Babayeva d. R


  O‘yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o‘rgatish usullari



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə161/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

4. 
O‘yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o‘rgatish usullari.
Suhbat jarayonida bolalar bilan so‘zlashuvning jonliligi ko‘p jihatdan 
og‘zaki nutqqa va nutqiy muloqotning savol-javob shakliga xos bo‘lgan 
grammatik tuzilmalarining turlichaligi bilan bog‘liqdir. Suhbat jara­
yonida bolalarda nutqiy muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish zarur.
Bolaga mana bunday ko‘rsatma berish mumkin: «Qisqa javob ber. 
Batafsil javob ber (ammo to‘liq javob bilan emas)», ulardan so‘rash 
mumkin: «Kim qisqa javob bera oladi (yoki o‘rtog‘idan chiroyliroq 
javob bera oladi)». Zarur holatlarda pedagog qo'yilgan savolga keng 
qamrovli javob namunasini namoyish qilishi mumkin.
Suhbatlarda bolalar keng qamrovli fikr bildirishlari va bir-ikkita 
so‘zdan iborat bo‘lgan javob berish kri mumkin (Sizga bog‘ yoqdimi?
- Ha). Bolalarni keng qamrovli jav iblarga savollami to‘g‘ri qo‘yish 
orqali yo‘naltirish zarur: «Bahorda ob-havo ko‘proq qanday bo‘ladi? 
Bu haqda aytib bering». 
:
Didaktik o‘yin: « 0 ‘yinchoqlar do‘koni»
0 ‘yin jarayonida bolalaming o‘dlgan o‘quv materialidan nutqda 
foydalana olishlarini, savollar berishlari va ularga javob qaytarishlari 
hamda hosil qilinayotgan vaziyatda mustaqil nutqiy yechimlar topa 
olishlarini aniqlash zarur bo‘ladi.
Bolalar sotuvchining oldiga kelib, o‘z ismini aytishi va 
o‘yinchoqning rangi va o‘lchamini aytgan holda uni olib berishni 
so‘rashi kerak. 0 ‘yinchoqlar bolalaming bilimlari (ulaming nomi, 
o‘lchami va rangi haqidagi) ga mos ravishda tanlanadi: qizil va sariq 
mashinalar, katta va kichik qo‘g‘irchoqlar, kubiklar, sharlar, har xil 
rangdagi bayroqchalar va kuzovi yashil, kabinasi esa qora bo‘lgan 
bitta mashina.
Sotuvchi rolini Sanjar ismli bola ijro etadi. Bolalarga ular do‘kondan 
xohlagan o‘yinchoqlarini olishlari mumkinligini aytadi. Sotuvchi bilan 
bolalar o‘rtasida taxminan mana bunday dialog boiib o‘tadi:
267


Sotuvchi: Assalomu alaykutn.
Bola: Assalomu alaykum.
Sotuvchi: Keling, ismingiz va sizga qanday o‘yinchoq kerak?
Bola: Mening ismim Alisher, menga sochi qora rangdagi Zumrad 
degan o'yinchoq kerak.
Sotuvchi: Bu qizlar o‘yinchog‘i-ku. Uni qanday o‘ynaysiz?
Bola: Bu o‘yinchoqni singlim Nargizaga sovg‘a qilaman. U ham 
Zumrad kabi aqlli qiz bo‘lishi uchun.
Sotuvchi: Juda yaxshi o‘ylabsiz. Bu fikringiz menga yoqgani 
uchun, qo‘g ‘irchoqni sizga sovg‘a qilishga moslab, o‘rab beraman.
Bola: Rahmat.
Bolalar navbati bilan kelib, o‘zlariga yoqqan o‘yinchoqlarni 
so‘raydilar. Anvar kelganida esa barcha mashinalar tarqatib bo‘lingan 
va faqat yashil kuzov va qora kabina rangli mashma qolgan edi. 
Alisher va Dilshod o‘rtasida quyidagi suhbat bo‘lib о tdi:
Alisher: Salom Dilshod.
Dilshod: Assalomu alaykum.
Alisherr: Sen oying bilan o‘yinchoqlar do‘koniga bordingmi?
Dilshod: Men oyimlami o‘yinchoqlar do‘koniga olib bordim.
Alisher: Qanaqa o‘yinchoq olding?
Dilshod: Koptok. 
'
0 ‘yinning tugashi: Bolalar dialogini kuzatib turgan tarbiyachi, 
ularni boshqa mashg‘ulotga yo‘naltiradi. Dialog davomida Dilshod 
tomonidan qilingan nutqiy g‘alizliklar inobatga oliriadi va kunning 
ikkinchi qismida Dilshod bilan individual ish olib boriladi.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin