O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasiga ko’ra,
Suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining tarkibiga kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining suvereniteti O‘zbekiston Respublikasi tomonidan muhofaza etiladi
Konstitutsiyaning ushbu moddasi quyidagilarni anglatadi:
Qoraqalpog‘istonni suveren respublika ekanligini;
U O‘zbekiston tarkibiga kirganligini;
Qoraqalpog‘istonning suvereniteti O‘zbekiston tomonidan muhofaza qilinishini belgilaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy maqomi, suverenitetini belgilab beruvchi qoidalar O‘zbekiston ‘iston Konstitutsiyasining quyidagi normalarida belgilab berilgan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z Konstitutsiyasiga ega. Chunki Konstitutsiya har qanday davlatni suverenligini ko‘rsatuvchi asosiy shart hisoblanadi (Konstitutsiyaning 71-moddasi);
Qoraqalpog‘iston Respublikasining ‘z Konstitutsiyasini xalq xohish-irodasiga mos ravishda Qoraqalpog’iston Respublikasining Oliy hokimiyat organi qabul qilgan;
Qoraqalpog‘istonRespublikasi o‘z hududiga va chegarasiga ega;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududi va chegaralari uning roziligisiz o‘zgartirilishi mumkin emas. Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z ma'muriy to‘zilishi masalalarini mustaqil hal qiladi (Konstitutsiyaning 73-moddasi);
Qoraqalpog‘iston Resnublikasi o‘zini Oliy hokimiyat organlariga ega va ularni tashkil qilish o‘z Konstitutsiyasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘istonning suveren davlat ekanligini tasdiqlovchi eng muhim qoida “Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalqining umumiy referendumi asosida ajralib chiqish huquqiga ega”ligidir (Konstitutsiyaning 74-moddasi).
Yodda tuting!
Qoraqalpog‘iston Respublikasining ajralib chiqish huquqini mavjudligi xalq o‘z taqdirini o‘zi hal qilish imkoniyatiga egaligini ko‘rsatadi.
|
1993-yil 9-aprelda qabul qilingan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasining 1-moddasida, Respublika O‘zbekiston tarkibidagi suveren demokratik Respublika ekanligi ko‘rsatilib, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonning o‘zaro munosbatlarining asoslari, Qoraqalpog‘istonni O‘zbekiston tarkibidan ajralib chiqish huquqini saqlab qolganligi mustahkamlab qo‘yilgan.
Qoraqalpoq tili o‘zbek tili bilan birga davlat tili sifatida belgilangan.
Qoraqalpog‘iston Konstitutsiyasiga muvofiq quyidagilarga ko’ra O’zbekiston Respublikasidan mustaqil huquqlarga ekanligini ko’rsatib beradi:
Respublikaning qonun chiqaruvchi organi Jo‘qorg‘i Kengesini mavjudligi va uni qoraqalpoq xalqi tomonidan beovsita saylanishi;
Qoraqalpog‘iston Konstitutsiyasining 3-moddasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini uning o’zi mustaqil belgilash ko‘rsatilgan shu asosda Qoraqalpog‘iston Respublikasida eng yuqori lavozim – Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kenges Raisi deb belgilangan va u Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan, uning deputatlari orasidan, yashirin ovoz berish yo‘li bilan, Jo‘qorg‘i Kenges vakolati muddatiga saylanishi;
Qoraqalpog‘istonning oliy ijro organi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashi belgilanganligi va Vazirlar Kengashi Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan tuzilishi tartibini o‘rnatilganligi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sud hokimiyati tizimida Konstitutsiyaviy sud bo‘lishi nazarda tutilmagan va konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshiruvchi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi tashkil qilingan
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Prokurori va uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan lavozimiga tayinlanashi va vazifasini ozod qilish tartibi o‘rnatilgan.
Bulardan tashqari Oliy Majlis Senati Raisining bitta o‘rinbosari albatta Qoraqalpog‘iston vakili bo‘lishi kerakligi, o‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi Raisini lavozimi bo‘yicha kirishi Qoraqalpog‘iston huquqiy maqomi ko‘rsatuvchi xolatidir.
Yuqoridagilarga asosan Qoraqalpog’iston Respublikasining huquqiy maqomi quyidagi belgilardan kelib chiqadi:
Dostları ilə paylaş: |