Babayeva d. R



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

Sardorning hikoyasi: 
«Sanjar qovunni ko'p yeb qo‘yib, qomi 
og‘rib qoladi. Otasi «tez yordam» chaqiradi. Doktor kelib, bemor 
Sanjarga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatadi. Sanjaming otasi, onasi 
doktorga tashakkur bildiradilar».
Mehrinisoning hikoyasi: 
«Gulnoza dam olish kuni opasi, singlisi 
bilan hovlida o‘ynadi. Oyisi murabbo pishirgani bir chelak olxo‘ri 
olib kelgan edi. Gulnoza, opasi, singlisi o‘ynab-o‘ynab chanqadilar. 
01xo‘ridan yeb olib, bir necha marta sovuqsuv ichishdi. Uchalasining 
ham qomi og‘rib, isitmasi ko‘tarildi.
Ulami dadasi mashinada pqliklinikaga olib bordi. Poliklinikada 
bolalar doktori, hamshira opa ularga shoshilinch yordam ko‘rsatdi. 
Ular kerakli dori-darmonlami olib, tezda sog‘ay b ketdilar. Shundan 
so‘ng ho‘l meva yeb, qaynatilmagan suv ichmaydigan bo‘ldilar».
Hikoya tuzishda uning rejasi, mazmunining asosiy qismlari bolalar 
tomonidan muhokama etilib, ma’lum qismi bayon qilinadi. Bolalar yo‘l 
qo‘ygan xatolar tuzatib boriladi va oxirida xulosa qilinadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida «Bog‘cha sahnasi uchun 
saboq» nomli bir pardali, bir ko‘rinishli pyesa sahnalashtirilib, namo­
yish etiladi va bolalarda katta qiziqish uyg‘otadi. Spektakldan so‘ng 
tarbiyachi bolalardan asar voqealarini hikoya qilib berishni so‘raydi. 
Bolalar ko‘rgan-kuzatganlarini qoldirmasdan hikoya qiladi:
Sobir. 
Katta ko‘chada mashinalar g‘iz-g‘iz o‘tib turganda, birdan 
ko‘chaning o‘rtasida samokat uchib kelayotgan Bo‘rivoy ko‘rinadi. 
U mashinalaming ishorasiga ham e’tibor bermaydi. Shunda sveta- 
for uni to ‘xtatadi va tanbeh beradi. Bo‘rivoy bunga e ’tibor bermay, 
qochib qoladi.
Sanjar. 
Svetafor va qayerdandir paydo bo‘lgan Bo‘rivoy quyon- 
lami quvib ketishadi. Bo‘rivoy qo‘lga olindi. Dan mashinasi yetib ke­
ladi va Bo‘rivoy qafasga qamaladi.
276


Zuhra. 
Quyonlar Bo‘ridan qutilganiga xursand bo‘lganidan sak- 
rab o‘ynay boshlaydilar. Birdan mashinalardan bin quyonchani urib 
yuboradi. «Tez yordam» mashinasi yetib keladi va quyonchaning 
oyog‘ini gipslab qo‘yadi. Quyonlar yo‘l harakati qoidasiga rioya et- 
may ko‘chada o‘ynaganlari uchun shikast yeydilar.
Har uchala tarbiyalanuvchi ham yo‘l harakati qoidalarini ku- 
zatganlari asosida esda saqlab qolganlarini to‘g‘ri izchil, gapirib 
beradilar.
Ularning hikoyasini boshqa bolalar to‘ldiradilar. Katta guruh 
bolalarining kuzatgan voqeani esda saqlashi asosida nutqni ri­
vojlantirishga yordam beruvchi hikoyasi ham samarali ekanligi 
namoyon bo‘ldi. Ko‘rganlarini esda saqlash asosida hikoya tu- 
zish bilan bir qatorda, o ‘ylab, tasavvur etish, hikoya qilish ham 
nutqo‘stirishning samarali usullaridan sanaladi. Tasavvur etish 
kichik va o‘rta bog‘cha yoshidagi bolalarda o‘yin, ko‘rish, rasm 
chizish vositasida pay do bo‘Isa, nutq faoliyatida katta yoshida 
tarkib topa boshlaydi va ijodiy xusuriyat kasb etadi. Bola bunda 
hikoyani o‘zi yaratadi, ijod qiladi, qahramonlarining harakatlarini 
o‘ylab topadi.
Bu faoliyatda «o‘ylash», «o‘ylab topish», «ijod qilish» muhim 
sanaladi. Bunda dastlab tarbiyachi hikoyani boshlab berishi, so‘ng 
bolalar davom ettirishi mumkin. Ала shu davom ettirish, tugallash 
jarayonida bola o‘ylaydi, ijod qiladi. 0 ‘ylash, hikoya mazmunini 
«to‘qish»da bolalar voqea bo‘lgan joy, vaqti, mazmuni, qahramon- 
laming xatti-harakatlariga alohida e’tibor beradilar. Ayniqsa, mazmun 
bilan birga bolalaming nutq shakliga e’tibor beriladi.
Bu usulda ko‘rgazmalilik, kuzatish muhim rol o‘ynaydi. Bolalar 
o‘zlari va tengdoshlarining narsalarini taqqoslaydilar, o'xshash va 
farqli tomonlarini bilib oladilar. Bu jarayonda hikoyani «to‘qish» od- 
diydan murakkabga qarab boradi. «Kim tez va chiroyli uy qura oladi?» 
o‘yini bolalaming fikrlash doirasi nihoyatda kengligini ko‘rsatadi. 
Mashg‘ulotning maqsadi bolalarni bir qavatli va ko‘p qavatli uylar 
qurish, qurilish vositalari, qumvchilar haqida ijodiy tasavvur etishga, 
o‘ylashga, fikr qilishga yo‘llash, qumvchilar mehnati bilan tanishti- 
rish asosida nutqini rivojlantirishdan iboratdir.
277


Qurilish materiallari: g‘isht, panel, bloklar, ko‘tarma kranlar, yuk 
mashinalar, ishchilar uchun ish qurollari, uy maketlari, mashg‘ulot 
uchun ko‘rgazmali qurollar vazifasini o ‘taydi.
Bolalar uch guruhga bo‘linib, tarbiyachining topshirig‘i bo‘yicha tu- 
rar joy, bolalar bog‘chasi, do‘kon qurishni boshlab yuboradilar. Qurilish 
materiallari, ish qurollari har uch guruhga bab-baravar taqsimlandi. Bir 
guruh bolalar rasmga qarab, turar joy binosi, ikkinchi guruh bog‘cha, 
uchinchi guruh esa do‘kon quradilar. Bolalar faqat rasmdagi tasvirga 
qarab emas, o‘zlarining tasawurlaridagi imoratlami qurishlari mumkin. 
Masalan, rasmdagi turar joy binosi to‘qqiz qavatli panelli bino bo‘lsa- 
da, kichkintoy quruvchilar negadir besh qavatli g‘ishtli imorat quradilar. 
Do‘kon rasmda ikki qavatli bo‘lsa, ular bir qavatli qilib quradilar.
Imoratlami qurishda bo‘sh qolgan bolalar ham uch guruhga 
bo‘linib, «quruvchilarga» yordam beradilar (og‘zaki).
Turar joy .hovlisiga yuk mashinalari birin-ketin kirib kela bosh- 
liydi. Bular yangi turar joyga ko‘chib kelayotgan «xonadon»laming 
yuklari bo‘lishi mumkin.
Ta’lim muassasasida ham bayram - qabul marosimi. Ona- 
co‘g‘irchoqlar o‘g‘il-qizlarini, qo‘llarida guldastalari bilan yetaklab 
kelmoqdalar. Bog‘cha opa-qo‘g‘irchoqlar ulami kutib olayaptilar. 

Do‘kon ham gavjum. Hamma qo‘g‘irchoqlar xarid bilan band. 
.
Nihoyat, asosiy muammo, bolalaming o‘zlari qurgan binolari ha­
qidagi hikoyalari tinglanadi.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin