ularning shakli va kompozitsiyasi faqat yorug‘-soyalaming to ‘g‘ri
topilishi bilangina chiqadi. Rasm chizishni o‘rganishda esa yorug‘-
soyaning to ‘g‘ri aniqlanishi chizilayotgan rasmning muvaffaqiyatli
chiqishida bosh omil hisoblanadi. Chunki, rasmi chiziladigan
narsaning albatta bir tomoni yorug‘, ikkinchi tomoni qorong‘i-
roq bo‘ladi yoki soya tushadi.
N arsa va obyektlardagi yorug‘likning tushishi va uning
kuchliligi yorug‘lik berayotgan manba kuchiga (quyosh, projektor,
reflektor) bog‘liqdir. Bu yorug‘lik kuchiga ko‘ra yorug‘ va soyalar
ham kuchli va kuchsiz bo'ladi. Naturaga beriladagan yorug‘lik va
soyalar tabiiy quyosh nuri hamda sun’iy reflektor (safed va
projektorlar vositasida) bo‘lishi mumkin. Bu yorug‘ va soyalar,
asosan, qalamtasvir ishlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Uning
yordamida natura va obyektlaming tasvirini aniq, real, natural
holda ifodalashga erishiladi.
Naturaga tushayotgan yorug'lik kuchli bo‘Isa, naturadagi
yorug‘-soyalar ham aniq, kuchli, ajralish chegaralari tiniq bo‘ladi.
Ana shu yorug‘-soyalarning kuchiga ko‘ra naturada yorug‘-
soyalarning yarqirovchi m aydon (blik), yorug* joy, shu’la
tushuvchi o‘rin, soya, yarimsoya kabi bir necha holatlari sodir
bo'ladi. Soyalaming o‘zi ikki xil — shaxsiy va tushuvchi soyalardan
iboratdir. Bular haqida rasm chizuvchi to ‘liq m a’lumotga ega
bo‘lishi kerak (19- rasm).
Dostları ilə paylaş: