Babayeva d. R


Mavzu: « Navro‘z bayrami» surati asosida hikoya tuzish



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

Mavzu: « Navro‘z bayrami» surati asosida hikoya tuzish
Maqsad: 
Surat bo‘yicha mazmunli hikoya tuzishga, suratdagi tas- 
virdan oldingi voqealami mustaqil o‘ylab to‘qishga o‘rgatish.
Vazifalar:
• 
Tarbiyachining rejasi asosida shaxsiy hayotda bo‘lgan vo­
qealami hikoya qilib, so‘zlab berishga o‘rgatish.
• 
Grammatik jihatdan to‘g‘ri jumlalar bilan savol berish va ja- 
vob berish malakalarini faollashtirish.
• 
Sumalak, halim, palov, ko‘k somsani tayyorlash mavzulari bi­
lan bolalar lug‘atini faollashtirish.
• 
Nutqning ifodaliligini tarbiyalash.
270


Kutilayotgan natijalar:
• Bolalaming bog‘langan nutqi va tovush madaniyati rivojlanadi.
• 
«Navro‘z bayrami» mavzusida hikoya tuza oladilar.
• Navro‘z taomlari haqida tushunchaga ega bo‘ladilar.
• Hikoya to‘qishga qiziqish uyg‘onadi.
Kerakli jihozlar:
«Navro‘z bayrami» surati.
Mashg‘ulotning borishi:
«Navro‘z bayrami» surati ilib qo‘yiladi va mazmuni bo‘yicha suh­
bat o‘tkaziladi.
Tarbiyachi: Bolalar, qanday bayram bo‘lib o‘tdi? Biz awal Navro‘z 
bayramini bog‘chada o‘tkazdik. Navro‘z ertaligi juda qiziqarli bo‘ldi. Sa- 
xiy, quvnoq bahoroy bizga sovg‘a-salomlar berdi. Hammangiz N avo‘z 
bayramini uyingizda davom ettirdingiz. Mana bu suratga qarang.
• 
Suratda qaysi bayram tasvirlangan?
• 
Navro‘z bayrami qachon nishonlanadi? 
'
• 
Navro‘z bayramini odamlar qanday nishonlaydilar? 
>
• 
Suratda qanday urf-odatlar tasvirlangan?
(Doshqozonda sumalak pishirilyapti, kishilar o‘z yaqinlari, mahalla- оду, 
: qo‘ni-qo‘shnilar bilan hamjihatlikdabayramni kutib olyaptilar, bolalar varak 
. uchiryaptilar, kamay-sumay navolari chalinyapti, bolalar raqs tushyapti-ar)
• 
Navro‘zda tabiatda qanday o‘zgarishlami ko‘ryapsiz?
• 
Sumalakni kimlar pishiryaptilar?
• 
Sumalak pishirishda kimlar yordam berishyapti?
Hozir biz «Navro‘z bayrami» mavzusidagi surat asosida hikoya 
tuzishni o‘rganamiz. Hikoya tuzishda hozir ishlatgan so‘zlardan foy- 
dalanishingiz mumkin.
Tarbiyachining namunasi.
Biz Navro‘z bayramini mahallamiz bilan birgalikda kutib oldik. 
Bog‘da katta dasturxon yozildi. Qo‘shnilar dasturxonga turli xil pishiriq- 
lar qo‘ydilar. Qo‘shni qiz Feruza uyidan lola terib chiqdi. Biz lolalar- 
ni idishga solib dasturxonga qo‘ydik. Buvimning juda shirin sumalak 
pishirishlarini hamma biladi. Bu yil ham buvim sumalak pishirdilar. 
Buvimga qo‘shni ayollar yordam berdilar. Biz o‘tin, suv tashib keldik. 
Mahallamiz qariyalariga akam choy damlab berdilar. Kamay-sumaylar
271


chalindi. Nodir bilan Shahzoda raqsga tushdilar. Biz kattalarga yordam- 
lashib bo‘lgach, varrak uchirdik. Mening varragim eng balandda uchdi. 
Unga hamma o‘rtoqlarimning havasi keldi. Buvim sumalak pishgach 
qo‘shnilarga tarqatdilar. Biz hammamiz mazza qilib sumalak yedik. 
(So‘ngra 5-6 ta bolalar hikoyalari tinglanadi va baholanadi). 
Tetiklashtiruvchi mashq:
So‘z va harakatni uyg‘unlashtiruvchi mashqlar: «Chuchvara» 
Yakshanba kun ertalab,
Chuchvara qilmoqchiydik.
Tog‘oraga un solib,
Ketidan suvni quydik.
Tuxum chaqib xamirga,
Yaxshilab mushtlab oldik.
Koptokcha qilib uni,
0 ‘qlovda yoyib oldik.
Go‘shtni qiyma qilamiz,
Unga piyoz qo‘shamiz.
Xamimi kes-b olib,
Qiyma qo‘yib tugamiz.
Tuzli suvni qaynatib,
Chuchvaran; solamiz.
Do‘stlar kelgach biz uni,
Dasturxonga tortamiz.
Barcha do‘stlar kelishdi,
Chuchvarani yeyishdi.
Bizga rahmat deyishib,
Uylariga ketishdi
Bolalaming bilgan tez aytishlarini takrorlash bilan mashg‘ulotni tugatish 
mumkin. Tez aytishni awal sekin sur’atda, keyin tez sur’atda aytadilar:
Uy yasatasizmi, osh oshatasizmi?
Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rag‘batlantiriladi.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin