B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish


Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, uning maqsadi va vazifalari



Yüklə 1,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/79
tarix19.05.2023
ölçüsü1,85 Mb.
#117863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish (1)

 Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, uning maqsadi va vazifalari 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ob’ektiv ravishda shartlanadi. 
Ko‘plab iqtisodchilar iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishining 
zarurligini faqat bozorning kamchiliklari, uning ko‘plab iqtisodiy muammolarni hal 
eta olmaslik holati bilan izohlaydilar. Bu ma’lum ma’noda to‘g‘ri bo‘lsada, biroq, 
iqtisodiyotga davlat ta’sirining ob’ektiv zarurligini eng avvalo ishlab chiqaruvchi 
kuchlarning rivojlanishi bilan belgilanadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga 
solishning ob’ektiv asosi bo‘lib ham milliy iqtisodiyot darajasida, ham xalqaro 
miqyosda ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi negizida ishlab chiqarishning 
umumlashuvi jarayoni xizmat qiladi . 
Bu jarayon quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 

chuqurlashib borayotgan ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ishlab 
chiqarishning ixtisoslashgan tarmoqlarining o‘zaro aloqasi va o‘zaro 
bog‘liqligi yanada kuchayadi; 

ishlab chiqarishning kooperatsiyalashuvi va markazlashuvi natijasida 
alohida xo‘jalik birliklarining mayda bo‘laklarga ajralib ketish holatlari 
barham topadi; 

ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to‘planuvi jarayoni o‘sadi; 
turli iqtisodiy mintaqalar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar va faoliyat almashuvi 
jadallashadi . 
Ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasining oshishi bilan o‘zaro 
muvofiqlashtirilgan holda xo‘jalik yuritish, takror ishlab chiqarish nisbatlarini ongli 


ravishda tartibga solish, yirik ishlab chiqarish majmualari, yaxlit iqtisodiyotni 
markazlashtirilgan holda boshqarishga ob’ektiv ehtiyoj paydo bo‘ladi. Shunga 
ko‘ra, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ishlab chiqarish 
munosabatlarining har qanday tizimida ishlab chiqarish umumlashuvining ma’lum 
darajasida ob’ektiv zaruriyatga aylanadi . 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish jamiyat a’zolarining ehtiyojlar
ini qondirish darajasinioshirishuchuncheklanganishlabchiqarishresurslaridanyanad
asamarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga y
o’naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo’yicha davla
atning faoliyati.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy 
barqarorlikni ta’minlash, mavjud tuzumni mamlakat ichida va xalqaro maydonda 
mustahkamlash hamda uni oz’garib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi. 
Davlatning iqtisodiy vazifalari bozor tizimining samarali amal qilishiga 
imkon tug’diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta;minlash; 
Raqobatni himoya qilish; Daromad va boylikni qayta taqsimlash;
Resurslarni qayta taqsimlash;
Iqtisodiyotni barqarorlashtirishIqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning u
sullari bevosita ta’sir qilish usullari; bilvosita ta’sir qilish usullari; tashqi iqtisodiy 
usullar.
Bevosita usullar yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida 
tomonlarini to’g’ridan to’g’ri,ma’muriy tartibga solish.
Masalan, 
iqtisodiyotning 
ayrim 
bo’g’inlari 
transport, aloqa, atom va elektr energetikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalar-
ni bevosita boshqarish;narxlar va ish haqin i“muzlatib” qo’yish siyosati; 
Ish bilan bandlik xizmati faoliyatini tashkil qilish
iqtisodiysohanitartibgasolishniko’zda tutuvchiqonunlarniishlab chiqarish va qabul 
qilish. Bilvosita usullar bunda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U 
davlatning pul-kredit va byudjet siyosatida o’z ifodasini topadi.Pul kredit 
siyosatining asosiy vositalari quyidagilardaniborat:hisob stavkasini tartibga solish; 
moliya-kredit muassasalarining Markaziy bankdagi zahiralari minimal hajmini 
o’rnatish va o’zgartirish; 
davlat muassasalarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi operasiyalari.

Yüklə 1,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin