B o‘g‘im sindromi bilan kechadigan kasalliklarni qiyosiy tashhislash



Yüklə 204,13 Kb.
səhifə1/4
tarix09.04.2017
ölçüsü204,13 Kb.
#13699
  1   2   3   4


B o‘g‘im sindromi bilan kechadigan

kasalliklarni qiyosiy tashhislash

Turli etiologiyali shuningdek, tizimli yoki mahalliy xususiyatga ega bo‘lgan harakat-tayanch apparati kasalliklari aksariyat hollarda turg‘un yoki o‘tib ketuvchi bo‘g‘im sindromi bilan kechadi. Bo‘g‘im sindromiga sabab bo‘luvchi revmatik kasalliklar juda kam holatlarda o‘limning asosiy sababi bo‘ladi. Lekin ularning aksariyati ichki a’zolarni zararlanishi bilan kechib, bemorning ish qobiliyatini yo‘qolishiga, nogiron bo‘lib qolishiga va umrini qisqarishiga olib keladi. Ushbu guruh kasalliklar turli yosh, jins va irqdagi aholi orasida 20-45% hollarda uchraydi (1-jadval) va bemorlarning 6-10 % nogiron bo‘lib qoladi. Aksariyat bemorlar birinchi bor, bo‘g‘imlarda mahalliy yoki tarqalgan og‘riqlar bilan UAV ga murojaat qiladilar. Bo‘g‘im sindromi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘g‘im va (yoki) bo‘g‘im oldi to‘qimasi kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lishi, ayrim hollarda esa ruhiy xususiyatga ega bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda to‘g‘ri tashhis qo‘yish uchun UAV og‘riq xarakteri, paydo bo‘lish vaqti, sababi, davomiyligini aniqlashi hamda ushbu o‘zgarishlar bilan kechishi mumkin bo‘lgan kasalliklar va ularning asosiy belgilarini bilishi lozim.

1-jadval

Bo‘g‘im sindromini turli yosh va jinslarda uchrashi


YOshi, yil

Kasalliklar

Erkaklarda

Ayollarda

YAllig‘lanishsiz

YAllig‘lanishli

YAllig‘lanishsiz

YAllig‘lanishli

18-34

Jarohat/zo‘riqish

Belda og‘riqlar



Spondiloartro-patiyalar

Gonokokkli artrit

Podagra


Jarohat/zo‘riqish

Belda og‘riqlar



Gonokokkli artrit

Tizimli qizil volchanka



35-65

Jarohat/zo‘riqish

Belda og‘riqlar

Osteoartroz

Tunnel sindromi



Bursit

Podagra


Spondiloartro-patiyalar

Differensiya-lanmagan seronegativ poliartrit



Osteoporoz (menopauzadan keyin)

Beldagi og‘riqlar

Jarohat/zo‘riqish

Fibromialgiya

Tunnel sindromi

Osteoartroz

Reyno fenomeni


Bursit

Revmatoidli artrit

Differensiyalanmagan seronegotiv poliartrit

YOshlarda bo‘g‘im sindromi ko‘p hollarda yomon oqibatlarga olib keluvchi og‘ir patologik jarayonlarning, ya’ni immun o‘zgarishlar va tizimli kasalliklarning bir ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘lsa, katta yoshdagi bemorlarda bo‘g‘im va tog‘ay to‘qimalaridagi distrofik o‘zgarishlardan dalolat beradi. SHuning uchun shifokor e’tiborini faqat zararlangan bo‘g‘imni davolashga qaratmasdan, chuqur taqqoslama tashhis o‘tkazishi va bemordagi og‘riq sindromini baholashda mas’uliyat bilan yondoshishi kerak. Bo‘g‘im sindromi bilan kechuvchi keng tarqalgan kasalliklar va ularni tashhislash uchun lozim bo‘lgan laborator–asbobiy tekshirishlarni bilish, o‘z vaqtida tashhis qo‘yish va patogenetik davo olib borishga, ehtiyoj bo‘lganda, bemorlarni ixtisoslashtirilgan davolash muassasalariga (revmatologiya, onkologiya, urologiya, ortopediya va boshqalar) yuborishga yordam beradi.

Bo‘g‘imdagi og‘riqlar – tayanch-harakat tizimining birlamchi va ikkilamchi zararlanishida kuzatiladigan patologik simptomlardan biri bo‘lib, 100 dan ortiq turli kasalliklarda uchraydi. Ularni paydo bo‘lishi bevosita bo‘g‘im hosil qiluvchi tuzilmalar (sinovial qobiq, bo‘g‘im suyaklari, boylamlar) va preartikulyar to‘qimada joylashgan nerv oxirlarini ta’sirlanishi bilan bog‘liq. Faqat bo‘g‘im tog‘ayida nerv tolalari va tomirlar yo‘q va uni chegaralangan zararlanishi og‘riq bilan kechmaydi. Bo‘g‘imdagi og‘riqlarni yuzaga keltiruvchi sabablaridan biri artrozlardir. U barcha bo‘g‘im kasalliklarining 80 % ni tashkil etadi. Ular tog‘aydagi degenerativ o‘zgarishlar bilan boshlanib, qisqa vaqt ichida uning ostida yotuvchi suyaklarni, bo‘g‘im qobig‘ini, hatto sinovial o‘ram va mushaklarni qamrab oladi.

Bo‘g‘imlarni yallig‘lanishi - artritlar tarqalishi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi og‘riq sindromi bilan kechadigan kasalliklar guruhi xisoblanadi. Odatda ular asosida bo‘g‘im bo‘shlig‘i va sinovial qobig‘da (sinovit) joylashgan patologik jarayon yotadi. Bo‘g‘imda aniqlanadigan shishlar nafaqat sinovit tufayli, balki sinovial qobiqni va bo‘g‘im atrofidagi yumshoq to‘qimalarni yallig‘lanishi sababli xam yuzaga keladi. Artritlar infeksion, autoimmun yallig‘lanishlar, modda almashinuvining buzilishi, jarohat tufayli paydo bo‘lsa, ayrim hollarda uning sababini aniqlash imkoni bo‘lmaydi.

Bo‘g‘imdagi patologik jarayon boshqa a’zo va tizimlarning revmatik bo‘lmagan kasalliklari natijasida ham yuzaga kelishi mumkin. Bunda bo‘g‘im sindromi artralgiya va artritlar ko‘rinishida kechadi. U biriktiruvchi to‘qimani tizimli zararlanishi, modda almashinuvi va vegetativ nerv tizimining gormonal holatini buzilishi, toksik, allergik, toksiko - allergik mexanizmlar ta’sirida bo‘g‘im to‘qimasi sezuvchanligini jiddiy o‘zgarishi oqibatida rivojlanadi. Ularning joylashishi turlicha bo‘lib, asosiy kasallikka bog‘liq holda o‘ziga xos belgilarga ega bo‘ladi. Ular to‘g‘risida keyinroq alohida to‘xtalib o‘tamiz.

Quyida bo‘g‘im sindromi bilan kechuvchi amaliyotda tez-tez uchrab turadigan kasalliklar klassifikatsiyasi keltirilgan.



  1. Revmatizm (revmatik lixoradka).

  2. Biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklari (tizimliqizil volchanka (TQV), tizimli sklerodermiya (SSD), SHegren kasalligi, darmatomiozit (DM), diffuz fatsiit, biriktiruvchi to‘qimani aralash kasalliklari, revmatik polimialgiya va boshqalar).

  3. Tizimli vaskulitlar (tugunchali perearteriit, gemorragik vaskulit, Vegener granulomatozi va boshqalar).

  4. Revmatoid artrit (RA)( poliartrit, RA tizimli shikastlanish bilan, Felti sindromi).

  5. YUvinil artrit (yuvenil RA, Still sindromi, surunkali yuvenil artrit).

  6. Bexterev kasalligi.

  7. Spondiloartrit bilan birga kechuvchi artritlar (psoriatik artrit, Reyter kasalligi, ichakni nospetsifik kasalligida (NYAK, Kron kasalligi) kuzatiladigan artritlar).

  8. Infeksiyaga bog‘liq artritlar

A.Infeksiyali artritlar:

1. bakteriali (stafilokokk, streptokokk, gonokokk, brutsellyoz, zaxm, mikobakteriya: tuberkulez va boshqalar), Laym va Uippl kasalliklari;

2. virusli (qizilcha, epidparotit, suvchechak va boshqalar);

3. zamburug‘li;

4. parazitar;

B. Reaktiv artritlar:

1. enterokolitdan keyingi- iersinioz, salmanellyoz, shegellyoz va boshqalar;

2. urogenital (Reyter kasalligi va so‘zak (gonoreya));

3. burun halqum infeksiyasidan keyin;

4. emlashdan (vaksinatsiya) keyingi.

IX. Mikrokristalli artrit:

- podagra;

-xondrokalsinoz.

X . Osteoartrozlar:

1. deformatsiyalovchi osteoartroz (birlamchi va ikkilamchi);

2. spondilyoz, osteoxondroz, spondiloartroz.

XI. Bo‘g‘imlarning kam uchraydigan kasalliklari:

1. polisindrom revmatizm;

2. intermitterlanuvchi gidroartroz;

3. bo‘g‘im xondromatozi;

4. retsidivlanuvchi polixondrit;

5. o‘sma va o‘smaga o‘xshash kasalliklar (sinovial qobiq gemangiomasi, sinovioma, sarkoma, pigmentli vorsinka tugunli sinovit va boshqalar).



XII. Revmatik bo‘lmagan kasalliklardagi artropatiyalar:

1. allergik kasalliklar (dori va zardob kasalliklari);

2. metabolik buzilishlar (gemoxromatoz, amiloidoz, oxronoz, ksantomatoz, giperlipidemiya);

3. biriktiruvchi to‘qima metabolizmini tug‘ma nuqsoni (Marfan sindromi, mukopolisaxaridoz, gipermobillik sindromi);

4. endokrin kasalliklar (qandli diabet, akromegaliya, giperparatireoz, gipertireoz, gipotireoz);

5. asab tizimi kasalliklari (SHarko artropatiyasi, algoneyrodistrofiya, kompressiya sindromi, siringomieliya, elka- panja sindromi);

6.qon tizimi kasalliklari (gemofiliya, leykozlar, mielom kasalligi, yomon sifatli limfomalar);

7. paraneoplastik artropatiyalar (turli joylashuvdagi yomon sifatli o‘smalar);

8. kasb kasalliklari (vibratsiya kasalligi, silikoz– silikoartrit- Kaplas sindromi, Kesson kasalligi);

9. boshqa kasalliklar (surunkali faol gepatit, sarkoidoz, davriy kasallik, gipovitaminoz).



XIII. Bo‘g‘imdan tashqaridagi yumshoq to‘qima kasalliklari:

  1. mushak kasalligi (miozitlar);

  2. bo‘g‘im oldi to‘qimasi kasalligi (entezopatiyalar, tendinitlar, tendovaginit, tenosinovit, bursit, periartrit);

  3. fatsiya va aponevroz kasalligi (fassitlar, aponevrozitlar);

  4. teri osti yog‘ qatlami kasalligi (tugunchali eritema, og‘riqli lipomatoz, panikulitlar);

  5. poliosteoartromialgiya (psixogen revmatizm).

XIV. Suyak kasalliklari va osteoxondropatiyalar:

  1. suyak kasalliklari (osteoparoz, osteomalyasiya, gipertrofik o‘pkali osteopatiya, deformatsiyalovchi osteit, osteoliz);

  2. osteoxondropatiyalar (son suyagi boshchasini aseptik nekrozi, umurtqa pog‘onasi tanasini va boldir suyagi o‘siqlari osteoxondropatiyasi).

YUqoridagi klassifikatsiyadan ko‘rinadiki, bo‘g‘im sindromi bilan kechuvchi kasalliklar juda ko‘p va uni yana kengaytirish mumkin. Amaliyotda keng tarqalgan ushbu sindrom bilan murojaat qilgan bemorga to‘g‘ri tashhis qo‘yish, davolash va zaruriyat bo‘lganda, tegishli mutaxassislarga yo‘llanma berish uchun birlamchi tizimda ishlayotgan UAVdan chuqur bilim va tajriba talab etiladi.

Bo‘g‘im sindromi bilan kechuvchi kasalliklar to‘g‘risida ma’lumot berishdan oldin bo‘g‘im tuzilishi va faoliyati to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Anatomik tuzilishiga ko‘ra uch turdagi bo‘g‘imlar tafovit etiladi: sinartrozlar (harakatsiz), simfizlar (yarim harakatli) va diartrozlar (harakatchan).

SHifokorlar uchun diartrozlar, ya’ni bir-biridan to‘liq gialinli tog‘ay bilan ajratilgan, yuzasi fibroz kapsula bilan o‘ralgan bo‘g‘imlar ahamiyatli hisoblanadi. Bo‘g‘im kapsulasi tashqi (fibrozli) va ichki (sinovial) qavatlardan iborat. Fibroz qavat kollagen boylamlaridan tashkil topgan bo‘lib, sinovial qobiq bilan uzviy bog‘langan. U bo‘g‘imni tashqi muhit ta’siridan ximoya qiladi. Sinovial qobiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘g‘im bo‘shlig‘i bilan bog‘liq bo‘lib, qon tomirlari, limfa kapillyarlari va nerv tolalariga boy. U tarkibida qon plazmasidagi barcha elementlari mavjud bo‘lgan suyuqlik ishlab chiqaradi. Bu suyuqlik diffuziya yo‘li bilan bo‘g‘imning tog‘ay qismini oziqlantiradi va uning yuzasi ishqalanishini kamaytiradi hamda keraksiz moddalarni olib chiqadi.

Bo‘g‘im sindromi bir nechta simptom va sindromlarni birga kelishi bilan namoyon bo‘ladi. Bo‘g‘imdagi og‘riq ushbu guruh kasalliklarida birinchi va ko‘p uchraydigan simptomdir. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘g‘im va uning atrofidagi to‘qimalarda kechayotgan jarayonlar bilan bog‘liq yoki psixogen bo‘lishi mumkin. Tashhis qo‘yishda og‘riqni davomiyligi, paydo bo‘lish vaqti, xarakteri, nima bilan bog‘liqligi va qaysi simptomlar bilan birga kelishi ahamiyatlidir. Bo‘g‘imdagi shish uning kasalliklarida kuzatiladigan ikkinchi asosiy simptom bo‘lib, u sinovial qobiq va bo‘g‘im atrofidagi yumshoq to‘qimaning yallig‘lanishi yoki bo‘g‘im bo‘shlig‘ida suyuqlik yig‘ilishi tufayli yuzaga keladi. SHish, surunkali artritlarda sinovial qobiq va bo‘g‘im atrofidagi yumshoq to‘qima gipertrofiyasi, periartikulyar to‘qimadagi fibroz-sklerotik jarayon bo‘lib, bo‘g‘im shakli o‘zgarishiga, ya’ni defiguratsiyasiga olib keladi. Suyak oxirlarini destruksiyasi, ularni bir-biri bilan o‘sib ketishi, ankilozlar, yarim chiqishlar rivojlanishi hamda bo‘g‘im oldi mushak va biriktiruvchi to‘qimalar shikastlanishi hisobiga bo‘g‘im shaklini turg‘un o‘zgarishi, ya’ni bo‘g‘imlar deformatsiyasi rivojlanadi. Bo‘g‘im va uning atrofidagi to‘qima yallig‘lanishi shu soxadagi teri qoplami giperemiyasi va mahalliy gipertermiya (haroratni ko‘tarilishi) bilan birga kechadi. Patologik jarayon kechayotgan bo‘g‘imda harakatni chegaralanishi bo‘g‘im sindromining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Bo‘g‘im sindromi revmatik kasalliklarda bitta (monoartrit), ikkita (oligoartrit) va ko‘plab (poliartrit) ko‘rinishida, o‘tkir (3 oygacha), o‘tkir osti (3-6 oygacha), cho‘zilgan (9 oygacha) va surunkali (9 oydan ko‘p) kechishi mumkin.

Revmatik kasalliklarni tashhislashda yuqorida sanab o‘tilgan bo‘g‘im sindromiga xos belgilar bilan bir qatorda, teri – mushak tizimi va ichki a’zolarni shikastlanish darajasini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Quyida biz UAV faoliyatida ko‘p uchraydigan va bo‘g‘im sindromi bilan kechadigan kasalliklarga to‘xtalib o‘tamiz.



Revmatizm (o‘tkir revmatik isitma)

O‘tkir revmatik lixoradka (O‘RL) - A guruhidagi β-gemolitik streptakokkli o‘tkir infeksiyadan (angina, faringit) keyin rivojlangan asorat, asosan yurak qon-tomir tizimi (kardit), bo‘g‘im (ko‘chib yuruvchi poliartrit), bosh miya (xoreya) va teri (halqasimon eritema, revmatik tugunchalar) shikastlanishi bilan kechuvchi biriktiruvchi to‘qimaning toksik – immunli tizimli yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, ko‘proq moyilligi mavjud bo‘lgan 7-14 yoshdagi o‘smirlar orasida keng tarqalgan. Tashhislashda Kisel-Djons tomonidan taklif qilingan 1992 yilda Amerika kardiologlari uyushmasi tomonidan qayta ko‘rilgan va o‘zgartirishlar kiritilgan, Rossiya revmatologlari uyushmasi tomonidan 2003 yilda taklif etilgan tashhisiy mezonlar majmuasiga asoslaniladi (2- jadval).

2- jadval

O‘tkir revmatik isitmaningtashhisiy mezonlari


Katta mezonlar

Kichik mezonlar

A guruhidagi β-gemolitik streptokokkli infeksiya mavjudligidan dalolat beruvchi ma’lumotlar

A streptokokkli ekma musbatligi yoki musbat tez aniqlovchi A streptakokkli sinama

Antistreptokokkli ASL-O, anti- DNK antitelalar titrini yuqori bo‘lishi va oshib borishi

Kardit


Poliartrit

Xoreya


Halqasimon eritema

Teri osti revmatik tugunchalari



Klinik

Artralgiya

Lixoradka



Laborator


O‘tkir fazali sinamalar ko‘rsatkichini oshishi: ECHT, SRO, ASLO

Asbobiy

EKG da P-Q oralig‘ini uzayishi,dopler- ExoKG da mitral va (yoki) aortal regurgitatsiya


Agar ikkita katta mezon yoki bitta katta va ikkita kichik mezon hamda A guruhidagi β-gemolitik streptokokkli infeksiya o‘tqazganligini tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lsa, O‘RL rivojlanishi ehtimoli yuqoriligidan dalolat beradi.

Kardit O‘RLning asosiy sindromi (90-95%) bo‘lib, kasallikni og‘irlik darajasi va oqibatini belgilaydi. Uni negizini ko‘pincha mitral, kam hollarda aortal qopqoqlari valvuliti tashkil etib, yurak sohasida organik shovqinlar paydo bo‘lishi va uni mioperikardit bilan birga kechishi xosdir.

Revmatik poliartritni (60-100% hollarda kuzatiladi) tashhislashda quyidagilar muhimdir:


  • streptakokk infeksiyasi o‘tkazganligi bilan bog‘liqlik (1-2 xaftadan keyin);

  • yirik va o‘rta bo‘g‘imlarni (tizza, boldir-tovon, kam hollarda elka va tirsak) oligoartrit yoki monoartrit ko‘rinishida zararlanishi, ularni ko‘chuvchan xarakterda bo‘lishi va bir necha soatdan bir necha kungacha davom etishi;

  • NYAQV yaxshi samara berishi va bo‘g‘imlardagi o‘zgarishlarni izsiz yo‘qolishi;

Revmatik xoreya (kichik xoreya, Sidengam xoreyasi) 6-30% hollarda ko‘pincha yosh qizlarda kuzatiladi. Uning klinik ko‘rinishi quyidagi beshta sindromlar majmuasidan iborat: xoreyali giperkinezlar, mushak gipotoniyasi (paralichga o‘xshash mushaklar bo‘shashishi), koordinatsiyani buzilishi va tomir distoniyasi.

Halqasimon (annulyar) eritema 4-17% hollarda kuzatiladi. Och pushti rangdagi diametri bir necha millimetrdan 5-6 smgacha bo‘lgan halqasimon toshmalar tanada, oyoq va qo‘llarni proksimal qismida joylashadi. U ko‘chib yurish xususiyatiga ega bo‘lib, teri sathidan ko‘tarilmaydi, induratsiya yoki qichish bilan birga kechmaydi, qoldiq elimentlarsiz (pigmentatsiya, qipiqlanish, atrofik o‘zgarishlar) tez o‘tib ketadi.

Teri osti tugunchalari oxirgi yillarda juda kam - 1-3% hollarda kuzatilsada, o‘zini tashhisiy ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. U dumaloq, kam harakatchan, og‘riqsiz, turli hajmdagi hosila bo‘lib, bo‘g‘imlarni tashqi sohasida, to‘piq, pay, umurtqa pog‘onasi o‘siqlari ustida joylashadi va 2 -4 hafta ichida izsiz yo‘qoladi.

Revmatik anamnezga ega bo‘lgan (revmatik yurak nuqsoni mavjud) bemorlarda kasallik belgilari qayta paydo bo‘lishi O‘RL yangi qo‘zg‘alish davri deb qaraladi va bunday hollarda tashhis bitta katta va 3-4 ta kichik mezonlarga asoslanib qo‘yiladi.

O‘RL tashhisini qo‘yishda 2003 yilda Rossiya revmatologlari uyushmasi tomonidan taklif etilgan klassifikatsiya qo‘llaniladi (3- jadval).
3- jadval

O‘tkir revmatik lixoradka klassifikatsiyasi


Klinik shakllari

Klinik belgilari

Natija

QAE bosqichlari

Asosiy

Qo‘shimcha

SVK*

NYHA

O‘tkir revmatik lixoradka

Qayta revmatik lixoradka



Kardit

Poliartrit

Xoreya

Halqasimon eritema



Teri osti revmatik tugunchalari

Lixoradka

Artralgiya

Abdominal sindrom

Serozitlar



Tuzalish

YUrakni surunkali revmatik kasalligi



    • yurak nuqsonisiz**

    • yurak nuqsoni bilan***

0

I

II



II

III


0

I

II



III

IV


Izoh: SVT*- QAE ni N.D. Strajesko va V.X. Vasilenko bo‘yicha klassifikatsiyasi

** ExoKG yordamida yallig‘lanishdan keyingi yurak qopqoqchalari chetidagi fibroz o‘zgarishlar (regurgitatsiyasiz) aniqlanishi mumkin;

*** birinchi bor yurak nuqsoni aniqlanganda, bu holatga olib kelishi mumkin bo‘lgan barcha kasalliklar (infeksion endokardit, birlamchi fosfolipid sindromi, degeniratsiya negizidagi qopqoqchalar kalsinozi) inkor etilishi lozim.

Ushbu klassifikatsiyada kasallikning ikkita natijasi keltirilgan. Tuzalish - O‘RL ni barcha klinik belgilarni yo‘qolishi va laborator ko‘rsatkichlarni me’yoriga qaytishi hamda xech qanday asoratlar rivojlanmasligi nazarda tutilgan. O‘RL o‘tqazilgandan keyin yurak qopqoqchalari chetida fibroz o‘zgarishlar yoki nuqson (etishmovchilik va/yoki stenoz) rivojlangan hollarda surunkali revmatizm kasalligi tashhisi qo‘yiladi.

UAV so‘ngi yillarda revmatizm turg‘un surunkali, 2-3 ta, hatto bir bo‘g‘im zararlanishi yoki RAni eslatuvchi mayda bo‘g‘imlardagi proliferativ o‘zgarishlar hamda belgisiz sakroileit bilan kechayotganligini unutmasligi kerak. RAdan farqli o‘laroq, revmatizmda ertalabki qotib qolish, jarayonni simmetrikligi kuzatilmaydi va qonda revmatik omil aniqlanmaydi. Bundan tashqari, revmatizmni o‘rta va keksa yoshdagi erkaklarda tez-tez, har xil vaqt oralig‘ida qaytalanib turuvchi, bo‘g‘imlardagi o‘tkir yallig‘lanish noaniq etiologiyali polisindrom revmatizmda farqlash lozim. Bunda bir yoki bir nechta bo‘g‘im (ko‘proq tizza, keyin bilak - kaft yoki panja mayda bo‘g‘imlari) zararlanadi. Xuruj bir necha soatdan bir necha kungacha davom etib, keskin og‘riqlar va periartikular to‘qimalar shishi bilan kechadi, shuningdek bo‘g‘imlardagi jarayon to‘liq yaxshi bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Qonda eozinofiliya, limfotsitoz kuzatiladi.

Davolash. Revmatizni davolash uchta bosqichda olib boriladi, ya’ni shifoxona – OP (QVP) – sanator-kurort. SHifoxonada davolashda faol yallig‘lanishga qarshi muolajalar, bitsillin profilaktikani boshlash, bemor reabilitatsiyasi va uni jismoniy holatini nazorat qilishdan iborat. Keyingi bosqichda kasallik faolligi pasaygach bemor maxsus revmatologik sanatoriyaga yoki OP (QVP)da UAV nazorati ostida davolash davom ettiriladi. Zarurat bo‘lganda revmatolog maslahati o‘tqaziladi. Uchinchi bosqich bemorni muntazam dispanser nazoratida kuzatish, bitsillin profilaktikasini o‘tqazish va kasallikni qaytalanishini oldini olishdan iborat.

Dori vositalari bilan davolash

1. Etiotrop (streptokokka qarshi) davo:



      • kattalar va o‘smirlarga benzilpenitsillin 1.000.000 bir., yosh bolalarga esa 100.000-150.000 bir. kuniga 4 marta m/o 10 kun davomida. Keyin ikkilamchi profilaktika chora-tadbirlari olib boriladi;

      • penitsillin guruhidagi vositalarni bemor qabul qila olmasa, makrolidlar qo‘llaniladi: roksitromitsin bolalarga kuniga 5-8 mg/kg, katta yoshdagilarga 150 mg kuniga 2 marta yoki klaritromitsin bolalarga kuniga 7,5 mg/kg, katta yoshdagilarga esa 250 mg kuniga 2 marta ichishga tavsiya etiladi.

2. Patogenetik davo:

      • GKS kasallik og‘ir kardit belgilari bilan o‘tkir kechganda, faollik darajasidan kelib chiqib tavsiya etiladi. Prednizolon kuniga 1,0 mg/kg miqdorda kunning birinchi yarmida va ECHT me’yoriy ko‘rsatkichgacha pasaygandan keyin har 6-10 kunda uni miqdori ¼ tabletkaga kamaytirib boriladi. Davolash o‘rtacha hisobda 2-2,5 oy davom etadi;

      • YAQNV uncha yuqori bo‘lmagan faollik darajasida, GKS lar miqdori kamaytirilganda yoki berish to‘xtatilganda, qaytalangan revmatik lixoradkada qo‘llaniladi. Indometatsin 25-150 mg. kuniga 1-2 marta yoki voltaren 25 mg. kuniga 1-2 marta ovqatdan keyin.

Kasallik uzoq vaqt yoki to‘xtovsiz qaytalanuvchi kechganda, YAQNV bilan bir qatorda, aminoxinolin unumlari tavsiya etiladi. Delagil 0,25 g. yoki plakvenil 0,2 g.dan kuniga 1-2 marta ovqatdan keyin ichish buyuriladi. Davolash kursi bir necha oydan ko‘rsatmalar bo‘lganda yillargacha davom etadi.

Bemorda yurak nuqsoni rivojlanganda, kardioxirurg maslahati tavsiya etiladi. Agar gemodinamik o‘zgarishlar natijasida QAE rivojlansa simptomatik davo olib boriladi. Bu to‘g‘risida batafsil ma’lumot shish sindromini qiyosiy tashhislashga bag‘ishlangan ma’ruzada yoritilgan.



Yüklə 204,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin