Babayeva d. R



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/266
tarix05.12.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#173489
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   266
Kitob nutq yangi

likopcha, kosa,
chinni lagan, qoshiqcha, yeyapti, artyapti, ushlab turibdi, salfetka
so‘zlarini bilib olishadi. «Maktabgacha ta’lim muassasalarida ar- 
cha bayrami», «Bolalar tovuq, jo ‘jalami boqishyapti», «Tipratikan- 
lar», «Quyonlar», «Olmaxonlar», «Tulki», «Bo‘rilar», «Oq ayiqlar», 
«Arslonlar», «Yo‘lbarslar», «Fillar», «Maymunlar» nomli rasmlari, 
L.A. Penevskaya, Y.I. Radinaning «Buvimnikiga - mehmonga», «Shar 
uchdi», «8 Mart bayramiga onamga sovg‘a», «Maktabda», «Ishga», 
«Shahar ko‘chasi», «Anhorda», «Aziz mehmonlar» nomli suratlari
bulardan tashqari, qishloq maktabgacha ta’lim muassasalari uchun 
F.F.Sovetkinva V.I.Chistyakovning «Bolalar bog‘chasi», «Oila», «Hov- 
li>>, «Qishloq ko‘chasi», «Anhorga» nomli suratlari, O.I.Solovyova va 
О A.Frolovaning «Qadrdon dalalar», «Qishloqda bolalar bog‘chasi», 
«Qishloq otxonasida», «Qishloq bog'ida» va boshqa suratlar.
Bolalar o‘z lug‘atlarini transport turlarini tasvirlovchi suratlami 
ko‘rib chiqish («Hayajonli uchrashuv» , «Buvimnikiga-mehmonga», 
«vokzalda» va boshqalar) va u haqdagi suhbat mashg‘ulotlari orqali 
bcyitib boradilar. Ular bilan tanishish orqali bolalar uchun 
perron,
v.' kzal, relslar, bekat, y o ‘lovchilar vagoni, yuk vagoni, pristan, pa-
Ittba
kabi so‘zlar tushunarli bo‘ladi. Suratlar bo‘yicha o‘tkaziladigan 
mashg‘ulot tarbiyachidan katta tayyorgarlikni talab etadi. Tarbiyachi 
surat bo'yicha o‘tkaziiadigan mashg'ulotga tayyorgarlik ko‘rar ekan, 
u awalo, surat mazmuni bilan yaxshilab tanishib chiqishi kerak. So‘ng 
suratlami ko‘rib chiqish natijasida bolalar nimalami o‘zlashtirishlari 
lozimiligini, qaysi yangi so‘zlami esda saqlashlarini va uning mazmuni­
ni tushunib olishlarini, suratlami ko‘rib chiqishdagi izchillikni, bolalar 
diqqatini nimalarga qaratishni va ular yuzasidan beriladigan savollami 
o‘ziga belgilab qo‘yishi lozim. Savollar qisqa va aniq bo‘lishi, bola­
lar tajribasiga asoslanishi, ularga fikr yuritishni, boshlang‘ich - oddiy 
xulosalar chiqara olishni o‘rgatishi kerak. Shuningdek, tarbiyachi su­
ratlar bo‘yicha mashg‘ulotni qanday boshlash va yakunlashni o‘ylab 
qo‘yishi, mavzu mazmuniga mos she’rlar, topishmoqlar, maqollar, tez 
aytishlar, kichik hikoyalar ham tanlashi kerak.
243



Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin