Sojida:
Biz ham do‘konni uylarga yaqin qurdik. Onalarimiz ish-
dan qaytayotganda bizni bog‘chadan olib, do‘kondan
xarid qilib,
shundoq uyimizga kirib ketaveradilar.
Haqiqatan ham bolalar qurilishga ijodiy,
hayotiy yondoshadilar
va bu ijodkorlik ulaming nutqida o‘z ifodasini topadi. Shunisi ham
borki, yuqorida bayon etayotgan monologik nutq usullarining har biri
alohida-alohida yuz bermaydi. Ular ba’zi hikoyalarga qo'shilib ketib,
ijodiy, erkin, bir butun hikoyani ifodalashi mumkin.
Buni biz kundalik faoliyatda bolalar to‘qigan hikoyalar turkumi-
dan bilsak bo‘ladi. Bolalar to‘qigan ertak va hikoyalarda o‘zlariga
xos o‘y-xayollari,
orzu-istaklari, tasawurlari murg‘ak qalbdan tilga
ko‘chadi.
Ishimizning natijasi sifatida ana shu hikoyalaming ba’zilarini na-
muna tarzida keltiramiz:
Ruxsora.
«Mening dadam xurmo ko‘chati olib kelib, bahorda hov-
limizga o‘tqazgan edilar. Unda men juda kichkina bo‘lgan ekanman.
Hozir men ham, xurmo daraxti ham o‘sdik. Uning barglari juda chiroy-
li.
Yozda soyasi qalin, biz daraxt salqinida rosa o‘ynaymiz. Mevasi
esa mazali. Mevasini uzganimizdan so‘ng
biz qarindosiilarimizga,
qo‘shnilarimizga tarqatdik. Ayniqsa, buvam va buvim duo qildilar:
«Xurmo jannatning mevasi. Uni ardoqlang, kam bo‘lmaysiz». Bu yil
dadam daraxtlami ko‘paytirmoqchilar».
Dostları ilə paylaş: