B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Aholi o’sishini prognoz qilish usullari



Yüklə 2,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/126
tarix14.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#180418
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   126
indikativ rejalashtirish

11.3. Aholi o’sishini prognoz qilish usullari 
 
Quyidagilar demografik prognoz qilishning asosiy usullari 
hisoblanadi: u yoki bu matematik Funksiyani qo’llashga asoslangan 
usullar (ekstrapolyastiya va tahliliy usullar), shuningdek komponent usuli. 
Matematik Funksiyalarni qo’llashga asoslangan usullar.
Ayniqsa 
ular uchun ishonchli demografik statistika mavjud bo’lmagan kichik 
hududlar (masalan, u yoki bu mamlakat mintaqalari) ushbu toifa 
usullarini qo’llash uchun asos hisoblanadi. Mamlakat darajasida aholini 
prognoz qilish uchun matematik usullar kamdan-kam hollarda 
qo’llaniladi, chunki ushbu usullarga xos bo’lgan aholi soni o’sishining 
tarkibiy qismlaridagi va yosh-jins tarkibidagi o’zgarishlarni hisobga 
olmaslik prognoz qilishda katta hatolarning paydo bo’lishiga olib keladi. 
Mintaqa darajasida bunday xatolar ehtimoli quyidagi qo’shimcha shart 
yordamida kamaytirilishi mumkin: mintaqalar aholisining umumiy soni 
mamlakat uchun prognoz natijalaridan farq qilmasligi lozim. Shunday 
qilib, mamlakat uchun prognoz mintaqa darajasida aholini prognoz qilish 
uchun nazorat parametri sifatida ishtirok etadi. 
Matematik usullar ba’zan tarixiy dinamikani tahlil qilish va global 
darajada aholi sonini prognoz qilish uchun ham qo’llaniladi. Matematik 
usullar faqat aholining umumiy sonini prognoz qilish imkonini beradi. 
To’g’ri, erkaklar va ayollar sonini alohida tarzda prognoz qilish ham 
mumkin, lekin ular yig’indisi aholining umumiy sonidan farq qilishi 
ehtimoldan holi emas. 
Ilgari aholi sonini prognoz qilishga nisbatan yondashuvlar o’z 
tabiatiga ko’ra yaqqol yoki yashrincha matematik usullarga asoslanar edi. 
Matematik usullarni qo’llash shuni nazarda tutadiki, aholi soni 


151 
to’g’risidagi mavjud empirik ma’lumotlar asosida uning bo’lajak 
parametrlarini oldindan aytib berish uchun foydalanilishi mumkin bo’lgan 
ayrim matematik ifodalar tanlab olinadi. Matematik usullardan 
foydalanish qator kamchiliklarga ega. Birinchidan, ular faqat aholining 
umumiy sonini prognoz qilish imkonini beradi, lekin uning tarkibining 
o’zgarishini oldindan ko’ra bilish imkonini bermaydi, masalan, yoshi, 
jinsi, irsi bo’yicha taqsimlash. Ikkinchidan, agar ko’p faktik ma’lumotlar 
mavjud bo’lsa, tanlab olingan matematik ifoda, odatda, ularning har biri 
orqali o’tmaydi. Bu prognoz ko’rsatkichlarini oldindan aytib berishning 
ishonchliligini pasaytiradi. Uchinchidan, matematik yondashuv shuni 
nazarda tutadiki, ilgari aholi dinamikasini belgilab bergan ijtimoiy va 
iqtisodiy omillar kelajakda ham o’zgarishsiz ko’rinishda qoladi. 
Prognoz qilish uchun turli matematik Funksiyalarni qo’llash 
mumkin. Biroq, ko’pincha chiziqli, eksponenstial va mantiqiy 
Funksiyalardan 
foydalaniladi. 
Bunda 
chiziqli 
va 
eksponenstial 
Funksiyalarni qo’llashga asoslangan prognoz qilish ba’zan shartli 
ravishda ekstrapolyastion usul deb, mantiqiy va boshqa Funksiyalarni 
qo’llashga asoslangan prognoz qilish esa tahliliy usul deb nomlanadi. 
Quyida ekstrapolyastion va tahliliy prognoz qilishning asosiy usullarini 
ko’rib chiqamiz. 
Ekstrapolyastion usul.
Ushbu usul chiziqli va eksponenstial 
Funksiyalardan, ya’ni davr mobaynida aholi sonining o’rtacha yillik 
absolyut o’zgarishlari to’g’risidagi yoki o’rtacha yillik o’sish sur’atlari 
to’g’risidagi ma’lumotlardan foydalanishga asoslangan. Agar ushbu 
ko’rsatkichlar ma’lum bo’lsa, u holda aholi sonining butun prognoz davri 
mobaynida o’zgarmasligini taxmin qilgan holda uni istalgancha yillar 
oldinga hisoblab chiqish mumkin. Prognoz qilishning eng soda 
usullaridan biri hisobot davri uchun hisoblab chiqilgan aholi sonining 
o’rtacha yillik absolyut o’sishlari kelgusida ham saqlanib qoladi degan 
taxminga asoslanadi.
Amalda aholini prognoz qilish uchun chiziqli Funksiyadan deyarli 
foydalanilmaydi, chunki o’rtacha yillik absolyut o’sishlarning 
o’zgarmasligi to’g’risidagi taxmin faqat juda qisqa vaqt (ko’pi bilan 5 yil) 
uchun nisbatan to’g’ri bo’lishi mumkin. 
Ayniqsa tug’ilish va o’lish darajalarining o’zgarmasligi va 
migrastiya mavjud emas deb faraz qilinganda aholi soni o’rtacha yillik 
o’sish sur’atlarining o’zgarmasligi to’g’risidagi taxmin haqiqatga ancha 
yaqin hisoblanadi. Mazkur holatda gap prognoz qilishda eksponenstial 
Funksiyadan foydalanish haqida borayapti.


152 

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin