- 0 ‘yinchoq
bolani quvontiradi, atrofdagilarga nisbatan ijobiy
munosabat hosil qiladi, birgalikda o‘ynash tuyg‘usini uyg‘otadi va
ijobiy his-tuyg‘ulami tarkib toptiradi. Axloqiy his-tuyg‘ulami shakl-
lantirishda qo‘g‘irchoq muhim ahamiyatga ega. Milliy qo‘g‘irchoq
bolalarni boshqa millatga mansub bo‘lgan tengdoshlariga bo‘lgan
ijobiy munosabatini tarbiyalash manbalaridan hisoblanadi. San’atni
birinchi yorqin obrazli va eng tushunarli buyumi bo‘lgan o‘yinchoq
estetik hislar va kechinmalami uyg‘otadi, estetik tarbiyani to‘plashga
yordam beradi va badiiy didni shakllantiradi. Shu o‘rinda bolalarga
yaqin va tushunarli bo‘lgan xalq o‘yinehoqlarining ahamiyatini alo-
hida ta’kidlash lozim.
Dostları ilə paylaş: