Tashqi savdo — bir mamlakatning boshqa mamlakat yoki mamlakatlar bilan
olib boradigan savdosi. Mamlakatdan tovarlar chikarish (eksport) va mamlakatga
tovarlar kiritish (import)dt tashkil topadi. Eksport va import yigʻindisi
mamlakatning Tashqi savdo aylanmasini tashkil etadi. Mamlakatlar oʻrtasida
savdosotiqnint rivojlanishi ikki tomonlama foyda olish imkonini beradi.
Tashqi savdo mamlakatlararo iktisodiy munosabatlarning eng oddiy va eng
kad. shaklidir. Kds. Misr, Yunoniston va Rim quldorlik tuzumi davridayoq boshqa
mamlakatlar bilan ikki tomonlama savdosotiq munosabatlarini amalga oshirgan.
Insoniyat tarixida birinchi marta Sharq va Gʻarb dunyosini bir-biri bilan bogʻlagan
Buyuk Ipak puli kitalararo savdoni yoʻlga qoʻydi. Bu yoʻl hozirgi Oʻzbekiston
hududida joylashgan shaharlarda savdosotiqning keng kuloch yoyishiga olib kelgan
edi.
T.sning rivojlanishiga Buyuk geografik kashfiyotlaraan soʻng yangi dengiz
yoʻllarining ochilishi kuchli turtki boʻldi. Ayniqsa, sanoat, mashinalashgan ishlab
chiqarish. xalqaro xoʻjalik aloqalarini yanada rivojlantirib yubordi. Yangi tarmoklar,
ishlab chiqarish. turlarining paydo boʻlishi, mehnat unumdorligining oshishi ishlab
chiqarilgan mahsulotlarning ichki isteʼmoldan tashqari qismini chet ellarga
chiqarish va sotish imkonini berdi. Ayni paytda kupchilik mamlakatlarda xom ashyo
resurslariga ehtiyoj keskin oshdi. Natijada tashqi oldisotdi harakatlarini amalga
oshirishni uygunlashtiradigan xalqaro bozor qaror topdi.
Tashqi savdoning rivojlanishi asosida xalqaro mehnat taqsimoti va D. Rikardo
asoslab bergan qiyosiy ustunlik qoidasi yotadi. Bu kridaga koʻra alohida
sharoitlarning mavjudligi, xususan, qulay geografik joylashuv, noyob tabiiy
resurslar ayrim mamlakatlarga tovar va xizmatlarning ayrim turlarini i. ch.da
muayyan ustunliklar beradi. Mamlakat oʻzining qiyosiy ustunligidan foydalanib
ayrim tovar turlarini ishlab chiqarish.ga ixtisoslashadi, mahsulotlarini boshqa
mamlakatlarga ham sotish maqsadida katta miqdorda va yuqori sifatda ishlab
chiqarish.ga xarakat qiladi. Bunday tovar va xizmatlarni uzlarida ishlab
chiqarmaydigan boshqa mamlakatlar, ishlab chiqarganda ham ularga ketadigan
sarfxarajatlarning nisbatan yuqoriligini hisobga olib, tashqaridan tovar va
xizmatlarni kiritish yoʻlini tutadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi jahonning 140 dan ortiq mamlakatlari bilan
savdosotiq aloqalarini amalga oshirmoqda. 2003-yilda Oʻzbekistonning tashqi
savdo aylanmasi 6,7 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Bu koʻrsatkich 2002-yilga
nisbatan 17,3% kupdir. Uning Tashqi savdoda jahonning iqtisodiy rivojlangan
mamlakatlari hissasi ortib bormoqda. Oʻzbekiston savdo aylanmasining 62% uzoq
xorij mamlakatlariga, 38% esa MDH mamlakatlari hissasiga toʻgʻri kelmoqda.
Oʻzbekistonning hozirgi asosiy savdo hamkorlari — Buyuk Britaniya,
Germaniya, Yaponiya, Shveysariya, AKSH, Janubiy Koreya, Rossiya, Italiya,
Niderlandiya, Belgiya, Turkiya, Fransiya, Xitoy va boshqa davlatlar. Respublika
Tashqi savdoning 60%dan ziyodrogʻi Yevropaga, 33% Osiyo, 6,5% Amerika qitʼasi
mamlakatlari hissasiga toʻgʻri keladi (2003). Tashqariga tovar chiqarish tarkibida
mashina va asbobuskunalar, rangli metallar va energiya vositalari oʻrin olmoqda.
Asosiysi — Oʻzbekistonning Tashqi savdoda faqat xom ashyo vositalari bilan
qatnashuviga barham berilmoqsa, eksport tarkibi sezilarli kengaymoqda.
Rivojlangan mamlakatlar bilan savdo aloqalari chetdan qoʻshimcha
moddiymoliyaviy resurslarni jalb kilish, ishlab chiqarish.ga ilgor texnika va
texnologiyani joriy etish, ichki isteʼmol bozorini turlituman keng xalq isteʼmoli
tovarlari bilan toʻldirish, xizmat koʻrsatish sohasida xorij tajribasidan foydalanish,
qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratihda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xalqaro savdoni tartibga solishda eng ko`p ko`llaniladigan usul bo`lib tarif,
ya`ni importga solinadigan bojxona boji xisoblanadi.
Importga tariflarning maxsus va advalar turlari o`zaro farklanadi. Maxsus
bojlar import kilinayotgan tovarlar birligiga nisbatan o`rnatiladi. Masalan, 1 barel
neftga nisbatan 2 evro. Advalar bojlar import kilinayotgan tovar kiymatiga nisbatan
ma`lum foiz tarikasida belgilanadi. Masalan avtomobil xarid narxining 40%.
Xar ikkala turdagi import tariflarning okibatlari deyarli bir xil bo`lib, buni biz
kuyidagi grafik vositasida ko`rib chikamiz.
Aytaylik, import tariflari joriy kilingunga kadar ichki ishlab chikarish xajmi
S1, ichki talab xajmi esa D1 teng bo`lgan. Talab va taklif o`rtasidagi fark (D1-S1)
import xisobiga koplangan. Mamlakat iktisodiyoti yopik bo`lganida
baxolar darajasi
Re ga teng
, talab va taklif muvozanati esa E nuktada o`rnatilgan bo`lar edi.
Mamlakat iktisodiyoti ochik bo`lgani va importga cheklovlar yo`kligi tufayli milliy
bozordagi narxlar jaxon bozori narxlari Rw bilan bir xil. Importga tarif joriy kilinishi
natijasida ichki baxolar Rw dan Rd ga kadar ko`tariladi.
Tariflar joriy kilingunga kadar bulgan import tovarlar okibatda ite`molchilar
ma`lum bir yo`kotishlarga duch keladilar. Bu yo`kotishlar grafikda a,b,c,d soxalar
bilan ko`rsatilgan. Baxolarning ko`tarilishi ilgari rakobatbardosh bo`lmagan ayrim
ichki ishlab chikaruvchilar uchun xam foyda ko`rib ishlashga imkon beradi.
Umuman shu soxada band milliy ishlab chikaruvchilar ishlab chikarish xajmini S1
dan S2 ga kadar oshiradi va S2-S1 xajmdagi maxsulot Pd baxoda sotiladi. SHu
xajmdagi maxsulotni iste`molchilar oshirilgan narxda sotib oladilar va a soxaga teng
yo`kotishga duch keladilar. Ammo, bu yo`kotish ichki ishlab chikaruvchilarning
o`sgan foydasiga aylanadi.
Baxolarning o`sishi okibatida iste`molchilar ko`rilayotgan tovar iste`moli xajmini
D1 dan D2 kadar kiskartiradi. Bu yo`kotish grafikda d soxa bilan ko`rsatiladi va u
xech kimning foydasi bilan koplanmaydi.
S2- D2 oralik tarif joriy kilingandan so`ngi import xajmi bo`lib, shu xajmda tovarni
iste`molchilar ilgarigidan yukori baxoda sotib oladilar. Buning natijasida ular
turmush darajasidagi yo`kotish ro`y beradi. Bu yo`kotish grafikda s soxa bilan
belgilangan bo`lib, u davlat byudjetiga borib tushadi. YA`ni, bu soxadagi
iste`molchilarning yo`kotishi davlatning foyda ko`rishi bilan koplanadi.
Tarif kiritilishi okibatida iste`molchilar talabi arzon import tovaridan kimmat ichki
tovarga yo`naltiriladi. Iste`molchilarning o`sgan to`lovlari yukori chegaraviy
xarajatga ega, rakobatbardosh bo`lmagan samarasiz ichki ishlab chiqarishni
kengayishiga olib keladi. Iste`molchilarning bu yo`kotish v soxasi bilan belgilangan
bo`lib tarifning «ishlab chikarish samarasi» deyiladi va xech kimning foydasi
bilan qoplanmaydi.
Iste`molchilarning
yo`kotishlari
Ishlab
chikaruvchilar
foydasi
Davlat
daromadi
Jamiyatning sof
yo`kotishi
a + b+ c + d --
a --
s =
b + a
Demak, iste`molchilarning a soxadagi yo`kotishlari ishlab chikaruvchilar
foydasining o`sishi xisobiga koplanadi. Ayni damda iste`molchilar shu tarmok
korxonalari aktsiyadorlari bo`lishsa, ular yo`kotishlarining bir kismi o`sgan
dividentlar sifatida kaytadi. «s» soxada davlat olgan daromadini transfert to`lovlarini
oshirish, soliklarni pasaytirish, byudjet tashkilotlarida ishlovchilar ish xakini
oshirishi ko`rinishida iste`molchilarga kaytarishi mumkin.
Ammo «b» K «d» soxalarda jamiyat sof yo`kotishga duch keladi. Valyuta
kursi o`zgarishi bu yo`kotishlarni bir oz koplashi mumkin. Masalan, 20% li tarif
kiritilishi natijasida milliy valyuta 4% ga kimmatlashsa import kilinayotgan
tovarlarning milliy valyutada ifodalangan ichki baxosi 20 % ga emas, 16 % ga
oshadi. Bu esa tarif kiritilishi okibatida jamiyatning sof yo`kotish «b» va «d»
soxalarning 80 foizini((16 / 20) x 100 k 80) tashkil etishini anglatadi.
Umuman olganda tariflarni kiritilishiga nisbatan bir-biriga zid fikrlar mavjud
bo`lib, bu tadbir mamlakat iktisodiyoti xolati, xususiyati va ko`yilgan maksadlar
bilan asoslanadi. Bojxona tariflarini kirtishni yoklovchi mutaxassislar fikriga ko`ra
import tariflari:
mamlakat mudofaa sanoatini ximoya kilish imkonini beradi;
mamlakatda bandlilik darajasi o`sishini ta`minlaydi va yalpi talabni ragbatlantiradi,
importning nisbatan cheklanishi natijasida sof eksport o`sadi va joriy operatsiyalar
bo`yicha to`lov balansi xolati yaxshilanadi;
milliy iktisodiyotdagi yangi tarmoklarni ximoya kilish uchun zarur;
davlat byudjeti daromadlarini to`ldirish manbai bo`lib xizmat kiladi;
milliy ishlab chikaruvchilarni demping ko`rinishidagi chet el rakobatidan ximoya
kiladi;
iktisodiyot tuzilishini kayta kurishni boshkarish vositasi xisoblanadi va ular
yordamida mamlakat iktisodiyotidagi ilgor siljishlar ragbatlantiriladi va x.k.
Milliy iktisodiyotning tiklanishi sharoitida ko`pgina davlatlar o`z ishlab
chikaruvchilarini chet el rakobatidan ximoya kilish maksadida protektsionizm
siyosatini ko`llaydilar. Aks xolda, maxalliy korxonalar «sinishi» jamiyatda ishsizlik
xavfini tugdiradi.
Mamlakatlarda ta`rif mexanizmi orkali tashki
savdo siyosatini yuritish
,
birinchi navbatda ushbu mamlakatning asosiy tarmoklari va yangi ishlab chikarish
soxalarining ximoyalanganligiga ta`sir kiladi. O`zbekistonda avtomobilsozlik yangi
va istikbolli soxa (tarmok) xisoblanadi va tabiiyki, tarifli ximoyaga muxtoj.
Tarmokni tarifli ximoyalanishining xakikiy darajasini kuyidagi misolda ko`rib
chikamiz. Masalan, O`zbekistonda yangi mashinalar uchun import boji 40 foizni
tashkil kilsin. Ushbu mashinani ishlab chikarish uchun zarur bo`ladigan extiyot
kismlar asosan chetdan keltirilsin va unga import boji 25 foiz mikdorida o`rnatilsin.
Bir dona mashinaning narxi 10000 AKSH dollariga teng bo`lsa, ya`ni bitta
avtomobil’ uchun zarur bo`lgan extiyot kismlarining narxi 7000 dollar, ko`shilgan
kiymat esa 3000 dollarni tashkil etsin.
Avtomobil’ importiga 40 foiz tarif belgilanganligi uchun xar bir avtomobil’
narxi 4000 dollarga o`sib, tarif bilan birga 14000 dollarni tashkil etadi. extiyot
kismlar importiga 25 foizli tarif kiritilishi ularga kilinadigan xarajatlarni 1750
dollarga oshirib 8750 dollarga etkazadi. Okibatda maxsulot birligiga extiyot kismlar
xarajati 1750 dollarga oshdi. Ko`shilgan kiymat esa 2250 dollarga (4000 - 1750 k
2250) o`sdi. SHunday kilib, tarif kiritilgandan so`ng maxsulot birligiga to`gri
keladigan ko`shilgan kiymat 5250 dollarni (3000 K 2250 k 5250) tashkil etdi. Endi
esa soxa (tarmok)ning samarali ximoyasi formulasidan foydalanamiz.
Dostları ilə paylaş: |