- mamlakatning hududiy va iqtisodiy yaxlitligiga xavf soluvchi omillarning oldini
olish. Bu omillar mamlakat hududlari rivojlanishi va aholi turmush darajasidagi
farqlaming kattalashib ketishi tufayli vujudga keladi. Mamlakatning hududiy va
iqtisodiy yaxlitligini ta’minlash uchun birinchidan, yagona iqtisodiy makonni
tashkil etish maqsadida pul va bank tizimini mustahkamlash, moliyaviy va savdo
infratuzilmasini
rivojlantirish;
ikkinchidan,
hududlaming
ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish darajalarini bir-birlariga yaqinlashtirishga qaratilgan oqilona
hududiy siyosatni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ushbu shart-sharoitlarni yaratish asosida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash
mexanizmining asosiy elementlari huquqiy baza, boshqarishning iqtisodiy uslublari
hamda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish hisoblanadi.Iqtisodiy
xavfsizlikni
ta’minlashning huquqiy bazasini 0‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi va boshqa qonunlar tashkil etadi. Endilikda esa «Xavfsizlik
to'g'risida»gi
qonunni
qabul
qilish
lozim bo'ladi.Davlat iqtisodiyotini tartibga solishning quyidagi yo'nalishlarida ham
faoliyat yuritiladi:
- iqtisodiyotdagi jarayonlarni obyektiv, keng qamrovli monitoringi, shu jumladan,
shaxs, davlat va jamiyatning muhim hayotiy manfaatlariga ichki hamda tashqi
tahdidlarni aniqlash va prognozlashtirish uchun axborotlar bazasini yaratish;
- iqtisodiy manfaatlarga tahdidlaming oldini olish va salbiy oqibatlarini yengish
hamda barham berish bo'yicha jarima va uzoq muddatli chora-tadbirlar kompleksini
ishiab chiqish. Bunda davlatning iqtisodiy xavfsizlik strategiyasini amalga oshirish
bo'yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish chora-tadbirlarining
natijalari baholanadi.Davlatning iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash bo'yicha faoliyati
quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi hamda davlatning barqarorligiga xavf
tug'diruvchi omillarni aniqlash va monitoring qilish;
- ushbu omillarning zararli, salbiy ta’siriga barham berish yoki yumshatishga
qaratilgan
iqtisodiy
siyosatni
shakllantirish
va
institutsional
o'zgarishlami amalga oshirish.
Dostları ilə paylaş: