172
Iqtisodiy siyosat - davlat umuman mamlakat, jamiyat va xalqning milliy
maqsadlariga erishishga qaratilgan. Bu umumiy maqsadlarga qisqartirish qiyin
bo'lgan maqsadlarning keng to'plami.
Iqtisodiy o„sishning intensiv omiliga mahsulot chiqarish miqyoslarini
kengaytirishga ishlab chiqarish vositalarini sifat jihatidan takomillashtirish, ya'ni
ilg‗or texnologiyalarni qo‗llash, ishchilar malakasini oshirish, shuningdek, mavjud
ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish orqali erishiladi.
Iqtisodiy xavfsizlik - mamlakat, hudud, firma, kompaniyaning iqtisodiy
inqirozga uchrash xavfidan himoya qilish boʻyicha koʻradigan chora-tadbirlari
majmui. Rivojlangan mamlakatlarda I.x.ni taʼminlash maqsadlarida yirik firma,
kompaniyalarda maxsus xizmatlar tashkil qilinadi. Ular bozorlarni oʻrganish, talab
va taklifni prognozlash, ilmiy-texni-ka taraqqiyotini kuzatish va b. ishlarni
bajaradilar (qarang
Marketing
). I.h.ni taʼminlashda mahsulot turini munta-zam
yangilab turish, raqobatdor mahsulotlarni i. ch., harajatlarni qisqartirish muhim
ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: