Babayeva d. R



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

qo ‘g ‘irchoqlardir.
Qo‘g‘irchoqIar 
voqea, hodisa va jarayonning obrazli ko‘rinishidir. 
Qo‘g‘irchoqlar milliy va umuminsoniy xususiyatlarga egaligi bilan in- 
soniyat sivilizatsiyasida yashagan bo‘lib kelmoqda. Uning obrazlilik 
xususiyati maktabgacha yoshdagi bolalar aqliy tafakkurini, maqsadni 
shakllantirish imkonini beradi. Bu o‘rinda, ta’kidlash lozimki, aqliy 
tafakkur tushunchasida bilish, emotsional va anglash tafakkuridan 
shu jihatlari bilan aqliy tafakkur farq qiladi. Maktabgacha ta’lim 
sog‘lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zaruriy 
tashkiliy, uslubiy, psixologik shart-sharoitlar yaratadi, bolalarni mak- 
tabda muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlash ota-onalar davlat 
va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Sbunday shakllardan biri 
qo‘g‘irchoqlar 
vositasida tarbiyalashdir.
O'zbek tilining izohli lug‘atida qo‘g‘irchoq - odamga yoki boshqa 
biror narsaga o‘xshatib yasalgan bolalar o‘yinchog‘idir. Shu ma’noda 
qo‘g‘irchoq o‘yinchoqning bir turi va har turli ashyolardan yasaladi. 
Qo‘g' irchoqlarning to‘la, shartli va natural ko‘rinishlari bor.
Qo‘g‘irchoqlarni shartli ravishda ikki ko‘rinishga bo‘lish
mumkin:
1} odam timsoli ifodalangan qo‘g‘irchoqlar.
2) hayvonlar timsoli ifodalangan qo‘g‘irchoqlar.
Butun dunyo xalqlarida qo‘g‘irchoq mavjud, hatto qo‘g‘irchoq 
teatrlari ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Insoniyat qachondan boshlab 
qo‘g‘irchoq yasay boshlagan va uni qaysi davrdan boshlab tar­
biya vositasiga aylantirganligi masalalari aniqlangan emas. Lekin 
olimlar qo‘g‘irchoqlar eramizdan avvalgi X-XI asrlarda mavjud 
boMganligini qayd etadilar. Bizning fikrimizcha, qo‘g‘irchoqlaming 
yasalishiga sabab aynan tarbiyaviy zaruriyati bo‘lgan. Chunki 
qo‘g‘irchoqning quyidagi xususiyatlarga egaligi tarbiya vositasi si­
fatida qabul qilingan:
a) 
qo‘g‘irchoqlar yumshoq, mayin va estetik rang-barang ash­
yolardan yasaladi, bu bolada qiziqish uyg‘otadi;
266


b) bola qo‘g‘irchoq bilan ovunadi va o‘zi xohlagan tarzda o‘ynaydi;
d) qo‘g‘irchoq bolada idrok, tasawur va fikr uyg‘otadi;
e) bola qo‘g‘irchoq bilan munosabatga kirishadi, uni yaqin kishisi 
sifatida qabul qiladi;
f) qo‘g‘irchoq bola ongining o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi va h.k.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin