Diniy tashkilotning faoliyati u o’zini o’zi tarqatib yuborganda yoki ushbu Qonunning, shuningdek O’zbekiston Respublikasi boshqa qonun hujjatlarining qoidalari buzilgan taqdirda tugatilishi mumkin.
Diniy tashkilotlar boshqa jamoat birlashmalari singari faqat qonun doirasida faoliyat ko‘rsatishi, jamiyat manfaatini ustunligi asosida ish olib borishlari shart, aks holda Konstitutsiyada ko‘zda tutilganidek, ularning faoliyati taqiqlanishi, cheklanishi yoki tarqatib yuborilishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 62-moddasiga ko’ra,
Diniy tashkilotlar df brcha jamoat tashkilotlariga qo‘llaniladigan chora, a) ularni tarqatib yuborish; b) faoliyatini taqiqlash; v) faoliyatini cheklashdir. Bu majburiy choralar davlat nomidan sud tomonidan qo‘llaniladi, boshqa hech qanday hokimiyat organlari bunday vakolatga ega emas.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 1. Jamoat birlashmalarining vazifasi va turlari qanday?
2. Yoshlar ommaviy tashkilotining tutgan o‘rni qanday?
3. Qanday jamoat birlashmalari tuzish mumkin emas?
4. Jamoat birlashmalarining faoliyati qanday qo‘llab-quvvatlanadi?
5. Diniy tashkilot va birlashmalarning o‘rni qanaqa?
6. Qanday holda jamoat birlashmalari faoliyati to‘xtatiladi, taqiqlanadi?
7. Davlat bilan jamoat tashkilotlarini munosabati nimalarga asoslanadi?
8. Jamoat birlashmalariga a'zo bo‘lish tartibi qanday?
9. Kasaba uyushmalarining vazifasi nimalardan iborat?
VIII mavzu. Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy maqomi
§ 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy maqomi nima va u qanday belgilanadi. 1990-yil iyun oyida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti to‘g‘risidagi Deklaratsiya”, 1990-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Qoraqalpog‘iston davlat suvereniteti to‘g‘risidagi Deklaratsiya”lar Qoraqalpog’iston Respublikasining huquqiy maqomini belgilab beruvchi hujjatlardir.