12.3. Ichki ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda erishilgan natijalar
istiqbol yo’nalishlari.
12.1. Iqtisodiy xavfsizlikning namoyon bo’lish shakllari.
Iqtisodiy xavfsizlik - mamlakat, hudud, firma, kompaniyaning iqtisodiy
inqirozga uchrash xavfidan himoya qilish boʻyicha koʻradigan
chora-tadbirlari
majmui. Rivojlangan mamlakatlarda I.x.ni taʼminlash maqsadlarida yirik firma,
kompaniyalarda maxsus xizmatlar tashkil qilinadi. Ular bozorlarni oʻrganish, talab
va
taklifni prognozlash, ilmiy-texni-ka taraqqiyotini kuzatish va b. ishlarni
bajaradilar. I.h.ni taʼminlashda mahsulot turini
munta-zam yangilab turish,
raqobatdor mahsulotlarni i. ch., harajatlarni qisqartirish muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiy xavfsizlik milliy iqtisodiyot darajasida makroiqtisodiy kategoriya
va muayyan mamlakat milliy
iqtisodiyotini tavsiflaydi, bozor tizimida xatar
borligidan va bundan hatto milliy iqtisodiyot ham xoli boʻlmasligini,
undan
saqlanish zarurligini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: