Bolalar ko‘rgan-kuzatganlarini qoldirmasdan hikoya qiladi:
Sobir.
Katta ko‘chada mashinalar g‘iz-g‘iz o‘tib turganda, birdan
ko‘chaning o‘rtasida samokat uchib kelayotgan Bo‘rivoy ko‘rinadi.
U mashinalaming ishorasiga ham e’tibor bermaydi.
Shunda sveta-
for uni to‘xtatadi va tanbeh beradi. Bo‘rivoy bunga e’tibor bermay,
qochib qoladi.
Sanjar.
Svetafor va qayerdandir paydo bo‘lgan Bo‘rivoy quyon-
lami quvib ketishadi. Bo'rivoy qo‘lga olindi. DAN mashinasi yetib
keladi va Bo‘rivoy qafasga qamaladi.
Zuhra.
Quyonlar Bo‘ridan qutilganiga xursand bo‘lganidan sak
rab o‘ynay boshlaydilar. Birdan mashinalardan biri quyonchani urib
yuboradi. «Tez yordam» mashinasi yetib keladi va quyonchaning
oyog‘ini gipslab qo‘yadi. Quyonlar yo‘l harakati qoidasiga rioya et-
may ko‘chada o‘ynaganlari uchun shikast yeydilar.
Har uchala tarbiyalanuvchi ham yo‘l
harakati qoidalarini ku-
zatganlari asosida esda saqlab qolganlarini to ‘g‘ri izchil, gapirib
beradilar.
U laning hikoyasini boshqa bolalar to‘ldiradilar.
Bu usulda ko‘rgazmalilik, kuzatish muhim rol o‘ynaydi. Bolalar
o‘zlari va tengdoshlarining narsalarini taqqoslaydilar, o‘xshash va
farqli tomonlarini bilib oladilar. Bu jarayonda hikoyani «to‘qish»
oddiydan murakkabga qarab boradi. «Kim
tez va chiroyli uy qura
oladi?» o‘yini bolalaming fikrlash doirasi nihoyatda kengligini
ko‘rsaiadi. Mashg‘ulotning maqsadi bolalami bir qavatli va ko‘p
qavatli uylar qurish,
qurilish vositalari, quruvchilar haqida ijodiy
tasaw ur qilishga, o‘ylashga, fikr yuritlishga yo‘llash,
quruvchilar
mehnati bilan tanishtirish asosida nutqini rivojlantirishdan iboratdir.
Qurilish materiallari:
G‘isht, panel, bloklar, ko‘tarma kranlar,
yuk mashinalar, ishchilar uchun ish qurollari, uy maketlari, mashg‘ulot
uchun ko‘rgazmali qurollar vazifasini o‘taydi.
Bolalar uch gumhga bo‘linib, tarbiyachining topshirig‘i bo‘yicha
turar joy, bolalar bog‘chasi, do‘kon qurishni boshlab yuboradilar. Qu
rilish materiallari, ish qurollari har uch guruhga bab-baravar taqsim-
lanadi. Bir guruh bolalar rasmga qarab, turar joy binosi,
ikkinchi
guruh bog‘cha, uchinchi guruh esa do‘kon quradilar. Bolalar faqat
256
rasmdagi tasvirga qarab emas, o‘zlarining
tasawurlaridagi imorat-
lami qurishlari mumkin. Masalan, rasmdagi turar joy binosi to‘qqiz
qavatli panelli bino bo‘lsa-da, kichkintoy quruvchilar negadir besh
qavatli g‘ishtli imorat quradilar. Do‘kon rasmda ikki qavatli bo‘lsa,
ular bir qavatli qilib quradilar.
Imoratlami qurishda bo‘sh qolgan bolalar ham uch guruhga
bo‘linib, «quruvchilar»ga yordam beradilar (og‘zaki).
Turar joy hovlisiga yuk mashinalari birin-ketin
kirib kela bosh-
laydi. Bular yangi turar joyga ko‘chib kelayotgan «xonadon»laming
yuklari bo‘lishi mumkin.
Do‘kon ham gavjum. Hamma qo‘g‘irchoqlar xarid bilan band.
Nihoyat, asosiy muammo, bolalarning o‘zlari qurgan binolari ha
qidagi hikoyalari tinglanadi.
Dostları ilə paylaş: