Boshqa barcha ranglar shu uch rang aralashuvidan (qo‘shi-
lishidan) hosil b o ‘ladi. Hozirgacha 300 dan ortiq rang tusi
aniqlangan.
Ranglar ko‘rinishiga ko‘ra
issiq
va
sovuq
ranglarga bo‘linadi.
Issiq ranglar tabiatga iliqlik beruvchi, ya’ni quyosh taftini, alanga
nafasini, qizigan buyum haroratini beruvchi qizil, zarg‘aldoq,
sariq, pushti, jigarrang, tillarang kabilardan iboratdir.
Sovuq ranglar — qor, muz, suv, osmon rangini ifodalovchi
y a’ni zangor rangni qizil, sariq bilan aralashtirishdan hosil
qilinadigan — ko‘k, yashil, binafsha, havorang, zangori kabi
ranglardan tashkil topadi. Ammo rassomlar bu ranglaming ikkala
turidan ham o‘z asarlarini yaratishda to ‘la foydalanib, ularning
har ikkalasidan tomoshabinga yoqadigan, odamlarda kuchli
taassurot qoldiradigan asarlar yaratadilar.
Yorug‘likni yutish va qaytarish xossasiga ko‘ra ranglar
xro-
matik
va
axromatik
turlarga bo‘linadi. Oq va qora rangdan boshqa
biron tusga ega bo‘lgan hamma ranglar xromatik ranglar qatoriga
kiradi. Ya’ni muayyan rang tusiga ega bo‘lgan, tabiatdagi — qizil,
zangori, sariq ranglar va ular aralashmasidan hosil bo‘lib, m a’lum
bir rang tusini ifodalovchi ranglar
Dostları ilə paylaş: