3-MAVZU: IQTISODIY SIYOSATNI ISHLAB CHIQISHDA VOSITALAR
VA CHEKLOVLAR
Reja:
3.1. Demokratiya, saylash huquqi va siyosiy raqobat.
3,2, Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda ichki va tashqi cheklovlar.
3.3. Hukumat va iqtisodiy-siyosiy tsiklning o’rni.
3.1. Demokratiya, saylash huquqi va siyosiy raqobat.
O’zbekiston Respublikasi fuqarolarning eng muhim siyosiy huquqlaridan biri
davlat vakillik organlariga saylash va saylanish huquqidir ( Konstitutsiyaning 117-
moddasi). Fuqarolar ushbu huquq orqali davlat ishlarini boshqarishda bevosita
hamda o’z vakillari orqali davlarning eng muhim siyosiy masalalarini muhokama
qilish va hal etishda faol ishtirok etadilar ( Konstitutsiyaning 32-moddasi). Saylov
huquqi- fuqaroning saylovdagi ishtiroki, vakillik organlariga saylash va saylanish
kabi sub’ektiv huquqini ta’riflab berish uchun ishlatiladi.
Bu borada aktiv saylov huquqi bilan passiv saylov huquqini bir biridan farq
qilish kerak. Aktiv saylov huquqi fuqaroni saylash, vakillik organlarini saylashga
bevosita qatnashish huquqini bildiradi. Passiv saylov huquqi- saylanish huquqidir.
Professor A. Saidov ta’kidlashicha “Saylov huquqi” tushunchasi va ifodasi ikki
ma’noda ishlatiladi deb izohlaydi. Birinchisi, bu saylov huquqi saylab qo’yiladigan
davlat organlarini shakllantirishni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar tizimidir.
Saylov huquqlarini manbalari Konstitutsiya, davlatning oliy va mahalliy vakillik
organlariga saylovlar qonunlardir. Ikkinchisi, bu saylov huquqi fuqarolarning saylab
qo’yiladigan organlarini tuzishda qatnashish, ya’ni unga o’zlarining saylanish
(passiv saylov huquqi) va ularning tartibini saylash (faol saylov huquqi)
huquqlaridir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o’ttiz besh yoshdan kichik
bo’lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida o’n yil
O’zbekiston hududida muhim yashagan O’zbekiston fuqarosi saylanishi mumkin.
O’zbekistonning 25 yoshga to’lgan fuqarosi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
deputatiga yoki Senati a’zolariga saylanishi mumkin. Xalq deputatlari viloyat,
tuman va shahar Kengashlariga deputatlar saylovi umumiydir. Saylov kunigacha 21
yoshga to’lgan O’zbekiston fuqarolari saylanish huquqiga egadirlar.
Davlat organlari o’zining tuzilish tartibi jihatidan turli xususiyatlarga egadir.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq davlatning ba’zi organlari
saylanadi, boshqalari tuziladi. Davlat hokimiyati organlariga o’tkaziladigan
saylovlar demokratik asosda o’tkaziladi. O’zbekistonda ildiz otib borayotgan
demokratiya jahonda tan olingan demokratik an’analarni o’zida mujassamlashtiradi.
Bu demokratiya hech qanday milliy, irqiy va boshqa cheklashlarni bilmaydi. Shu
bilan birga, davlat organlarini saylash va tuzish tartibi ularning qaysinisining o’ziga
xos xususiyatlariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi davlat vakillik organlariga saylovlar O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov
to’g’risida”gi, “ O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida”gi, “ Xalq
deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov to’g’risida”gi va “
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasi to’g’risida”gi qonunlar
tashkil qilinadi va o’tkaziladi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq o’z oldiga
insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish vazifasini qo’ydi va bu vazifa
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasigada e’lon qilindi. Konstitutsiya
O’zbekiston-
suveren
demokratik
respublika
ekanligini,
O’zbekiston
Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanishini, ularga ko’ra,
inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy
qadriyat hisoblanishini mustahkamlab qo’ydi. Demokratik huquq va erkinliklar
Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi. Konstitutsiyada fuqarolarning
asosiy siyosiy huquqlaridan biri sifatida fuqorolarning jamiyat va davlat ishlarini
boshqarishda ishtirok etish huquqi nazarda tutilgan. Chunonchi, Konstitutsiyaning
32-moddasiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat
ishlarini boshqarishda bevosita hamda o’z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga
egadirlar. Bunday ishtirok etish o’zini- o’zi boshqarish, referendumlar o’tkazish va
davlat organlarini demokratik tarzda tashlik etish yo’li bilan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlab aytganidek, “
Demokratiya va saylov tushunchalari doimo yonma-yon yuradi, ular o’zaro birlashib
ketgan. Saylov – demokratiya degani. Demokratiya- saylov degani”. Shu sababli
saylovlarsiz demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini tasavvur qilib
bo’lmaydi. Saylov-bu fuqarolarning davlat hokimiyati vakillik organlarini,
shakllantirishdagi ishtirokini ta’minlovchi huquqiy vositadir. Saylov xalqning
irodasini ifoda etish shaklidir, uning natijasida davlat hokimiyatining vakillik
organlari shakllanadi. Saylov huquqining demokratik ekanligini va erkinligi
yangidan shakllantirilgan davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati sifatini
yaxshilashga bevosita ta’sir o’tkazadi.
Saylov huquqi har bir davlatda uning tarixiy an’analari, siyosiy tizim
xarakteri, elektorat xulqi va boshqalar bilan bog’liq bo’lgan o’z xususiyatlariga ega.
Shu bilan birga, demokratik davlatlarda saylov huquqi xalqaro-huquqiy hujjatlarda
ifodalangan va umume’tirof etilgan printsiplarga asoslanadi. Ular qatoriga saylov
huquqining umumiyligi va tengligi, yashirin ovoz- berish va boshqalar kiradi.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi saylov huquqining asoslarini
belgilab beradi. Konstitutsiyaning 117-moddasiga muvofiq, O’zbekiston
Respublikasi fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish
huquqiga egadirlar.
O’zbekiston Respublikasining o’n sakkiz yoshga to’lgan fuqarolari saylash
huquqiga egadir. Saylov kuni yigirma besh yoshga to’lgan hamda kamida besh yil
O’zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O’zbekiston Respublikasi
fuqarosi O’zbekiston Republikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati,
shuningdek, O’zbekiston Republikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi bo’lish mumkin.
Qaraqalpog’iton Republikasi Jo’qorg’i Kengesi deputatlari uchun yigirma besh
yoshga to’lganlik , xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashilari deputatlari
uchun esa yigirma bir yoshga to’lganlik talab etiladi.
Sud tomonidan muomilaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek, sud
hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi
mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar. Boshqa har qanday hollarda
fuqarolarning saylov huquqlarini to’g’ridan to’g’ri yoki bilvosita cheklashga yo’l
qo’yilmaydi. Saylov umumiy, teng va to’g’ridan –to’g’ri saylov huquqi asosida
yashirin ovoz berish yo’li bilan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasida saylovlar ko’p partiviylik qoida amalga
oshiriladi. Chunonchi, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov
to’g’risida”gi Qonunga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi (quyi palata) bir yuz ellik deputatdan iborat bo’ladi.
Qonunchilik palatasining bir yuz ellik deputatdan iborat bo’ladi. Qonunchilik
palatasining bir yuz o’ttiz besh deputati hududiy bir manfaatli saylov okruglari
bo’yicha ko’p partiyaviylik asosida saylanadi.
Qonunchilik palatasining o’n besh deputati O’zbekiston Ekologik harakatidan
saylanadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’I Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar
davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo’shma majlislarida
mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo’li bilan Qaraqalpog’iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda- olti kishidan
saylanadi.
Saylov huquqining kafolatlari tizimini yaratish alohida ahamiyatga ega.
Bugungi kunda bu kafolatlar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida,
konstitutsiyaviy qonunlarda va boshqa qonunlarda mustahkamlab qo’yilgan.
Konstitutsiyaning 117-moddasiga muvofiq, ovoz berish huquqi, o’z xohish irodasini
bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. Konstitutsiyaning mazkur
normasini tatbiq etish maqsadida 1994-yil 5-mayda “Fuqarolar saylov huquqlarining
kafolatlari haqidagi qoidalari rivojlantirildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Islom Karimov ta’kidlaganidek, “ Avvolo, fuqarolarimiz va saylovchilarimiz va
saylovchilarimizning o’z fikri va e’tiborini, xohish irodasini bildirishlari uchun
erkinlik va yana bir bor erkinlik hukmronligini, ommaviy axborot vositalari va
kuzatuvchilikga o’z huquq va burchlarini amalga oshirishda zarur imkoniyatlarni,
ta’minlash va yashirin ovoz berish sharoitini yaratib berishni, muxtasar aytganda,
demokratik norma va andozalarga so’zsiz rioya qilishni hayotining o’zi bizdan talab
etmoqda”.
2002-yil 4-aprelda qabul qilingan “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati
tashkil etilishining asosiy prinsiplari to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun xalqaro
huquqning umume’tirof etilgan printsiplari va normalari asosida inson huquq va
erkinliklari kafolatlarini ta’minlash hamda siyosiy hayotning, davlat va jamiyat
qurilishining barcha javxalarini izchil erkinlashtirishni milliy qonunchilikni
takomillashtirishga doir ishlarning asosiga qo’yilgan asosiy printsiplar, deb e’lon
qildi. O’zbekiston Respublikasida saylovchilar o’z xohish- irodasini erkin bildirish
va yashirin ovoz berish huquqiga egadir. Ayrim mamlakatlarda (Avstraliya, Belgiya,
Gretiya) saylovlarda ishtirok etish majburiydir, ya’ni fuqarolar saylovda ishtirok
etmaganlik uchun javobgarlikka tortiladi. Mamlakatimizda uchastka saylov
komissiyalari ovoz berishni maxsus ajratilgan binolarda tashkil etib, fuqarolarga
xohish-irodalarini erkin va yashirin ravishda bildirish imkoniyatini yaratadilar.
Saylovchilarning xohish-iroda bildirishlarini nazorat qilishga yo’l qo’yilmaydi.
Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 to’ladigan, tegishli saylov uchastkasi
hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilib turgan O’zbekiston
Respublikasining fuqarolari saylovchilar ro’yxatiga kiritilish huquqiga egadirlar.
Saylovchilarga uchastka saylov komissiyasining binosiga saylovchilar ro’yhati bilan
oldindan tanishib chiqish imkoniyati ta’minlanadi. Saylovchilar ro’yxatidagi xato va
noaniqliklar to’g’risida saylov komissiyalariga arz qilish huquqiga ega. Uchastka
saylov komissiyasi yigirma to’rt soat ichida bunday arizani ko’rib chiqishi hamda
xatoni tuzatishi yoki arizachiga uning arizasi tarzda rad etilganligi to’g’risidagi
ma’lumotnoma berishi shart. Butun saylov kampaniyasi keng oshkoralik asosida
o’tkaziladi. Tegishli saylov komissiyalarining saylov okruglari va uchastlarini
tuzish, saylov komissiyalarining tarkibi to’g’risidagi, shuningdek, deputatlikka
nomzodlarni ro’yhatga olish, ovoz berish, va saylov yakunlari haqidagi qarorlari
matbuotda e’lon qilinadi. Saylovchilar saylovda ishtirok etayodgan siyosiy
partiyalar va ayrim nomzodlarning kelgusi faoliyat dasturi bilan tanishish huquqiga
egadirlar.
Saylov kuni o’z turar joyida bo’lish imkonmiyatiniga ega bo’lmagan
saylovchilar oldinroq ovoz berish huquqiga egadirlar. Bunday hollarda tegishli
uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning talabiga ko’ra, belgilangan shaklda
bo’lgan, deputatlikka nomzodlar to’g’risida tegishli ma’lumotlar qayd etilgan saylov
varaqlarini beradi. Salomatligining holati yoki boshqa sabablarga ko’ra ovoz berish
binosiga kela olmaydigan saylovchilar uchastka saylov kommisiyasiga tegishli
iltimos bilan murojaat etish huquqiga ega. Komissiya ovoz berishni ana shu
saylovchilar turgan joyda tashkil etishi shart. O’zbekston fuqarolar saylov huquqlari
kafolatlari to’g’risidagi qonunchilikning xalqaro huquqning umume’tirof etilgan
normalariga muvofiqligi ta’minlangan. Bunda Birlashgan Millatlar Tashkilotining
xalqaro- huquqiy hujjatlari alohida o’rin egallaydi. Masalan, inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasining 21-moddasiga muvofiq, xalq irodasi davlat
hokimiyatining yashirin ovoz berish yo’li bilan yoki ovoz berish erkinligini
ta’minlaydigan boshqa teng qiymatli shakllar voitasida o’tkazilgan saylovlarda o’z
shaxsini topishi lozim. Shunday qilib, O’zbekiston Republikasida amal qilayotgan
saylov huquqining demokratik asoslari erkin va demokratik saylovlarning
mustahkam poydevor bo’lib, fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda,
davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirishda ishtirok etish huquqini
amalga oshirishdag xizmat qildi va
mamlakatning asosiy maqsadiga
erishish demokratik huquqiy davlat , kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishga
qaratilgandir.
Dostları ilə paylaş: |