Tevarak-atrofdagi narsa-predmetlarga oid matnni
qayta hikoya
qilib
berishda bolalar nutqida quyidagi kamchiliklar uchrashi
mumkin.
- bolalar ertakni yordamchi savollar
bermasdan turib mustaqil
hikoya
qila olmaydi;
- matndagi so‘zlarga taqlid qilib so‘zlaydi;
- ba’zi muhim voqealarni tushirib qoldiradi;
- bir oz to‘xtab-to‘xtab hikoya qiladi, nutqda uzilish bo‘ladi;
- nutqda ifodalilik yetishmaydi:
- bir xil tezlikda, bir xil tovushda hikoya qiladi;
- o‘zicha ba’zi so‘zlami qo‘shib, ma’nosiz
hikoya qiladi;
- kattalar yordami vositasida hikoya qiladi;
- hikoya qilish jarayonida matn ma’nosini o‘zgartirib yuboradi;
- mantiqiy izchillikka rioya qilmaydi.
Bolalarga «Mehmonda», «Uycha», «Maktabga yo‘l» mavzulari va
ularga
ishlangan rasmlar tavsiya etiladi. Hikoya qilish jarayonida yo‘l
qo‘ygan
xatolari va yutuqlari aniqlanadi.
Mazkur MTMda bolalarning nutqini
kuzatganda quyidagilar
asosiy
mezon sifatida olinadi:
- tavsiya etilgan matnni hikoya qilishda voqeani kattalarning yor-
damisiz, mustaqil bayon eta olishi;
- matn mazmunini to‘liq ifodalay olishi;
- matn mazmunini bayon qilishda izchillikka rioya qilishi;
- ifoda vositalaridan foydalana olishi;
-
nutqning ravonligi, tezligi;
- jumlalaming grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilganligi;
- nutq madaniyatiga rioya etishi.
Bolalarning nutqini o‘rganishning
eng qulay usuli, shubhasiz,
suhbat metodi hisoblanadi.
Shuningdek, bolalarning tevarak-atrofda
mavjud bo‘lgan narsalami kuzatish va ularni tahlil etish, ular haqida
sayrlarda uyushtirilgan savol-javoblar ham muhimdir. Shu bilan bir
ga, bolalarning bog‘lanishli nutqini o‘rganishda ulaming taijimai holi
yuzasidan olib boriladigan kuzatishlar ham muhim ahamiyat kasb
etadi.
Dostları ilə paylaş: