B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi


MAKTABDA TASVIRIY SAN’ATNI 0 ‘QITISH



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

4.5. MAKTABDA TASVIRIY SAN’ATNI 0 ‘QITISH
DIDAKTIKASI
Didaktika haqida umumiy ma’lumot
Didaktika 
(yunoncha — o ‘rgatuvchi, ta ’lim beruvchi demak) 
pedagogikaning ta ’lim va tarbiya nazariyasiga oid sohasidir.
Hozirgi zam on pedagogikasida didaktikaga ta ’lim va tarbiya 
berish nazariyasi bilan shug‘ullanadigan alohida soha sifatida 
qaraladi. T a’lim m azm unini aniqlash ham da o ‘qitishning eng 
samarador usul va yo‘llarini topish didaktikaning asosiy vazifasidir.
Didaktika — o ‘qituvchida m a’lum qonun va qoidalar asosida 
ishlashni talab qiladi. Didaktika — o ‘qituvchining mashg‘ulot olib 
borishiga yordam beradi, uni nazorat qiladi. Shu boisdan didak­
tika — sinf, sinf doskasi, parta, darslik, o ‘quv qurollari, tarqatma 
materiallar, k o ‘rgazmalar va boshqa texnik qurollam i doimiy, 
sifatli, talab darajasida bo‘lishini taqozo etadi. Shuningdek, u o ‘quv 
jarayonining ilmiy asosda boMishini ham nazorat qiladi.
D idaktika o ‘z xususiyatiga k o ‘ra dars berish yoki o ‘quv- 
tarbiya ishining qonuniy chegarasidir. 0 ‘qituvchi undan chiqib 
ham ketolmaydi, e ’tibordan ham qoldirmaydi.
Didaktika juda qadim dan shakllangan b o ‘lsa-da, XVII asrga 
kelib, buyuk chex pedagogi Y.O.Komenskiy (1592—1670) peda­
gogika fani tarixida yaratilgan didaktik prinsiplam i to ‘plab, uni 
bir butun sistemaga soldi. Bu prinsi planting maktab faoliyatida 
qo ‘llanishiga oid qonun-qoidalam i ishlab chiqdi va butun bir 
didaktika sistemasini yaratdi.
Y.O. Komenskiy o ‘zining buyuk xizm atlari bilan maktab, 
o ‘quv-tarbiya sistemasini yaratib berdi. U maktab sistemasiga, 
ta ’lim sistemasiga va tarbiya nazariyasiga asos soldi.
’139


0 ‘zbekistonda darslik yaratishga ancha kech kirishildi. 1970- 
yildan boshlab, Otebekistonda tasviriy san’at bo ‘yicha dastlabki 
„sinov“ darsliklari yaratila boshlandi. R.Hasanov va A.Jilsovalar 
to m o n id an 1970- yili 1- sinflar u ch u n , 1974- yili 2- sinflar 
uchun, 1976- yili 3- sinflar uchun „Tasviriy san’at“ darsliklari 
chop etildi. 1977- yilda R.Hasanov, B.Oripov, A.Isoxo‘jayevlar 
tom onidan 4- sinf uchun „Tasviriy san’a t“ darsligi yaratildi. Bu 
darsliklar bir necha b o r qayta chop etildi. Darsliklar tasviriy 
san’at darslari samaradorligini oshirishda yaxshi natijalar beradi. 
M azkur darsliklar qoraqalpoq tilida ham nashr etildi. Darslik 
dastur asosida sistemali bilim berishni o ‘z oldiga vazifa qilib 
qo'ygan. Bu darsliklardan o'quvchining o ‘zi ham mustaqil foy- 
dalana olishi mumkin.
D arslik yozishning im koniyati b o ‘lm agan hollarda uning 
o'rniga o ‘quv qo‘llanmalar ham yaratiladi.
Bulardan tashqari, 0 ‘zbekiston maktablari uchun R.Hasanov 
va H.Egamovlarning 1 - 4 - sinflar uchun bir qator o ‘quv qo‘l- 
lanmalari ham chop etildi.
M etodik qo ‘llanmalarda tasviriy san’atning o ‘qitilishidagi eng 
m uhim m uam m olar va masalalar turli nuqtayi nazardan tahlil 
etib beriladi. 0 ‘quvchilar bilimini baholash, tasviriy san’atning 
45 m inutli dars m ashg‘ulotlarini tashkil etish, o ‘tkazish, ularni 
sistemali takomillashtirib borish asosida dars va mashg‘ulotlam i 
o ‘tkazish, ularda o ‘quvchilarga berilayotgan bilim va malakalari- 
ning sam aradorligiga erishishning eng zam onaviy uslublari, 
m ohiyati va m azm uni ish tajribalari ilmiy tadqiqotlar asosida 
izohlab beriladi.
B undan tashqari, m etodik qo ‘llanm alarda tasviriy san ’at 
darslari uchun o ‘quv-didaktik sharoitning yaratilishi, tasviriy 
san ’at ta ’lim ining pedagogik holati, o ‘quvchilar diqqatining 
psixologik asosi, o'quvchilar bilimini aniqlashning baho mezon- 
lari, mahalliy va chet ellar tasviriy san’at m ateriallaridan foyda- 
lanish mezoni, tarbiyaviy ishlaming mohiyati, mazm uni, m ak­
tabda tasviriy san’atdan beriladigan bilim va malakalarning didaktik 
talablari kabi o ‘quv-tarbiya tizimining eng dolzarb muammolari 
ilmiy jihatdan tahlil qilib beriladi.
138


Xullas, bugungi kunda m aktabda tasviriy san’atning o ‘qi- 
tilishi, m ashg‘ulotlarning takom illashtirib borilishi va darslar 
samaradorligiga erishishning qator metodik asoslari ishlab chiqilgan 
b o ‘lib, ular asosida maktab tasviriy san’at o ‘qituvchilari o ‘zlarining 
tasviriy san’at darslari samaradorligini oshirish imkoniyatlariga 
egadirlar.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin