Birni biz kundalik faoliyatda bolalar to‘qigan hikoyalar turkumidan
bilsak bo‘ladi. Bolalar to‘qigan ertak va hikoyalarda o‘zlariga xos o‘y-
xayollari, orzu-istaklari, tasawurlari murg‘ak qalbdan tilga ko‘chadi.
Ishimizning natijasi sifatida ana shu hikoyalaming ba’zilarini na-
muna tarzida keltiramiz:
Ruxsora. «Mening dadam xurmo ko‘chati olib kelib, bahorda hov-
limizga o‘tqazgan edilar. Unda men juda kichkina bo‘lgan ekanman.
Hozir men ham, xurmo daraxti ham o‘sdik.
Uning barglari juda chi-
royli, yozda soyasi qalin, biz daraxt salqinida rosa o‘ynaymiz. Mevasi
esa mazali. Mevasici uzganimizdan so‘ng biz qarindoshlarimizga,
qo‘shnilarimizga taroatamiz. Ayniqsa, buvam va buvim duo qiladilar.
«Xurmo jannatning uevasi. Uni ardoqlang, kam bo‘lmaysiz». Bu yil
dadam daraxtlami kc ‘paytirmoqchilar».
Nigina. «Men ok;abr oyida oyim bilan Chinozga - xolamnikiga
bordim. Birinchi mrrta paxtazomi ko'rdim. Paxtalar lo‘ppi-lo‘ppi
bo‘lib ochilgan. Opp >q dala. Quyoshda ko‘zni qamashtiradi.
Bir tomonda mast inalar paxta terayapti.
Yoshu keksa, bolalar etak
bog‘lagan. Men hair paxta termoqchi bo‘ldim. Xolam menga ham
etak bog‘lab qo‘ydil r. Lekin tezda belim og‘rib qoldi. Qishloqdagi
xolamning bolalariga qoyilman. Men
tengi qizlari ham paxta terdi,
ham moliga o‘t yulib oldi. Bog‘chaga bormas ekan».
Nurxon: «Biz oilamiz bilan qishloqdan ko‘chib kelganmiz.
Qishloqda men quyo'.h botishini ko‘p ko‘rganman. Quyosh botganda
ufq qizarib, dalalar qorong‘ilasha boradi. Qorong‘ulik hamma yoq-
qa birdan o‘rmalab ketadi. Lekin teraklar uchi xali nurli ko‘rinadi.
Hamma yoqqa birdan jimlik cho‘kadi. Lekin oqshomda ham odamlar
tinmaydilar.
Saharda issiq non hidi butun qishloqni tutib ketadi. Daladan qayt-
gan ayollar sigimi sog‘ib, xamir qoradi. Tong otmay tandirga o‘t yo-
qib, tog‘oradan toshay-toshay deb turgan xamirdan non yasab, sutga
yo‘g‘rilgan issiq, bo‘rsildoq nonlarni tandirdan uzib oladi.
Qishloq
hayoti ana shunday, issiq, bo‘rsildoq non hidi ufurgan oppoq tong
bilan boshlanadi».
Ravshan. «Olmalar gullaganda bog‘ juda chiroyli bo‘lib ketadi.
Quyosh nurini olmoqchi bo‘lgan oppoq gulbarglar oftobga qaragan.
258
Shabboda turib, olma gullarini silab-siypalaydi.
Shunda olma gullari
kuylagandek bo‘ladi. Bu asalarilar kuyi ekan. Shabboda tinadi.
Dostları ilə paylaş: