Babayeva d. R



Yüklə 2,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/266
tarix18.09.2023
ölçüsü2,89 Mb.
#145152
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   266
Nutq o\'stirish nazariyasi va metodikasi. Babayeva D.R

Non isi
Alisher Navoiy
Sahnada saroy ko‘rinishi tasvirlanadi. «Non isi» rivoyatini 
sahnalashtirish uchun zarur bo‘lgan barcha jihozlar hozirlanadi. 
Ishtirokchilaming barchasi o‘z о‘mini egallaydi.
-
Bir kuni podshoh Husayn Boyqaro o‘z huzuriga vazirlarini cha- 
qiribdi. Dunyodagi eng xushbo‘y narsani keltiring!
0 ‘ng qo‘l vaziri bir dasta atirgul keltiribdi.
Vazir: - Mana shohim.
Shoh: - Yo‘q, men aytgan narsa bu emas.
Chap qo‘l vaziri qalampirmunchoq keltiribdi.
Vazir: - Mana, shohim, marhamat.
296


Shoh: - Yo‘q. Men aytgan narsa bu emas. Sizlarga uch kun muhlat: 
topsalaringiz - topdingiz, topmasalaringiz, hammangizni jazolaymen!
Vazirlar nima qilishlarini bilmay, rosa boshlari qotibdi. 0 ‘ylay-o‘ylay, 
Alisher Navoiyning huzuriga borib, maslahat so‘rashga qaror qilishibdi.
- Assalomu-alaykum, taxsir.
- Vaalaykum assalom. Kelinglar, xush ko‘rdik, marhamat.
Vazir: - Ey, mehribon ustoz! Bizni jazodan qutqaring. Shohimiz
dunyoda eng xushbo‘y isli narsani keltirishimizni buyurib edilar. 
Shuni hech topa olmayapmiz. Panohingizga oling.
Navoiy: - Bu jumboqni ochadurg‘on kishi - Dehqon bobodur. 
Qani, yuringlar-chi, so‘raymiz.
Hammalari birgalashib, Dehqon bobo huzuriga boribdilar. 
Dehqon: - Otam rahmatli tandirdan yangi uzilgan non isidan 
hushbo‘yroq narsa yo‘q, deguvchi edilar. Yangi yopilgan non olib 
boringlar-chi, shohga ma’qul kelsa, ajabmas.
Navoiy yangi uzilgan nonni savatga solib, shoh huzuriga kiribdi. 
Navoiy: - Mana, shohim. Dunyoda hushbo‘y hidli narsa - tandirdan 
yangi uzilgan nondir.
Shoh: - Rahmat, do‘stim, ko‘nglim istagan narsani siz topib keltiribsiz. 
Navoiy: - Shohim, rahmatni menga emas, Dehqon boboga ayting, 
ko‘rLglingizning istagini shu kishi topdi.
Shoh chapak chalib, mulozimlarini chaqiribdi.
Shoh: - Dehqonga sarpo kiydiring!
Shoh xazinaboni dehqonga sarpo kiydiribdi.
Dehqon: - Qulluq, shohim, qulluq.

Yüklə 2,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   266




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin