vaqtida bolalar diqqati ayrim detallarga yo‘naltiriladi: Ona mushuk
nimaning ustida yotibdi? Uning yonida uxlab yotgan mushukchaning
panjalarida ninasi ko‘rinib turibdi? Polda sochilib yotgan ip kalava-
lari qayerda edi? Nima uchun ip kalavalari polda sochilib yotibdi? Sa-
vatni kim ag‘darib yubordi? Tarbiyachining savollariga bolalar javob
berib bo‘lishgach, surat yuzasidan tarbiyachining o‘zi gapirib beradi:
«Mana bu ona mushuk - Mosh. Uning mushukchalari bor. U gilamcha
ustida yotib, bolalariga qarayapti. Kulrang mushukchalar tarelkadagi
sutni tili
bilan chapillatib ichyapti, targ‘il rangdagi mushukcha esa
sakrab, savat ichidagi ip kalavalarini ag‘darib yubordi. Ip kalavalari
savat ichidan har tomonga sochilib ketdi va targ‘il mushukcha ko‘k
rangdagi ip kalavasini chuvalashtirib o‘ynay boshladi. Oq-qora rangli
mushukcha esa ona mushukning yonida uxlab yotibdi. Ona mushuk
mushukchalariga qarayapti va «xir-xir» qilib xirillayapti».
Ushbu
mashg‘ulot jarayonida yangi so‘zlar izohlab beriladi, qiyin so‘zlar
jo ‘r bo‘lib takrorlanadi. Mashg‘ulot topishmoq aytish va uningjavo-
bini topish (Kichkina qumg‘on, o‘tirib ko‘zini yumgan), she‘r aytish
(Sh. Sa’dullaning «Mushuk» she’rini):
Mushugim deydi: miyov,
Sichqon doim menga yov!
Shuning uchun qo‘ymayman,
Qancha yemay to‘ymayman.
yoki qisqa hikoya o‘qib berish bilan (Habib Po‘latovning «Mosh
hikoyasi» davom ettirilishi mumkin. Tarbiyachi ushbu mashg‘ulotda
bolalar lug‘atiga
Dostları ilə paylaş: