6-§. Hikoya qilib berish turlari va metodlari
Reja:
1. Hikoyalar turlari va ulami о ‘rgatishning izchilligi.
2. Bolalarni hikoya tuzishga о ‘rgatish.
3. Bolalarga ertak va hikoyalar aytib berish usullari.
Tayanch tushunchalar: Hikoya, о ‘quv materiali, qurilish materi-
allari, uy maketlari, mashg ‘ulot uchun ко ‘rgazmali qurollar.
1.
Hikoyalar turlari va ularni o‘rgatishning izchilligi. Hikoya -
o‘quv materialini bolalar uchun tushunarli tarzda bayon etish imkonini
beruvchi og‘zaki metodlardan biri. Hikoyada turli mazmundagi bilim
lar obrazli shaklda taqdim etiladi. Bolalar uchun hikoyalar kundalik
voqealar, yil fasllari, yozuvchilar, rassomlar, ona shahri haqida bo‘lishi
mumkin. Hikoya qilish uchun material sifatida badiiy asarlardan foy-
dalanish mumkin. Ayniqsa, bolalar uchun tarbiyachining shaxsiy tajri-
basi bilan bog‘liq hikoyalar qiziqarlidir: «Mening bog‘cham», «Me
ning oilam», «Mening sevimli o‘yinchog‘im>i va boshqalar.
Hikoyani
tushunish qobiliyati, ya’ni tinglay olish, mazrouniga munosabat bildira
olish,
savollarga javob berish, oddiy qayta aytib berish uch yoshdan
boshlab paydo bo‘ladi. Kichik guruhlarda hikoya ko‘rgazmali materi-
allami (narsa-buyumlar, ulaming tasviri)
namoyish qilish bilan birga
qo‘shib olib boriladi. Ko‘rgazmali materiallardan bolalar tasawurga
ega bo‘lmagan voqea-hodisalar haqida hikoya qilinganda o‘rta va katta
maktabgacha yosh guruhlarida ham foydalaniladi. Biroq, katta gu
ruhlarda hikoya qilish jarayonida ko‘rgazmali materiallardan keragidan
ortiqcha foydalanish tavsiya etilmaydi. Chunki bolalarni so‘z yordami-
da fikrlashga o‘rgatish, ularda fazoviy tasawumi rivojlantirish lozim.
Hikoya -
biror voqea, hodisani kengaytirib bayon qilishdir. Hikoya
tasviriy va syujetli bo‘lishi mumkin. Tasviriy hikoya -
bu biror pred-
met yoki voqeaning о‘ziga xos tomonlarini bayon etishdir.
Dostları ilə paylaş: