korlikka boshlaydi. 0 ‘quvchilar faolligini oshirish awalo o'qituv-
chining shaxsiy namunasi va ijodkorligiga bog‘liqdir. 0 ‘qituvchi
har bir mashg‘ulot uchun dars mavzusiga mos materiallar tanlaydi.
Shu boisdan o‘qituvehi
darsga puxta tayyorlanishi, zaruriy ko‘r-
gazma va didaktik materiallar tayyorlashi, tanlashi,
bu material-
lardan o‘rinli foydalanishi zarur. Xullas, o‘qituvchining faol va
ijodkorlik bilan ishlashi o‘quvchilaming darsga bo‘lgan qiziqish-
larini
oshiradi, o‘quvchilar tashabbusi va mustaqilligini ta’minlaydi.
Tasviriy san’atning har bir amaliy m ashg‘ulotida rasm
chiziladigan natura, obyekt, mavzuni o‘quvchining o ‘zi idrok
etishi, tasawuri bilan tahlil qilishi, olingan
taassurotlar asosida
rasm chizishi lozim. Buning uchun rasm chiziladigan narsa va
voqea haqida o‘qituvchi batafsil m a’lumot berishi, rasm chizish
yo‘llarini ilmiy asosda tushuntirib berishi lozim.
Masalan, ,,0 ‘lkamizda bahor“
mavzusida rasm chiziladigan
bo‘lsa, dars mashg‘ulotida o ‘qituvchi tuziladigan kompozitsiya
bo‘yicha suhbat o‘tkazadi. Bu suhbatda bahor fasli haqida umumiy
m a’lumot beradi. 0 ‘quvchilar bahor fasli haqidagi m a’lumotlar
asosida xomaki rasmlar chizadilar. So‘ngra bahor fasli haqida
o‘zlari xohlagan mavzu va sujet bo‘yicha ,,0 ‘lkamizda bahor“ ,
,,Shaftoligulladi“ , ,,0 ‘rik gulladi“, „Hovlimizda b a h o r „ T o g ‘da
bahor“ , „Bahorgi ishlar“ kabi mavzularda rasm chizadilar.
0 ‘qituvchi bolalami yanada qiziqtirish
uchun bahor faslining
asosiy elementlaridan namunalar ko‘rsatadi.
35- rasm. Bahor faslida erta uyg‘onadigan daraxtlar va
o'simliidar, ulaming shoxchalari.
10 — B.N.Oripov
145
0 ‘quvchilar kompozitsiya tuzish vaqtida bu elementlardan
foydalanib rasm chizadilar. 0 ‘quvchilar
faolligini oshirishda
o‘qituvchining qo'lda tayyorlagan ko‘rgazma materiali yaxshi
samara beradi.
Narsaning o‘ziga qarab rasm chizishda ko‘proq o ‘quvchilarga
yaxshi tanish narsalardan tanlanadi, ular haqida batafsil m a’lu-
motlar beriladi. Umuman, darsda o‘quvchilar
faolligini oshi-
rishning juda ko‘p vositalari va usullari mavjud. Bu o'qituv-
chining tashabbusi va izlanuvchanligiga bog‘liq tarzda yangi
uslublami qo‘llashi va darsga juda puxta tayyorlanishi jarayonida
yuzaga keladi. Bu o‘rinda yana shuni aytish joizki, mashg‘ulotlar
jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilaming har bir yutug‘ini rag‘bat-
lantirishi, o ‘quvchilaming kayfiyatini ko‘taruvchi barcha omfflar-
dan mohirona foydalanishi lozim.
Dostları ilə paylaş: