beradiki, individual iste’molchilar hamma vaqt u yoki bu tovarni iste’mol qilishning
oqibatlarini ob’ektiv baholay olmaydi. Shu nuqtai nazardan, davlat foydali
iste’molni kengaytirish va aksincha sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tovarlar
iste’molini cheklash vazifasini o‘z zimmasiga oladi.
To‘rtinchidan, davlat o‘z
zimmasiga bozorning tabiatidan kelib chiqadigan ayrim holatlarni qisman
yengillashtirish vazifasini oladi.
Beshinchidan, hozirgi sharoitda barqaror, izchil
iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish vazifasi ham davlatning zimmasiga tushadi .
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma’lum chegaralari ham
mavjud bo‘lib, ular davlatning ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siridan kelib
chiqadi. Iqtisodiyotga davlatning har qanday aralashuvi ma’lum xarajatlarni taqozo
etadi. Ularga eng avvalo tartibga solishni tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha
xarajatlarni kiritish mumkin. Shuningdek, tartibga solishning u yoki bu shakli bozor
muvozanati, ishlab chiqarish hajmi, resurslarning qayta taqsimlanishiga ko‘rsatishi
mumkin bo‘lgan ta’sirni ham hisobga olish lozim. Bunda tartibga solishni amalga
oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlarning miqdori davlatning iqtisodiyotni
tartibga solishi natijasida olinadigan samaradan kam bo‘lishi lozim. Ularning nisbati
davlatning iqtisodiyotga aralashuvi chegaralarini belgilab beradi .
Dostları ilə paylaş: