B. T. Musayev, K. R. Aliyeva, B. Narimanov O‘zbekiston respublik-fayllar.org
§ 3. Xalq deputatlari Kengashi – hokimiyatining vakillik organi Mahalliy hokimiyat organlarining vazifalari Konstitutsiyada belgilangan bo‘lsa, ularning shu vazifalarini bajarish uchun zarur vakolatlari, Konstitutsiyaning 103-moddasi asosida qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunning 24-moddasida Xalq deputatlari Kengashining, 25-moddasida Hokimning vakolatlari alohida-alohida mustahkamlab qo‘yilgan.
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunda Xalq deputatlari Kengashi va hokimni vazifasi sifatida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasida aloqalarni ta'minlash, aholini hududlarni boshqarishga jalb etishni ta'minlash vazifasi belgilangan.
Xalq deputatlari Kengashlarining vakillik xarakterini ularning aholi tomonidan saylanishi, ularni tarkibida aholi xohish-irodasini aks ettiradigan, turli tabaqa vakillarining bo‘lishi ko‘rsatadi. Mahalliy Kengashlarga saylovlarni ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tishini belgilanishi saylovchilarda o‘zini o‘zi boshqarish organlarini ishtirok etishi vakillik xarakterini yanada kuchliroq, yaqqolroq aks ettirdi. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalashi va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylangan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda, amalga oshirishda ishtirok etishini ko‘rsak, ularni ishtiroki xalq deputatlari Kengashlarida vakillik xarakterini yanada yaqqolroq namoyon etadi.
Xalq deputatlari Kengashlari bitta yo‘l bilan – saylov orqali tashkil etiladi. Xalq deputatlari Kengashlariga saylov ko‘ppartiyaviylik asosida, bir mandatli saylov okruglarida, har besh yilda o‘tkaziladi. Bir saylov okrugidan bitta deputat saylanadi va ularning vakolati besh yil davom etadi.
Sessiyalar tegishli hokim, hokim yo‘qligida esa uning o‘rinbosarlarini biri tomonidan zaruratga qarab, lekan bir yilda kamida ikki marta chaqiriladi. Sessiyalar tegishli Kengash deputatlarining kamida uchdan ikki qismining tashabbusi bilan ham chaqirilishi mumkin.
Xalq deputatlari faoliyatining asosiy shakli (ish shakli) sessiya hisoblanadi.
Deputatnning huquqiy maqomini uning vazifalari, huquqlari va burchlari hamda ularning faoliyatini kafolatlari tizimi yig‘indisi belgilaydi. Deputatning huquqiy maqomi 2004-yil 2-dekabrdagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi qonun bilan tartibga solinadi6.
Deputat – bu tegishli tartibda saylanib, vakolatli saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosidir. Mahalliy Kengash deputatlari o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida bajaradi. Xalq deputatlari Kengashlari tizimi viloyat, tuman, shahar Kengashlaridan iborat bo‘lganligi sababli, deputatlar ham tegishlicha viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatlari bo‘ladi.
Deputat daxlsizlik huquqidan foydalanadi. Tegishli xalq deputatlari Kengashlarining roziligisiz deputat mazkur hududda jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma'muriy jazoga tortilishi mumkin emas.