Yodda tuting!
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga, mansabdor shaxslarga tazyiq o’tkazishga qaratilgan har qanday urinish, shuningdek yashirin diniy faoliyat qonun bilan taqiqlanadi.
|
O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko’ngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy o’quv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqalar) diniy tashkilotlar deb e’tirof etiladi.
Diniy tashkilot O’zbekiston Respublikasining o’n sakkiz yoshga to’lgan va O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashayotgan yuz nafardan kam bo’lmagan fuqarolari tashabbusi bilan tuziladi.
Diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari ruhoniylar va o’zlariga zarur bo’lgan diniy xodimlar tayyorlash uchun diniy o’quv yurtlari tuzishga haqli. Diniy o’quv yurtlari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro’yxatdan o’tkazilib, tegishli litsenziya olganidan keyin faoliyat ko’rsatish huquqiga ega bo’ladi. Diniy tashkilotlarni ro’yxatga oluvchi organlar:
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo’mitasi bilan kelishilgan holda
Diniy tashkilotlar amaldagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishlari shart. Dindan davlatga va konstitutsiyaga qarshi targ’ibot olib borishda, dushmanlik, nafrat, millatlararo adovat uyg’otish, axloqiy negizlarni va fuqaroviy totuvlikni buzishda, bo’hton, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalarni tarqatishda, aholi o’rtasida vahima chiqarishda hamda davlatga, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa xatti-harakatlarda foydalanishga yo’l qo’yilmaydi. Terrorizm, narkobiznes va uyushgan jinoyatchilikka ko’maklashadigan, shuningdek boshqa g’arazli maqsadlarni ko’zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar va boshqalarning faoliyati man etiladi.
Dostları ilə paylaş: |