Babayeva d. R


-§. МТМ bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyasi



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

10-§. МТМ bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyasi
274


kirgandan so‘ng sayray boshladilar, ham yayrab o‘ynay boshladilar. 
To‘tilaming pati yashil, havorang, sariq, kulrang bo‘lib, tovlanib tu- 
rar edi. Ular bir-birlarining patlarini tozalay boshladilar. To‘tilaming 
patlari bosh qismida kalta, dumida, qanotlarida uzun. Kichik-kichik 
xolchalari ham bor. Xuddi ataylab chizilgandek.
Hikoya tugagandan so‘ng tarbiyachi hikoyalami tahlil etib, eng 
yaxshi tasviriy lavhalarga, parchalarga bolalar diqqatini tortadi: ma­
salan, to‘tiqushning patlari rangini Dilnoza sariq, yashil, kulrang, oq, 
havorang deb tasvirlaydi.
To‘tiqushlar nima uchun shoxdan-shoxga qo‘nadi? - degan savol- 
ga Dilbar: «To‘tiqushlar mitti, jonsarak qushlar, o‘ynashni yaxshi 
ko‘radi», dedi.
Sarvar esa: «To‘iiqushlar don cho‘qiydi, tuxumni yaxshi ko‘radi, 
sabzi, olma bersak ham yeydi. To‘tilarga meva va sabzavotlar juda 
foydali», deydi.
Syujetli hikoyada ham biror voqea-hodisa hikoya qilinadi.
Masalan, «Bizning oila», «Mening do‘stlarim», «Alla», 
«Do‘kon», «Bizning vrach», «Mening ko‘cham», «Ko‘cha harakati 
qoidalari», «Men kim bo‘lmoqchiman», «Sayrda», «Paxta terimi- 
da», «Mehrjon bayrami», «Bizning qishloq» kabi mavzulardagi 
hikoyalar shakl jihatidangina emas, mazmunan ham muhim aha- 
miyat kasb etadi. Bu hikoyalami tuzishda bolalaming nimalarga 
e’tibor berishi tushuntiriladi.
Hikoya tuzish jarayonida bolalaming narsalami ko‘rib 
idrok etishi, eslab hikoya qilish, tasavvur etib hikoya qilish kabi 
qismlarga bo‘linadi.
Ko‘rgan narsalami idrok etib yoki eslab hikoya qilish aniq- 
materiallar asosida tuziladi. Ulardan tasavvur etib hikoya qilish -
ijodkorlikni talab qiladi. Bu hikoyalaming hammasi ham nutqning 
bog‘liqligi va maqsadga yo‘naltirilganligi bilan muhimdir.
Hikoya qilish usullari xilma-xildir. Jumladan, tarbiyachi to­
monidan hikoyaning qisqacha namunasi berilishi mumkin. Bunda 
hikoyaning bir qismi tuziladi yoki o‘yin tarzida bayon etiladi.
So‘ng bolalaming o‘zlari hikoya tuzadilar. Masalan, «Bizning 
doktor» hikoyasi qanday yaratilganligini ko‘rib chiqaylik.
275


Mashg‘ulotning maqsadi tibbiy yordam ko‘rsatish namu- 
nasida bemorlarga g‘amxo‘rlik tuyg‘usini tarbiyalash orqali bolalar 
nutqini rivojlantirishdan iborat.
Hikoya о‘yin jarayonida o‘yinchoqlar vositasida bemorga tib­
biy yordam ko‘rsatish, «bemor», «tez yordam» xodimlari bilan mulo­
qot asosida tuziladi.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin