B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi


MAKTAB TASVIRIY SAN’ATINING



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

4.4. MAKTAB TASVIRIY SAN’ATINING
DASTUR VA DARSLIKLARI
Tasviriy san’at dasturlari
Dastur — 
m a’lum bir fanning o ‘quv materiallarini o ‘z ichiga 
olgan, uni sistemali o ‘qitishda yordam beradigan metodik va nazariy 
mavzular va ulam ing m azm uni yoritilgan ilmiy qo‘llanmadir.
Dasturlar maktablarning boshqaruvchilari va o ‘quv fanining 
o'qituvchilari uchun m o ‘ljallanadi. D astur Davlat o ‘quv rejasidagi 
o ‘quv soatlari asosida o ‘qitiladigan fanning to ‘la m azm unini 
,,sistemalilik“ asosida o ‘qitish imkoniyatini bera oladigan davlat 
hujjati hisoblanadi.
D astur o ‘qitiladigan fan sohasidagi tajribali uslubchi olimlar 
va mutaxassislar tom oniaan tuziladi.
Respublikamizda mustaqillikka qadar fanlar Rossiya maktablari 
uchun tayyorlangan dasturlar asosida o ‘qitilar edi. Hozirgi kunda 
mahalliy va milliy m ateriallar asosida yangi dasturlar tuzildi, 
ular asosida o‘qitila boshlandi.
1990- yillarda R.Hasanov, B.Oripov, H.Egamov, N.Abdul- 
layev, S.Bulatovlar tom onidan bir necha variantdagi dasturlar 
tuzilgan edi. Lekin bu dasturlar bugungi kun talabiga javob bera 
olmay qoldi. H ar bir dasturga o'qituvchi ijodiy yondashishi, 
ya’ni mutaxassis-о ‘qituvchi materialni o ‘z sharoitiga moslashtirib, 
shunga mos ish rejasini tuzib olishi mumkin.
Tasviriy san’at darsliklari
M a’lumki, 70- yillargacha o ‘zbek maktablari uchun tasviriy 
san’at darsliklari b o ‘lmagan. 0 ‘zbekistonga R SFSR maktablari 
uchun tayyorlangan ayrim tasviriy san’at o'quv qo ‘llanmalarigina 
kelib turardi. R S F S R m aktablari u ch u n ham tasviriy san ’at 
darsliklari 60- yillardan boshlab yaratila boshlandi.
137


0 ‘zbekistonda darslik yaratishga ancha kech kirishildi. 1970- 
yildan boshlab, Q.‘zbekistonda tasviriy san’at bo ‘yicha dastlabki 
,,sinov“ darslildari yaratila boshlandi. R.Hasanov va AJilsovalar 
to m o n id an 1970- yili 1- sinflar u ch u n , 1974- yili 2- sinflar 
uchun, 1976- yili 3- sinflar uchun „Tasviriy san’a t“ darsliklari 
chop etildi. 1977- yilda R.Hasanov, B.Oripov, A.lsoxo‘jayevlar 
tom onidan 4- sinf uchun „Tasviriy san’a t“ darsligi yaratildi. Bu 
darsliklar bir necha bor qayta chop etildi. Darsliklar tasviriy 
san’at darslari samaradorligini oshirishda yaxshi natijalar beradi. 
M azkur darsliklar qoraqalpoq tilida ham nashr etildi. Darslik 
dastur asosida sistemali bilim berishni o ‘z oldiga vazifa qilib 
qo‘ygan. Bu darsliklardan o ‘quvchining o‘zi ham mustaqil foy- 
dalana olishi mumkin.
D arslik yozishning im koniyati bo'lm agan hollarda uning 
o ‘rniga o'quv qo'llanm alar ham yaratiladi.
Bulardan tashqari, 0 ‘zbekiston maktablari uchun R.Hasanov 
va H.Egamovlaming 1 - 4 - sinflar uchun bir qator o ‘quv qo‘l- 
lanmalari ham chop etildi.
M etodik q o ‘llanmalarda tasviriy san’atning o ‘qitilishidagi eng 
m uhim m uam m olar va masalalar turli nuqtayi nazardan tahlil 
etib beriladi. 0 ‘quvchilar bilimini baholash, tasviriy san’atning 
45 m inutli dars m ashg‘ulotlarini tashkil etish, o'tkazish, ularni 
sistemali takomillashtirib borish asosida dars va m ashg‘ulotlarni 
o ‘tkazish, ularda o'quvchilarga berilayotgan bilim va malakalari- 
ning sam aradorligiga erishishning eng zam onaviy uslublari, 
mohiyati va m azm uni ish tajribalari ilmiy tadqiqotlar asosida 
izohlab beriladi.
B undan tashqari, m etodik q o ‘llanm alarda tasviriy san ’at 
darslari uch u n o ‘quv-didaktik sharoitning yaratilishi, tasviriy 
san ’at ta ’lim ining pedagogik holati, o ‘quvchilar diqqatining 
psixologik asosi, o ‘quvchilar bilimini aniqlashning baho mezon- 
lari, mahalliy va chet ellar tasviriy san’at m ateriallaridan foyda- 
lanish mezoni, tarbiyaviy ishlaming mohiyati, mazm uni, mak- 
tabda tasviriy san’atdan beriladigan bilim va malakalaming didaktik 
talablari kabi o ‘quv-tarbiya tizimining eng dolzarb m uammolari 
ilmiy jihatdan tahlil qilib beriladi.
138


Xullas, bugungi kunda maktabda tasviriy san’atning o ‘qi- 
tilishi, m ashg‘ulotlarning takom illashtirib borilishi va darslar 
samaradorligiga erishishning qator metodik asoslari ishlab chiqilgan 
bo‘lib, ular asosida maktab tasviriy san’at o'qituvchilari o ‘zlarining 
tasviriy san’at darslari samaradorligini oshirish imkoniyatlariga 
egadirlar.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin