Babayeva d. R


  K.D.Ushinskiy bolalarga ona tilini birlamchi o‘rgatish



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

4. 
K.D.Ushinskiy bolalarga ona tilini birlamchi o‘rgatish
asoschisi. 
Rus pedagogi K.D.Ushinskiy (1824-1870) rus burjua- 
demokratik pedagogikasi, xususan, maktabgacha pedagogikaning 
asoschisi hisoblanadi. U bolalami maktabgacha tarbiyalash naza­
riyasi va amaliyoti masalalarini boshlang‘ich ta’lim muammosi 
bilan bog‘lagan.
Ushinskiy pedagogika tizim ining asosiy yetakchi g ‘oyasi 
xalqona 
tarbiya g‘oyasi hisoblanadi, bunda u har bir xalqning 
u yashaydigan va mehnat •>
qiladigan tarixiy, tabiiy shart- 
sharoitlari bilan bog‘liq bo-lgan o ‘ziga xosligini tushunadi. 
Ushinskiy ona tili - xalqona!ikning eng yaxshi ifodasi deb tan 
olgan hamda ta ’lim va tarbiya ishida ona tili asosiy o ‘rinni 
egallashi lozim, deb hisoblagan. Ona tilining bola ruhiy 
kuchlarini har tomonlama rivojlantirish, til mohiyati va uning 
vujudga kelishining bosh m anbai ekanligi haqidagi ta ’limot 
K..D. Ushinskiy pedagogik ta ’lim otida markaziy o ‘rinlardan 
birini egallaydi hamda uning m etodik tizimini tushunish uchun 
asos 
bo‘lib xizmat qiladi.
K.D.Ushinskiy ona tilini 
birlamchi o‘qitishning uchta asosiy
maqsadlarini 
shakllantirgan:
I. So‘z imkoniyatlarini rivojlantirish;
II. Bolaga fikmi ifodalash uchun ona tilining eng yaxshi shakllari- 
dan foydalanishni o‘rgatish, bolalami ona tilining boyliklarini egal- 
lashga jalb qilish.
III. Til qonunlarini, uning grammatikasini o‘rganish.
Ona tilini birlamchi o‘qitishning barcha uch maqsadiga ketma-ket 
emas, balki bir vaqtning o‘zida erishiladi. 1861-yilda Ushinskiyning
45


«Ona tili» nomli asari chop etildi. Mazkur asar Konstantin Dmitriyevich- 
ning bolalarga birlamchi savod o‘rgatish va ularni tarbiyalash bilan 
bog‘liq pedagogik g‘oyalar hamda estetik tamoyillarining o‘ziga xos 
yakunlari va amaliy ifodasi bo‘ldi. 0 ‘qish kitobining butun mazmuni 
muayyan tizim bo‘yicha berilgan. «Ona tili» kitobi nafaqat bilimlar 
qomusi, balki badiiy ensiklopediya ham hisoblanadi. Uning 1-qismi- 
dan 19 ta ertak, 30 ta topishmoq, 123 ta maqol va matal, 13 ta tez ay­
tish, 14 ta qo‘shiq, 14 ta turli shoirlar she’rlari hamda Ushinskiyning 
o‘zi yozgan 43 ta hikoya joy olgan.
Ushinskiy birinchi bor kitoblarida bolalarni o‘z zamondosh- 
lari - Tyutchev, Nekrasov, Ogarev, Turgenev asarlari, shuningdek, 
Karamzin, Lermontov, Krilov asarlari bilan tanisktirdi.
Kitobni tuzish tartibi quyidagicha: u bolaning tabiat, kishilar 
va jam iyat haqidagi bilimlarini kengaytirgani va chuqurlashtir- 
gani holda uni tanish narsadan notanish narsalar tomon boshlab 
boradi.
Ushinskiy 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar nuteini tavsiflar ekan, 
uning ayrim xususiyatlarini, masalan: tovushni.ig tushunarsizligi, 
lug‘at boyligining yetarli emasligi, o‘zaro bog‘ltqlikning yo‘qligini 
alohida ta’kidlagan. U bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkazishning turli 
shakllarini taklif qilgan:
• 
bolalar hayotidan hikoyalar;
• 
bolaga narsalaming xususiyatlarini ko‘rishda, 6 yoshga 
kelib esa narsalar juftligini bir-biriga taqqoslash, ular o‘rtasidagi 
umumiylik va farqlami topishda yordam beruvchi mashqlar;
• 
suratlar asosida hikoya qilish, bu bolalarga savollarga ja­
vob berish, so‘ngra esa ravon, tushunarli va erkin hikoya qilib ber­
ishni o‘rgatadi;
• 
bolalarni o‘qish va yozishga tayyorlovchi amaliy 
mashqlar.
K.D. Ushmskiyning til va uning bolaning ruhan shakllanishida tut- 
gan o‘mi haqidagi ta’limoti nutqni rivojlantirish metodikasini mus­
taqil fan sifatida ajratish uchun muhim ahamiyatga egadir.
1. 
Til haqida, uning vujudga kelishi haqidagi ta’limot - meto- 
dikaning nazariy asoslari ishlab chiqildi; uning har bir odamning
46


rivojlanishida tutgan o‘mi ko‘rsatib berildi, bu esa bolalami rivoj­
lantirish va tarbiyalashda ona tilining yetakchi o‘rin tutishini asos- 
tash imkonini berdi.
2. Bolalar nutqini rivojlantirish ishi maktab ta’limiga qadar bosh- 
lanadigan ish sifatida alohida bo‘limga ajratilgan.
3. Bolalar nutqini rivojlantirishga bolaning uzoq davom etadigan 
ona tili, uning mazmuni va shakllarini o‘zlashtirish jarayoni sifatida 
qaralgan. Ushbu murakkab jarayon ustoz tomonidan to‘g‘ri va faol 
rahbarlik qilishni talab qiladi.
4. Ona tilini o‘qitish jarayoniga rahbarlik qilishning asosiy qoi- 
dalari: ona tilini birlamchi o‘qitishning maqsadlari; ulami amalga oshi- 
rish mazmuni va shakli; nutqni rivojlantirishda ko‘rgazmaviylikning 
ahamiyati ishlab chiqilgan va asoslab berilgan.
5. Bola nutqini uning fikrlashi, ma’naviy va estetik his-tuyg‘ulari 
bilan birgalikda rivojlantirishni ta’minlovchi ish usullari ko‘rsatib 
berilgan.
Xulosa:
- Maktabgacha yoshda ona tilini o‘rgatish bu - eng aw alo bola 
hayotining birinchi yilidan boshlab nutqni rivojlantirish, bo‘g‘inlar 
va so‘zlami aniq talaffuz qilish, gaplami sintaktik jihatdan to‘g‘ri 
tuzish, narsalaming nomini to‘g‘ri aytish va mos fikr bildirishdan 
iborat.
- Ota-oaalar bolalar bilan muloqot qilishda narsalar nomlarini va 
So‘zlami buzmasdan, to‘g‘ri aytish, bolalarga talaffuzi qiyin bo‘lgan 
va nisbatan uzun so‘zlami aytishni mashq qildirish va buning uchun 
o‘yin uslubidan foydalanishlari zarur.
- Bolalar kattalar nutqini tushunishlari uchun ular so‘zlovchining 
yuzini va uning qo‘l harakatlarini ko‘rishlari, uning savollarini tu- 
shunishlari va to‘g‘ri javob berishlari darkor.
- Bolaga fikmi ifodalash uchun ona tilining eng yaxshi shakllari- 
dan foydalanishni о‘rgatish, bolalami ona tilining boyliklarini egal- 
lashga jalb qilish kerak.
- Ona tilini birlamchi o‘qitishning barcha uch maqsadiga ketma- 
ket emas, balki bir vaqtning o‘zida erishiladi.
47


1. Fozil shahami boshqaradigan Hokim qanday xislatlarga ega
bo ‘Imog'i lozim?
2. Ibn Sino nima uchun bolani onasi emas, balki tarbiyachi tar-
biyalashi lozim deganfikmi aytadi?
3. Abdulla Avloniyniung yosh avlodga tarbiya berish haqidagi
qarashlari?
4. K.D. Ushinskiy ona tilini birlamchi о ‘qitishning uchta asosiy
maqsadlarini shakllantirgan. Ularni sanab о ‘ting.
5. Bolalarga ona tilini birlamchi о ‘rgatish asoschisi kim?

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin