Babayeva d. R


 ‘zb. Res. Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevnmg “2017-2021-yillarda maktab­



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

3 0 ‘zb. Res. Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevnmg “2017-2021-yillarda maktab­
gacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g ‘risida”gi
Qarori. Т.:-2016 у. 29-dekabr.
4 Кадырова Ф.Р., Кадырова P.M., Вахобова Ф.Н. Концепция дошкольного
образования Республики Узбекистан. - Т: Фан ва технологиялар, 2011. - С.4.
6


va yetarlicha yoritib berilgan. Har ikkala model ham shaxsga 
yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari nuqtayi nazaridan asoslab beril­
gan bo‘lib, ularning asosiy tamoyillari, ta’lim vositalari, bosqichlari 
hamda pedagog va bolalaming o‘zaro harakati turlari aniq ko‘rsatib 
berilgan. Bilim olishga intilish, ma’rifatli bo‘lish o‘zbek xalqi, mil- 
latining ruhiyatida ustuvor o‘rin tutuvchi omil sanaladi. Ma’rifatlilik
- faqatgina bilim va malakaga ega bo‘lish emas, ayni vaqtda ehuqur 
ma’naviy axloq hamdir. Bilimli, komil inson qiyofasida ana shun­
day xislatlarga ega shaxslar namoyon bo'ladi. Bolalaming ma’naviy 
jihatdan barkamol bo‘lishini rivojlantirib borish yosh avlod tarbiya­
sida umumxalq ishidir.
Ma’lumki, vatan beshikdan boshlangani kabi, ta’lim-tarbiya ham 
beshikdanoq, hattoki, bola tug‘ilmasidanoq berila boshlanishi kela- 
jakdagi ijobiy natijalarga sabab bo‘ladi.
Mamlakatimiz yoshlariga erta ta’lim-tarbiya berish mas’uliyatini 
hozirda yurtimizda faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim muas­
sasalari o‘z zimmasiga olgan. Maktabgacha ta’lim muassasalarida 
bilimlami berish shakli mashg4ulotdir. Mashg1 ulotlar jarayonida bo­
laning nutqi rivojlanib, undagi grammatik va fonetik qirralari sayqal- 
lanib, til boyligi oshib borish bilan bir qatorda undagi psixologik va 
intellektual jihatlari rivojlanib boradi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida 5 ta metodika bo'yicha bo­
lalarga ta’lim-tarbiya saboqlari berib boriladi. Bulardan eng asosiysi 
«Nutq o‘stirish mashg‘ulotlari» desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, 
nutq o‘stirish nafaqat bolaning so‘z boyligini oshirish, balki uning 
muloqot qobiliyatini rivojlantiradi, undagi bilish jarayonlarining, shu 
jumladan bolaning tafakkurini o‘stirishda ham muhim vosita bo4ib 
hisoblanadi.
Hozirgi paytda maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini ri­
vojlantirishga yanada yuqori talablar qo‘yilmoqda. Bu talablarga 
javob berish nutqni rivojlantirishga oid yangi izlanishlami taqozo 
etadi. Shunday qilib, pedagogika ilmining hozirgi bosqichida mak­
tabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga nisbatan 
qo‘yiladigan talablar bilan ushbu talablar ijrosi o'rtasida ziddiyatlar 
namoyon bo‘lmoqda.
7


Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, biz mazkur kitobda maktabgacha 
katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning samarali yo‘llari 
hamda vositalarini ishlab chiqishda tayanch boMadigan nazariy, meto­
dik usullami yoritishga qaror qildik.



Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin