalar haqidagi farazlarni olg’a
surish g’oyat qiziqarli ilmiy vazifaga aylanib bormoqda.
Demografik prognozlar istalgan ijtimoiy prognoz qilish va
rejalashtirishning asosida yotadi. Aslida, biz kelajak uchun nimani
rejalashtirmaylik, muayyan tovarlar yoki xizmatlar ishlab chiqarishni,
jamiyatning ijtimoiy tarkibini, shu jumladan uning oilalar o’lchamlari va
tarkibi bo’yicha tuzilishini rivojlantirishmi, har qanday ijtimoiy jarayonlar
– barcha holatlarda, albatta, biz birinchi galda ushbu ijtimoiy jarayonlar
bo’lajak ishtirokchilarining jinsi va yoshi bo’yicha soni va tarkibini
bilishimiz zarur, chunki, insonlarning ushbu
ular
faoliyatining xususiyati va intensivligiga va o’z navbatida, ijtimoiy
jaryonlarning xususiyati va intensivligiga kuchli ta’sir ko’rsatadi.
Demografik prognoz qilish maqsadlari iqtisodiy rejalashtirish
ehtiyojlari (mehnat resurslarining soni va tarkibi dinamikasini oldindan
ko’ra bilish zarurati); tovarlar yoki xizmatlarning u yoki bu turlari uchun,
shu jumladan marketing vazifalarini hal etish uchun iste’mol talabining
bo’lajak dinamikasini baholash zarurati; uy-joy qurilishini rejalashtirish
ehtiyojlari; ijtimoiy soha (ta’lim, sog’liqni saqlash, pensiya tizimi va b.)ni
rejalashtirish ehtiyojlari; geosiyosiy vazifalar va ko’plab boshqa
masalalar bilan bog’liq. Demografik prognoz qilish maqsadlari aholining
prognozlarini tasniflash uchun muhim asoslardan biri hisoblanadi.
Demografik prognozlarning ishonchliligi, ya’ni aholining prognoz
xususiyatlari va demografik prognozlarning haqiqatda qanday bo’lishiga
mos kelishi ushbu prognozlarning muhim xususiyati hisoblanadi.
Demografik
prognozning
ishonchliligi
boshlang’ich
demografik
axborotning aniqligi, qabul qilinayotgan farazlarning asosliligi va
prognoz davrining uzoqligi bilan belgilanadi.