B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish


 Tashqi savdo siyosatini faollashtirish yo’llari



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/79
tarix19.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#117863
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish (1)

 
13.3. Tashqi savdo siyosatini faollashtirish yo’llari. 
Biror mamlakatning tashki iktisodiy faoliyatga bevosita va bilvosita 
aralashuvi jarayoni eksport va import xajmi va tarkibiga ta`sir ko`rsatish orkali ichki 
bandlilikni ta`minlash, iktisodiy o`sishga erishish, makroiktisodiy barkarorlikni 
ta`minlash, to`lov balansini yaxshilash xamda valyuta kursini tartibga solish 
maksadlarini ko`zda tutadi. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan bunday tadbirlar 
savdo siyosati deb yuritiladi. Savdo siyosati – byudjet-solik siyosatining tashki 
savdo xajmlarini soliklar, subsidiyalar, valyuta nazorati va import yoki eksportni 
to`gridan-to`gri cheklashlar orkali tartibga solishni o`z ichiga olgan nisbatan 
mustakil yo`nalishidir. 
Tashki savdoni cheklash borasida olib borilayotgan xar kanday chora-
tadbirlar kiska muddatli samara beradi. Uzok davrda esa, fakat erkin savdogina 
iktisodiy resurslarni samarali joylashtirish imkonini beradi. SHuning uchun xam 
ko`pgina mutaxassis-iktisodchilar mamlakat iktisodiyoti va axolisi turmush darajani 
yaxshilash uchun erkin tashki savdo siyosati foydalirok, chunki, tashki savdoni 
cheklashga nisbatan uni erkinlashtirish iktisodiy resurslardan samarali 
foydalanishga ko`prok imkoniyat yaratadi, deb xisoblashadi. 
Garchand, erkin savdo jaxon iktisodiyoti nuktai nazaridan foydali bo`lishi 
mumkin bo`lsada, ammo aloxida olingan mamlakat iktisodiyoti manfaati nuktai 
nazaridan erkin savdo xamma vakt xam foydali bo`lavermaydi. 
Tashki savdoni cheklash usullarining 50 dan oshikrok turi mavjud. Ularning 
ayrimlari davlat gaznasini to`ldirishga yo`naltirilgan bo`lsa, ba`zilari umuman 
importni cheklashga va yana boshkasi esa eksportni cheklashga yoki 
ragbatlantirishga yo`naltirilgan. Amaliyotda tashki savdoni tartibga solishning ta`rif 
va nota`rif usullaridan foydalaniladi. 
Ta`rif usullariga import va eksport 
bojlarini joriy kilish kirsa
, nota`rif 
usullariga eksporterlar va ishlab chikaruvchilarga subsidiyalar berish, kvotalash, 
litsenziyalash kabilar kiradi. Bojxona bojlari avvalo import bojlari va eksport 
bojlariga ajraladi. Import bojlari davlat byudjetini to`ldirish maksadida va ichki 
bozorlarga tushadigan chet el tovarlari okimini tartibga solish uchun belgilanadi. 
eksport bojlari mamlakat ichida talab ko`p bo`lgan maxsulotlar takchilligining oldini 
olish maksadida belgilanadi 

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin