«Bola va notanish odamlar».
Insonlar kiyimi va ulaming niyatlarining bir-biriga mos kelmasligi.
Pedagog bolalarga notanish kimsalar bilan muloqotda bo‘lish
qanchalik xavfli ekanligini, chunki bolalar kattalaming qanchalik
xavfli bo‘lishlari mumkinligini bilmasliklari mumkin. Ko‘pchilik
bolalaming tasawurida yomon odamlar faqat yomon kiyim-bosh ki-
yishlari yoki pala-partish kiyinishlari mumkin deb o‘ylaydilar. Ba’zi
bir
bolalar avvalambor soqolli, iflos kimsalargina xavf tug‘dirishi,
yaxshi kiyingan, kelishgan ayollar, qizlar va o‘smirlar,
har qanday
ochiq chehrali, do‘stona kulgisi bor insonlar hech qanday yomonlik
qilishi mumkin emas,- deb o‘ylaydilar. Shuning uchun bolalar bilan
ko'pincha yaxshi kiyingan odamlar va ulaming niyatlari mos kelmas
ligi haqida suhbat uyushtirish maqsadga muvofiqdir.
Kichik va o‘rta maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga tanish er-
taklar va adabiy asarlardan namunalar keltirish lozim (masalan: Gu-
loyim chuvrindi
kiyimlarga burkangan, qora kuya bilan chaplangan
bo‘lsada, u juda mehribon ekanligini; «Qizil gul» ertagidagi mavju-
dot sehrlangaa mehribon shahzoda ekanligini bilishadi).
Katta maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar bilan esa o‘z
hayot
tajribalaridan misollar keltirib suhbat uyushtirish katta samara beradi.
Dostları ilə paylaş: