ya’ni chiziqli perspektivaning hosil bo‘lishini;
narsalar uzoq-
lashishi bilan kuzatuvchi va narsa orasidagi havo qatlamining
qalinlashishi va buning natijasida narsa rangining o'zgarishini;
uchinchidan, narsalarning kuzatuvchidan uzoqlashishi bilan
ularning sirti, qirrasi, ya’ni shakl chegarasida cfzgarish sodir
bo‘lishi va unda qirralarning xiralashib ko‘rinishini asoslab berdi.
Bizning davrimizgacha ko‘plab olim,
rassomlar perspektiva
haqida risolalar yaratdilar. Ularda perspektivaning turli qoidalari,
holatlar o‘z ifodasini topdi. Bugungi rassom, talaba, m e’mor,
haykaltaroshlar bu qoidalardan to ‘la foydalanib, chuqur maz-
munli san’at asarlarini yaratmoqdalar.
Perspektiva ilmiy asosda quyidagicha tasniflanadi:
1. Kuzatish perspektivasida narsalar tasviri qanday ko‘rinsa,
xuddi shunday ifodalanadi. Ya’ni narsaning
kuzatuvchiga yaqin
turgan qirrasidan uzoqdagisi kichrayib ko‘rinadi, shakl chegarasi
ham xiraroq ko‘rinadi.
2. Fazoviy perspektivada narsalar kuzatuvchidan uzoqlashgan
sari ularning sirt chegaralari xiralashadi, rangi o‘zgarib ko‘rinadi.
Bu yorug‘-soyalarga ham bog‘liq bo‘ladi (20-rasm).
3. Geometrik perspektivada narsalar tasvirini yasashning ilmiy
asosi yaratiladi. Chunki, geometrik perspektivada rasmi ishlana-
digan predmet sirti qaysi bir geometrik shaklga egaligiga ko‘ra
bir necha turlarga b o ‘linadi
va shu turiga qarab, perspektiva
qoidasiga amal qilinadi.
4. Chiziqli perspektivaga silindrik perspektiva, qubbali pers
pektiva, relyef, teatr, me’moriy perspektiva kabilar kiradi. Bulaming
har biri o ‘z o ‘rnida narsalarning geom etrik shakliga ko‘ra
qo‘llanadi.
5. Kinoperspektiva va aeroperspektiva
harakatdagi narsalar
tasviri perspektivasi va predmetlaming gorizontal usulda yoki
havodan ko‘rinishi perspektivasini yaratishda keng qo‘llaniladi.
Rasm chizuvchi kuzatayotgan obyekt yoki narsa, undagi
kuzatuvchining ko‘z qarashidagi to ‘g‘ri chiziq — ufq chizig‘ini,
kuzatish nuqtasi yoki ko‘rishning
markaziy tutash nuqtasini,
tasvir tushiriladigan tekislikni yaxshi bilishi va ularning o‘rinlarini
to ‘g‘ri belgilashi lozim.