Uzoq muddatli iqtisodiy o’sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy
beqarorlik davrlari bilan uzilib turadi. Iqtisodiy o’sish ketidan doimo tanazzul kelib
turadi. Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o’zgartirib bo’lmaydigan ta’siri ostida
takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo’lishi va ularning iqtisodiyot
nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo’lishi holati iqtisodiyotning siklli
rivojlanishi deb ataladi.
Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan
boshlanib, birin-ketin bir necha fazalarni bosib o’tib, o’zining dastlabki holatiga qaytib
kelgunga qadar o’tgan davr tushuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir
sikl bilan to’xtab qolmaydi, balki u to’xtovsiz to’lqinsimon harakat sifatida davom
etadi. Siklli harakat iqtisodiy o’zgarishning muhim omili, makroiqtisodiy muvozanat
elementlaridan biri bo’lib, milliy xo’jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi
notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarning, iqtisodiy
taraqqiyotning almashuvini aks ettiradi.
Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy
rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Odatda
iqtisodiy siklning
inqiroz, turg’unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib
ko’rsatiladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o’tish
uchun sharoit yuzaga keladi.
Iqtisodiy siklning dastlabki fazasi
inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning
pasayishida ifodalanadi.
Inqirozdan keyin
turg’unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom etadi.
Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada, u inqiroz
boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo’ladi. Narxlarning pasayishi
to’xtab, ssuda foizlari pasayadi, tovar zahiralari barqarorlashadi. Biroq ishsizlikning
yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg’unlik fazasi davomida iqtisodiy faollik jonlanishi
uchun
sharoitlar
vujudga
kelishi
nihoyasiga
yetadi.
Dostları ilə paylaş: