B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish


 Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda ichki va tashqi cheklovlar



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/79
tarix19.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#117863
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   79
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish (1)

 
3.2. Iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda ichki va tashqi cheklovlar. 
Bozor qonunlari asosida rivojlanayotgan va davlat aralashuvi yuqori bo'lgan 
mamlakatlarning barchasida davlat erkin xalqaro ayirboshlash yo'liga ma’lum 
to‘siqlar qo‘yadi va bunday holat milliy manfaatlarni himoya qilish zarurligi 
bilan tushuntiriladi. Bularga mamlakat iste’mol bozorlarini himoyalash, ichki 
bandlikni osliirish, yangi tarmoqlami rivojlantirish va hokazolar kiradi. 
Iqtisodiy raqobatga bardosh bo'lgan davlatlar ham, bunday raqobatga 
chidamsiz davlatlar ham litsenziyalash va kvotalami o'rnatish, bojxona bojlari va 
tariflarni 
kiritish, 
mahsulot 
sifati 
va 
uning 
xavfsizligini 


ta’minlovchi stand artlarni o'rnatish hamda tashqi iqtisodiy faoliyatga ta’sir 
etuvchi 
boshqa 
bir 
qator 
vositalardan 
keng 
foydalanadilar, 
shu 
orqali o‘z tashqi iqtisodiy siyosatlarini yurgizadilar. 
Davlat tomonidan amalga oshiriladigan mamlakatning tashqi iqtisodiy 
faoliyati kundalik va strategik maqsadlarga muvofiq uning tashqi iqtisodiy 
siyosatiga asoslangan. 
Mamlakatning tashqi iqtisodiy siyosati deganda, boshqa mamlakatlar bilan 
iktisodiy aloqalarni rivojlantirish va tartibga solishga qaratilgan faoliyat tushuniladi. 
Hozirda 
tashqi 
iqtisodiy 
faoliyatni 
davlat 
tomonidan 
tartibga 
solish siyosatida ikki yo'nalishi bor: 
1)erkinlashtirish; 
2) 
proteksionizm. 
Ichki 
bozorni 
xorijiy 
raqobatdan 
himoyalashga 
qaratilgan iqtisodiy siyosat proteksionizm deyiladi. 
Erkinlashtirish -davlatning tashqi savdoda iqtisodiy va ma’muriy to‘siqlarni 
kamaytirishga qaratilgan iqtisodiy siyosatidir. 
Erkinlashtirish va proteksionizm siyosati dunyodagi har qanday davlat uchun xos. 
Hozirgi paytda tashqi savdoni erkinlashtirishga moyillik kuzatilayapti. Bu jarayon 
uch xil ko‘rinishda amalga oshirilayapti: 
- alohida mamlakatlar o'rtasidagi o‘zaro savdoda; 
yagona 
bojxona 
ittifoqiga 
kiruvchi 
alohida 
davlatlar
o'rtasida; 
tariflar va savdolar Bosh bitimi (GATT). Savdo va rivojlanish bo'yicha BMTning 
konferensiyalari (YuNKTAD), BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (EIK) 
doirasida ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida amalga oshiriladi. 
Tashqi iqtisodiy siyosat bu milliy joriy va strategik maqsadlarga muvofiq 
tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasida davlat idoralari tomonidan amalga 
oshiriladigan chora tadbirlar yig‘indisidir. 
Tashqi iqtisodiy siyosatning makon jihati jahon va mamlakat iqtisodiyotiga 
ta’sir ko'rsatishning asosiy yoiialishlari bo'yicha davlatning harakatlarini belgilaydi. 
Ushbu belgiga binoan davlatning tashqi iqtisodiy siyosati tarkibiga tashqi savdo 
siyosati, tashqi investitsiya siyosati, valuta siyosati, bojxona siyosati kiradi
Davlatning tashqi savdo siyosati xalqaro darajada tovarlar, ishlar, xizmatlar, 
axborotlar, intellektual faohyat natijalari bilan amalga oshiriladigan ayirboshlashni 
qamrab oladi va eksport va import siyosat lari birgalikda tashqi savdo 
siyosatini tashkil etadi. 
Tashqi savdo bo‘yicha davlatning eksport siyosati, deganda mamlakatning 
raqobatbardosh tovarlar, xizmatlar va intellektual mulldami jahon bozorida sotishga 
va ushbu tovarlami ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga yonaltirilgan chora-
tadbirlar 
tushuniladi. 
Eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirishda davlat byurtmalari. budjetdan 
moliyalash, imtiyozli kreditlar berish. 
Tashqi savdo bo‘yicha davlatning import siyosati, deganda mamlakatga 
xarijdan tovarlar,ishlar, xizmatlar va intellektual mulklarni kelinishini tartibga 
solishga 
yo'naitirilgan 
choratadbirlar 
tushuniladi. 
Bunday 
tartibga 


solishning vositasi sifatida respublika iqtisodiyotini himoya qilish maqsadida 
importni 
to'g'ridan 
to'g'ri 
cheklash 
hisoblanadi. 
Bunda 
litsenziyalash 
va kontingentlash, importga oid antidemping va kompensatsiya bojlari, eng kam 
import narxlari tizimi va hokazolar qo'llaniladi. 
Tashqi investitsiya siyosati xorijiy investitsiyalarini mamlakat hududiga jalb 
etish va ulardan foydalanish hamda milliy investitsiyalarini xorijga olib chiqishni 
tartibga solishga doir chora-tadbirlar majmuidan iborat. 
Valuta siyosati davlat va xalqaro valuta moliya tashkilotlari tamonidan 
amalga oshiriladigaa valuta munosabatlari sohasidagi iqtisodiy choralar hamda 
tashkiliy shakl va usullar yig'indisini tashkil etadi. 
Valuta siyosati davlatning valuta mablag'laridan maqsadli foydalanish bo'lib. 
valuta mablagiarini shakllantirish va ishlatishining asosiy yo'nalishlarini hamda 
bunday mablag‘lardan samarali foydalanishga yo'natirilgan chora-tadbiriami 
ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi. 
Valuta siyosatining amal qilish sohasi bo'lib valuta bozori, qimmatbaho 
metallar va toshlar bozori hisoblanadi.Davlatning valuta siyosati diskont va deviz 
siyosatlariga bo'linib, moliya tizimining bir maromli faoliyatini va mamlakat to'lov 
balansi muvozanatini ta’minlash kabi vazifalarni qamrab oladi. 
Diskont siyosati investitsiyalar harakatlarini tartibga solish va to‘lov 
majburiyatlarini muvozanatlashtirish, valuta kursini taxminiy tuzatish uchun 
foizning hisob stavkasidan foydalanish bo'yicha chora-tadbirlar tizimini o'z ichiga 
oladi. Ushbu siyosat pul talabi holatiga, narx dinamikasi va darajasiga, pul massasi 
hajmiga, 
qisqa 
muddatli 
investitsiyalar migratsiyasiga ta'sir ko'rsatishda namoyon bo'ladi. 
Deviz siyosati valuta intervensiyasi va valuta cheklashlari yordamida valutani 
xarid qilish va sotish bilan valuta kursini tartibga solish tizimi hisoblanadi. 
Valuta intervensiyasi
Markaziy bankning xorijiy valutaning oldi sotdisi bo'yicha maqsadli 
operatsiyalari bo'lib, u milliy valuta kursi dinamiksini uni oshirish yoki 
pasaytirishning muayyan chegaralari bilan cheklash maqsadini ko'zlaydi. Valuta 
cheklashlari milliy va xorijiy valuta, oltin va hokazolarga doir operatsiyalarni 
tartibga soladigan iqtisodiy, xuquqiy, tashkiliy chora-tadbirlar majmuyidan iborat. 
Ishchi kuchining tashqi migratsiya siyosati ishchi kuchi eksporti siyosati va 
ishclii kuchi impoiti siyosatlariga bo'linadi. 
Ishchi 
kuchi 
eksporti 
siyosati 
deganda 
bir 
mamlakat hududidan ikkinchi bir mamlakatga ishchi kuchining ko'chishi uchun 
qulay sharoit yaratish yoki taqiqlash borasidagi davlat tomonidan amalga 
oshiriladigan choratadbirlar yig'indisi tushuniladi. Ishchi kuchini eksport qilish 
natijasida mamlakatda ishsizlik darajasini kamaytirish va mamlakatga qo'shimcha 
valuta 
daromadlarini 
paydo 
qilish 
imkoniyati 
yuzaga 
keladi. 
Ishchi kuchi import siyosati, deganda mamlakatga xorijdan ishchi kuchining kirib 
kelishi uchun qulay sharoit yaratish yoki to'siqlar qo'yish borasidagi davlat 
tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yig'indisi tushuniladi. 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin