savdoni erkinlashtirishga moyillik kuzatilayapti. Bu jarayon uch xil ko‘rinishda
amalga oshirilayapti:
- aloliida mamlakatlar o'rtasidagi o‘zaro savdoda;
- yagona bojxona ittiloqiga kiruvchi alohida davlatlar o'rtasida;
- tariflar va savdolar Bosh bitimi (GATT). Savdo va rivojlanish bo'yicha
BMTning konferensiyalari (YuNKTAD), BMTning Yevropa iktisodiy komissiyasi
(EIK) doirasida ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida amalga oshiriladi. Tashqi
iqtisodiy siyosat - bu milliy joriy va strategik
maqsadlarga muvofiq tashqi
iqtisodiy munosabatlar sohasida davlat idoralari tomonidan amalga oshiriladigan
chora-tadbiriar yig‘indisidir.
Tashqi iqtisodiy siyosatning makon jihati jahon va mamlakat iqtisodiyotiga
ta’sir ko'rsatishning asosiy yoiialishlari bo'yicha davlatning harakatlarini belgilaydi.
Ushbu belgiga binoan davlatning tashqi iqtisodiy siyosati
tarkibiga tashqi savdo
siyosati, tashqi investitsiya siyosati, valuta siyosati,bojxona siyosati kiradi.
Davlatning tashqi savdo siyosati xalqaro darajada tovarlar, ishlar, xizmatlar,
axborotlar, intellektual faohyat natijalari bilan amalga oshiriladigan ayirboshlashni
qamrab oladi va eksport va import siyosat lari birgalikda tashqi savdo
siyosatini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: