138
3-jadval
Yig’ma moliyaviy balans tarkibi (umumdavlat darajasida)
Daromadlar
Xarajatlar
1. Foyda
2. Qo’shilgan qiymat solig’i va
akstizlar
3. Jismoniy
shaxslardan daromad
soliqlari
4. Mol-mulk solig’i
5. Ijtimoiy sug’urta fondi, Pensiya
fondi, Bandlik fondini hosil qilish
uchun mablag’lar
6. Boshqa byudjetdan tashqari
maqsadli fonlar mablag’lari
7. Ma’danli-xomashyo bazasini
takror
ishlab
chiqarish
uchun
ajratmalar
8. Amortizastiya ajratmalari
9. Davlat mulki yoki faoliyatidan
keladigan daromadlar, shu jumladan
davlat mulkini sotishdan olinadigan
daromadlar
10.
Tashqi savdo, tashqi iqtisodiy
operastiyalar uchun soliqlar va
tashqi
iqtisodiy
faoliyatdan
olinadigan daromadlar
11. Boshqa daromadlar
Jami daromadlar
1. Davlat investistiyalari uchun
xarajatlar, shu jumladan kreditorlik
qarzini qaytarish (harbiy qurilishdan
tashqari)
2.
Ma’danli-xomashyo
bazasini
takror ishlab chiqarish xarajatlari
3. Davlat dotastiyalari
4. Soliqlar to’langanidan keyin
korxonalar
ixtiyorida
qoladigan
foyda
hisobidan,
shuningdek
amortizastiya
hisobidan
amalga
oshiriladigan xarajatlar
5.
Byudjet hisobidan, shuningdek
byudjetdan
tashqari
maqsadli
fondlar hisobidan moliyalanadigan
ijtimoiy-madaniy
tadbirlar
xarajatlari (kapital qo’yilmalarsiz)
6.
Byudjet
hisobidan
amalga
oshiriladigan fan uchun xarajatlar
7. Boshqa byudjet maqsadli fonlari
hisobidan
amalga
oshiriladigan
xarajatlar
8. Mudofaa xarajatlari
9.
Huquqni
muhofaza
qilish
organlari, sudlar va prokuraturani
saqlab turish xarajatlari (kapital
qo’yilmalarsiz)
10. Davlat hokimiyati orgalarini
saqlab turish xarajatlari (kapital
qo’yilmalarsiz)
11.
Tashqi
iqtisodiy
faoliyat
xarajatlari
12. Zahira fondlarini hosil qilish
xarajatlari
13. Boshqa xarajatlar
Jami xarajatlar
139
Yig’ma moliyaviy rejalashtirish bilan
byudjetni prognoz qilish
uzviy
bog’langan.
Muvaffaqiyatli xo’jalik yuritishning muhim sharti – uni boshqarish
usullarini doimiy ravishda takomillashtirishdan iborat. Boshqarish –
demak, oldindan ko’ra bilish. Shu
munosabat bilan istiqbolni
rejalashtirish, ya’ni ilmiy prognoz qilishning roli ortadi. Natural
ko’rsatkichlar parametrlarini prognoz qilish bilan bir vaqtning o’zida
moliyaviy resurslar ham prognoz qilinishi kerak, chunki ushbu resurslar
hajmini oshirish istiqbollarini hisobga olmasdan turib xo’jalik rivojini
sifatli prognoz qilib bo’lmaydi.
Odatda, ancha uzoq davr uchun amalga oshiriladigan yig’ma
moliyaviy rejalashtirishdan farqli o’laroq byudjetni prognoz qilish
manzilli hisoblanib, u byudjet davriga, ya’ni ko’pi
bilan bir yilga
mo’ljallangan. Lekin yig’ma moliyaviy balans ko’rsatkichlarining katta
qismi qator byudjet ko’rsatkichlarini o’z ichiga olganligi bois, istiqbolga
mo’ljallangan yig’ma moliyaviy balansni tuzishda asosiy byudjet
ko’rsatkichlarining prognoz hisob-kitoblarini amalga oshirish lozim.
Byudjet rivojini prognoz qilish deganda uning daromad va xarajat
qismlarini rivojlantirish yo’llarini ehtimoliy baholash majmui nazarda
tutiladi.
Byudjetni prognoz qilish – bu yuzaga kelgan tendenstiyalar,
muayyan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar va istiqbolni baholash asosida
byudjetni rivojlantirishning optimal yo’llarini ishlab chiqish va
asoslashdan va shu asosda uni mustahkamlash yuzasidan takliflar berish
demakdir. Bunday prognoz qilish natijalarini o’z
vaqtida hisobga olish
davlat va mintaqaning moliyaviy siyosatida eng samarali choralarni
qo’llashning muhim sharti hisoblanadi.
Prognoz qilinayotgan byudjet ko’rsatkichlarini hisoblab chiqish
yillik byudjet ko’rsatkichlarini hisoblab chiqishga qaraganda boshqacha
metodologik yondashuvlarga asoslangan. Agar yillik va choraklik
byudjetlar ko’rsatkichlari iqtisodiy va moliyaviy parametrlarni to’g’ridan-
to’g’ri hisoblab chiqish asosida aniqlansa, u holda prognoz byudjet
ko’rsatkichlarini aniqlashda, odatda,
zarur statistika va hisobot
ma’lumotlarining yo’qligi tufayli bunday imkoniyat mavjud emas.
Byudjet rivojining prognozini ishlab chiqishda turli usullardan
foydalanish mumkin.
1)
Ekstrapolyastiya usuli,
ya’ni avvalgi davrlar amaliyotidan kelib
chiqib istiqbollarni tuzish. Biroq ushbu usul faqat byudjet xarajatlari va
140
daromadlarining ozmi ko’pmi barqaror xususiyatga ega bo’lgan ayrim
moddalarini prognoz qilish uchun yaroqli.
2)
Ekspert baholash usuli,
ya’ni fan va iqtisodiyotning alohida
tarmoqlarida vakolatli mutaxassislar tomonidan berilgan va asoslangan
baholar asosida qilingan prognoz ham kamchiliklardan holi emas, chunki
u subyektiv yondashuv unsurlariga ega.
3) Ushbu ikkita usulni bir vaqtning o’zida qo’llsh;
bunda
rivojlanishning obyektiv tendenstiyalaridan ham, ekspertlar fikrlaridan
ham foydalaniladi.
Chiziqli regressiya liniyalari
asosiy moliyaviy qonuniyatlar
ekstrapolyastiyalash usullaridan biri bo’lib, prognoz qilinayotgan byudjet
ko’rsatkichlarini bir necha o’zgaruvchan ko’rsatkichlarga tobe qiluvchi
ko’p qadamli korrelyastion modellarni tuzishda ularning ishonchliligi
ortadi. Shuning uchun byudjetni prognoz qilish ishini byudjetni
shakllantirishga ta’sir ko’rsatuvchi omillar (o’zgaruvchan kattaliklar)ni
ajratish va o’rganib chiqishdan boshlash lozim. Bunday omillar jumlasiga
mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishini
va umumdavlat
moliyaviy resurslarning mavjudligini, demografik o’zgarishlarni,
xo’jalikning rivojini va hokazolarni kiritish lozim.
Istiqbolga mo’ljallangan davlat byudjetining asosiy ko’rsatkichlarini
hisoblab chiqish uchun byudjet daromadlarining hajmi bilan ikkita
o’zgaruvchan: ishlab chiqarilgan milliy daromad va yalpi sanoat va
qishloq xo’jaligi mahsuloti o’rtasidagi
korrelyastion aloqalardan
,
shuningdek ushbu ko’rsatkichlar bilan foyda solig’i o’rtasidagi aloqadan
foydalanish mumkin. Korrelyastiya koeffistientlari o’rganib chiqilayotgan
aloqalardagi jipslikni darajasini qo’rsatadi. Byudjet daromadlari birinchi
galda milliy daromad hisobidan shakllanadi.
Istiqbolga mo’ljallangan byudjet resurslarining hajmini prognoz
qilishda ko’plab omillar ta’sirini ma’lum darajadagi ehtimollik bilan
o’rtacha barobarlashtirish, eng umumiy
tendenstiyalarni aniqlash
imkonini beruvchi chuqur
iqtisodiy
va
cmamucmuk tahlil
qilish lozim.
Yuqorida ko’rsatilgan ikkita o’zgaruvchan kattalikka ega bo’lgan
regressiya tenglamasi chiziqli ko’riniga ega:
Dostları ilə paylaş: