B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/79
tarix19.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#117863
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   79
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish (1)

Turmush darajasi-bu jismoniy, manaviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojla-
nish darajasi, qondirilganlik miqiyosi va ularing qondirish uchun yaratilgan 
imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. 
Turmush darajasi to’g’risida to’liqroq malumot olish uchun aholi daromadlari va 
ehtiyojlari, istemol darajasi va tarkibi, uy-joy, mol-mulk, madaniy-maishiy 
buyumlar va boshqalar bilan tabminlanganlik darajasini chuqurroq o’rganish lozim 
bo’ladi. Turmush darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar turli-tuman bo’lib, ular 
quyidagi turkumlarga ajratiladi: 
-umumiy va xususiy; 
-iqtisodiy va ijtimoiy-demografik
-obyektiv va subyektiv; 
-qiymat va natural; 
-miqdor va sifat; 
-istemol proportsiyasi va tarkibi ko’rsatgichlari; 
-statistik va boshqa ko’rsatkichlar. 
Umumiy ko’rsatgichlarga: 
1.Milliy dvromad 
2.Istemol fondi 
3.Milliy boyliklar iste’mol fondi kabilarning aholi jon boshiga to’g’ri 
keladigan ulushi kiritiladi. Bu ko’rsatkichlar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotining umumiy darajasini ifodalaydi. 
Xususiy ko’rsatkichlardan: 
1.Iste’mol darajasi va usullari. 
2.Mehnat sharoitlari. 
3.Turar-joy taminoti va maishiy qulayliklar. 
4.Ijtimoiy-madaniy xizmat ko’rsatish darajasi 
5.Bolalarni tarbiyalash sharoitlari. 
6.Ijtimoiy taminot va boshqalarni keltirib o’tish mumkin. 
Iqtisodiy ko’rsatkichlar inson va jamiyat hayotining iqtisodiy imkoniyatlarini 
ifodalaydi. Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti va har bir insonning farovonligi (va ha-iqiy 
daromadlar, ish bilan bandlik va boshqalar) darajasini aks ettiruvchi ko’rsatkichlarni 
iqtisodiy ko’rsotkichlar sirasiga kiritiladi. 


Ijtimoiy-demografik ko’rsatkichlar aholining yoshi, jinsi, kasbiy-malakaviy 
tarkibini, ishchi kuchini jismoniy takror ishlab chiqarishni ifodalaydi. 
Obyektiv ko’rsatkichlar obektiv (iqtisodiy, texnik va hokazo) bazaga,ega 
bo’lsa, subyektiv ko’rsatkichlar aholi guruhlari yoki alohida shaxslarning 
mehnat,oilaviy munosabatlar, daromadlar,ish, turmush tarzi vash u kabilardan 
qoniqish bo’yicha hisobga olinadi. 
Qiymat ko’rsatkichlari barcha daromad ko’rsatkichlari va pul ko’rinishidagi 
boshqa ko’rsatkichlarni (tovar aylanishi, xizmatlar, tashishlar, pul jamg’armalari va 
qo’yilmalari va hokazolarni hajmi) o’z ichiga oladi. Natural ko’rsatkichlar natural 
birliklarda (dona,kvm, kubm va hokazolar) o’lchanadigan muayyan moddiy 
nematlar va xizmatlar-oziq-ovqat mahsulotlari, energiya istemoli, mol-mulk, turar-
joylar, madaniy–maishiy tovarlar taminotining hajmini ifodalaydi. 
Miqdor ko’rsatkichlari muayyan moddiy nematlar va xizmatlar istemol 
hajmini aniqlaydi.
Sifat ko’rsatkichlari esa aholi farovonligini sifat ko’rsatkichlari esa aholi 
farovonligini sifat jihatdan baholash imkonini beradi. 
Hozirgi paytda yuzaga kelgan sharoitlarni hisobga olib, bozor iqtisodiyoti 
sharoitlariga muvofiqlashtirilgan quyidagi yangi ko’rsatkichlar tizimi taklif etiladi: 
1)umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar; 
2)aholi daromadlari; 
3)aholi iste’moli va harajatlari; 
4)aholining pul jamg’armalari; 
5)jamg’arilgan mol-mulklar va turar-joylar; 
6)aholining ijtimoiy tabaqalanishi; 
7)aholining kam ta’minlangan tabaqalari. 
Turmush darajasini ifodalash uchun mutlaq va nisbiy qashshoq-

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin