B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 2,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/126
tarix14.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#180418
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   126
indikativ rejalashtirish

 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish 
yo’lida.-T.: O’zbekiston, 1995. 
2.
O’zbekiston Respublikasining Mahalliy davlat hokimiyati 
to’g’risidagi Qonuni. 1993 yil 2 sentyabr, 915-XII-son. 
3.
Berkinov B.B., Ashurova D.S., Abdullaeva M.K., Zohidov G’.E. 
Mintaqalarni 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishini 
prognozlash.-T.: 


131 
TDIU,2010.- 216b. 
4.
Kadirov A.M. Metodologicheskie podxodi k analizu strategii 
sostialno-ekonomicheskogo razvitiya. Doklad na Forume ekonomistov 
Uzbekistana. -T.: IPMI,2010 (3 str). 
5.
Muhitdinov X.S. Hudud aholisi turmush darajasini oshirish va 
ijtimoiy rivojlanishni modellashtirish.-T.: Fan, 2009.-237b. 
6.
Nurimbetov R.I. Mintaqa iqtisodiyotini boshqarish mexanizmi va 
uning samaradorligi.- T.: Fan, 2008.-221b. 
7.
Sadikov 
A.M. 
Osnova 
Regionalnogo 
razvitiya: 
teoriya, 
metodologiya, praktika.—T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2005.-280b. 


132 
10-bob.
MOLIYAVIY OQIMLAR INDIKATIV REJALSHTIRISH VA 
TARTIBGA SOLISHNING OBYEKTI SIFATIDA 
 
 
10.1. Budjetlashtirish va budjetning asosiy tushunchalari. 
10.2 Davlatning makroiqtisodiy siyosati va ularni
boshqarishda budjet resurslarining ahamiyati. 
10.3 Davlat budjeti rejasi va budjetni rejalashtirish shakllari. 
 
 
10.1. Byudjetlashtirish va byudjetning asosiy tushunchalari 
 
 
Davlat tomonidan o’z zimmasiga yuklatilgan Funksiyalarning 
bajarilishi unda zarur moliyaviy resurslarning mavjudligi bilan bog’liq, 
bu birinchi navbatda davlatda hosil bo’ladigan pul mablag’lari bir 
qismining byudjetda jamlanishini talab qiladi. Ushbu mablag’larning 
byudjetga yo’naltirilishi va ulardan foydalanish jarayonida davlat, soliq 
to’lovchilar va byudjetdan mablag’ oluvchilar o’rtasida moliyaviy 
munosabatlar yuzaga keladi. Ushbu munosabatlar hokimiyat organlari 
tomonidan ishlab chiqiladigan va amalga oshiriladigan moliya-byudjet 
siyosatiga muvofiq quriladi. Moliya-byudjet siyosati davlat va hududiy 
hoqimiyat organlarining soliq, pul-kredit, narx-navo va moliyaning 
boshqa sohalaridagi harakatlarini o’z ichiga oladi. 
Moliya-byudjet siyosati (byudjetlar) – bu hokimiyat organlari 
tomonidan amalga oshiriladigan o’z Funksiyalarini bajarish uchun 
moliyaviy munosabatlardan foydalanish va byudjet tizimini boshqarish 
bo’yicha harakatlar va tadbirlar yig’indisidir.
Moliya-byudjet siyosati moliya sohasidagi maqsadlar va vazifalarni 
belgilashni, pul mablag’larini byudjetga safarbar etish mexanizmini ishlab 
chiqishni, byudjet mablag’laridan foydalanish yo’nalishlarini belgilashni, 
moliya va byudjet tizimini boshqarishni, moliya-byudjet vositalari 
yordamida iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni tashkil etishni nazarda tutadi. 
Ijroiya va vakillik hokimiyati organlarining byudjetni ishlab chiqish 
va byudjetlashni amalga oshirish va byudjet tizimini boshqarish bo’yicha 
harakatlarining yig’indisi byudjet jarayoni hisoblanadi. 
Davlatning moliya-byudjet siyosati moliya va soliq organlari, pul-
kreditni tartibga solish organi (Markaziy bank), nazorat-hisoblash 


133 
organlari (nazorat-hisoblash, ijroiya hokimiyatining boshqa organlari) 
faoliyati orqali amalga oshiriladi. 
Odatda 
byudjet davri,
ya’ni byudjetni ijro etish jarayonini amalga 
oshirish vaqti 1 yanvardan 31 dekabrgacha qilib belgilangan bo’lib, u 
taqvim yiliga mos keladi. Byudjet jarayonining davom etishi byudjet 
davriga qaraganda ancha uzoq, chunki byudjet jarayoniga byudjetni 
rejalashtirish, keyingi byudjet nazorati va boshqa harakatlar ham kiradi. 
Qonun hujjatlariga muvofiq byudjet vakolatlariga, ya’ni byudjet 
jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlariga ega bo’lgan 
organlar byudjet jarayonini amalga oshiradi. Quyidagilar ana shunday 
vakolatlarga egadirlar: 
• ijroiya va vakillik hokimiyati organlari; 
• moliya va soliq organlari
• pul-kreditni tartibga solish organlari va davlat moliya nazorati 
organlari; 
• byudjet mablag’larining bosh taqsimlovchilari va byudjet 
mablag’larining taqsimlovchilari; 
• davlat byudjetdan tashqari maqsadli fondlari. 
Vakillik hokimiyati organlari byudjetlar loyihalarini va ularning 
bajarilishi to’g’risidagi hisobotlarni ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi. 
Ijroiya hokimiyati organlari yig’ma moliyaviy rejalashtirishni 
amalga oshiradi, byudjetlar loyihalarini tuzadi, byudjetlar loyihalarini 
vakillik hokimiyati organlariga ko’rib chiqish uchun kiritadi, byudjetlarni 
ijro etadi, byudjet ijrosi tahlil va nazorat qiladi. 
Markaziy bank hokimiyat bilan birgalikda davlatning pul-kredit 
siyosatining asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqadi va qonun chiqaruvchi 
organlarga ko’rib chiqish uchun taqdim etadi va G’aznachilik pul 
hisobvaraqlariga, 
davlat 
byudjetdan 
tashqari 
maqsadli 
fondlari 
hisobvaraqlariga, hududiy byudjetlar hisobvaraqlariga xizmat ko’rsatadi. 
Byudjet mablag’larining bosh taqsimlovchisi – bu byudjet 
mablag’larining birinchi bevosita oluvchisi hisoblanib, mablag’larni 
byudjet mablag’larini taqsimlovchilar va oluvchilar o’rtasida taqsimlash 
huquqiga ega bo’lgan ijroiya hokimiyati organi. U byudjet mablag’lari 
taqsimlovchilari va byudjetdan mablag’ oluvchilar bo’yicha byudjet 
xarajatlari ro’yxatini tayyorlaydi, ularga byudjet yo’nalishlari haqidagi 
xabarnomani etkazadi, ular uchun daromadlar va xarajatlar smetalarini 
tasdiqlaydi, zarur hollarda mablag’larning ular uchun tasdiqlangan 
moddalar o’rtasida taqsimlanishini o’zgartiradi, byudjetdan mablag’ 


134 
oluvchi 
tomonidan 
byudjet 
mablag’laridan 
oqilona, 
maqsadli 
foydalanilishini nazorat qiladi. 
Byudjetdan mablag’ oluvchi (byudjet muasasasi) – bu ijroiya 
hokimiyati organi tomonidan notijorat xususiyatiga ega bo’lgan 
Funksiyalar (boshqaruv, mudofaa, ijtimoiy-madaniy tadbirlar va b.)ni 
amalga oshirish uchun tashkil etilgan va smeta tartibida moliyalanuvchi 
tashkilot. 
Nazorat-hisoblash organlari tegishli byudjet va byudjetdan tashqari 
fondlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi, byudjet va 
byudjetdan tashqari fondlarning ijrosi haqidagi hisobotlar tashqi auditini 
o’tkazadi. 
Yuqorida sanab o’tilgan barcha hokimiyat organlari va muassasalar 
byudjet jarayonining ishtirokchilari hisoblanishadi. Byudjet jarayoni 
quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
• yig’ma moliyaviy rejalashtirish va prognoz qilish; 
• byudjet loyihasini tuzish, ko’rib chiqish va tasdiqlash; 
• byudjet yili mobaynida byudjetni ijro etish
• byudjet ijrosini tahlil va nazorat qilish. 

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin